AXBOROT TIZIMIDAGI JARAYONLAR VA ULARNI JORIY
ETISH
Axborot tizimlarini bundan keyingi o’rganinsh uchun
ularda yuz beradigan jarayonlarni mufassal bayon
etish zarur. Deyarli har qanday axborot tizimi uchun
uning normal ishlashini ta’minlaydigan jarayonlarni
shartli ravishda quydagi bloklardan iborat blok sxema
shaklida tasavvur etish mumkin.
Axborot tizimining apparat dasturiy qismi
Tashkilot
personal yoki
boshqa
axboort
tizimlari
Axborotni
kiritishc
Axborotga
Ishlov
berish
Axborotni
chiqarish
Teskari
aloqa
•
tashqi va ichki manbalardan axborot
kiritish;
• kiritilgan axborotga ishlov berish va
uni qulay shaklda taqdim etish;
• iste'molchilarga taqdim etish yoki
boshqa tizimga uzatish uchun axborotni
chiqarish;
• teskari aloqa – bu kiritilgan axborotni
tuzatish uchun ushbu tashkilot odamlari
tomonidan qayta ishlangan axborot
.
Axborot tizimi o'zining quyidagi xususiyatlari bilan
belgilanadi:
•
har qanday axborot tizimi tizimlarni tuzishning
umumiy tamoyillari asosida tahlil qilinishi, tuzilishi va
boshqarilishi mumkin;
•
axborot tizimi dinamik va rivojlanib boradigan tizim
hisoblanadi;
•
axborot tizimlarini tuzishda tizimiy yondashuvdan
foydalanish zarur;
•
axborot tizimining mahsuloti axborot bo'lib, uning
asosida qarorlar qabul qilinadi;
•
axborot tizimini axborotga ishlov berishning odam-
kompyuter tizimi sifatida qabul qilish zarur.
Bugun
axborot
tizimi
deyilganda,
aksariyat
kishilarning
ko'z
o'ngiga
kompyuter
keladi,
vaholanki
u
axborot
tizimining
bosh
komponentlaridan (tarkibiy qismlaridan) biridir.
Umuman olganda, axborot tizimini kompyutersiz
variantda ham tushunish mumkin.
Zamonaviy
axborot
tizimlari
ulardan
foydalanadigan korxonalarga ilgari o'zlari foydalana
olmagan bir qator yangi imkoniyatlar va sifatlarni
berishi
mumkin,
xususan
axborot
tizimi
quyidagilarga yordam berishi mumkin:
•
matematik usullar va intellektual tizimlarni joriy etish
hisobiga boshqaruv masalalarini hal qilishning yanada
oqilona variantlariga ega bo'lish;
•
avtomatlashtirish hisobiga xodimlarni oxir mehnatdan
ozod qilish;
•
axborotning ishonchliligini ta'minlash;
•
ma'lumotlarni qog'oz
o'rniga magnit disklari yoki
lentalarida saqlash, bu axborotga kompyuterda ishlov
berishni ancha oqilona tashkil etish va qog'ozlardagi hujjat
hajmini kamaytirishga olib keladi;
•
firmada axborot oqimi strukturasi va hujjatlar bilan
ishlash tizimini takomillashtirish;
•
mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishga
sarf-xarajatlarni kamaytirish;
•
iste'molchilarga noyob xizmat turlarini ko'rsatish;
•
yangi bozorlarni izlab topish;
•
xaridor
va
mol
etkazib
beruvchilarga
turli
chegirmalar berish va xizmatlar ko'rsatish hisobiga
ularni firmaga jalb etish.
Korxonalar
faoliyatini
kompleks
avtomatlashtirish
uchun korporativ axborot tizimlarini joriy etish zarur,
ular bilan korporatsiyaning oliy bo'g'ini – menejerlari
ish olib boradi. Bu tizimlar qarorlar qabul qilish uchun
zarur. Bu esa, o'z navbatida, menejerlarning quyi va
o'rta
bo'g'ini
darajasida
joriy
ishlab
chiqarish
funktsiyalarini bajarish va ishlab chiqarish jarayonlarini
operativ
boshqarish
bilan
bog'liq
ish
joylarini
avtomatlashtirish masalasi oldindan hal qilingan
bo'lishini ko'zda tutadi.
Bugungi
kunda
korxona
faoliyatini
kompleks
avtomatlashtirish
masalasini
hal
qilishga
ikki
xil
yondashish mavjud:
•
korporativ tizimni o'z kuchlari bilan bosqichma-
bosqich ishlab chiqish (jumladan, tashqaridagi firmalar va
tashkilotlarning alohida ish joylarini yoki ishlab chiqarish
jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradigan tayyor
yoki buyurtma dasturiy mahsulotlaridan foydalanish) va
•
korporativ darajadagi tayyor axborot tizimini joriy
etish.
Birinchi yondashuvning afzalligi shundaki, o'z kuchlari bilan
yaratilayotgan tizimda muayyan korxona ishining o'ziga
xos xususiyatlari va ehtiyojlarini yuqori darajada hisobga
olish mumkin bo’lardi.
«Tayyor» axborot tizimlarini ishlab chiqish tajribasi korporativ
axborot
tizimlarini
yaratishga
yangicha
yondashuvlarni
shakllantirish imkonini berdi. Bu yondashuv turli ishlab
chiqarish firmalarining dasturiy «komponent»laridan tizim
«yig'ish»ga asoslangandir.
Axborot tizimlarining komponent arxitekturasi haqiqatan mavjud
bo'lishi uchun quyidagi uch shart zarur:
1.
tizimlarning komponent ishlab chiqilishi va «yig'ish»ni
ta'minlovchi axborot tizimlarini tahlil qilish va loyihalash
uslubiyatining mavjud bo'lishi;
2.
komponentlarni ishlab chiqish va «yig'ish» texnologiyalari
va umumiy standartlarga rioya qilingan tayyor dasturiy
komponentlarning shakllangan bozori;
tizim komponentlari o'rtasidagi o'zaro aloqani ta'minlab
turadigan axborot tizimlari «infratuzilmasini» dasturiy
ta'minlashning standart komponentlari.
Ko'p
komponentli
tizimlarni
yaratishga
intilish
tendentsiyasi ActiveX va JavaBeans komponentlaridan
faol
foydalaniladigan
internet/intranet
texnologiyalarida ayniqsa kuchli namoyon bo'ldi.
Umumiy
standartlarga
asoslangan
komponent
texnologiyalarning afzalliklaridan SAP (R3) kabi tayyor
tizimlarning ishlab chiqaruvchilari ham foydalanishga
intiladilar.
Bugungi kunda axborot tizimlarini loyihalash
va ishlab chiqishning komponent texnologiyasi
zaruriy vositalar zahirasi
ishlab chiqishning
mavjud vositalarini qo'llab-quvvatlovchi vizual
tahlil va modellashtirish instrumentlaridan
boshlab,
tanlash imkoniyatlari
juda keng
bo'lgan
tayyor
komponentlarning
kutubxonalarigacha,
shu
jumladan
turli
dasturiy-apparat
platformalari
uchun
«infrastruktura» komponentlariga ega deb
hisoblash mumkin. Bu axborot texnologiyalari
turli
ishlab
chiqaruvchilardan
olingan
komponentlar
to'plamidan
iborat
bo'lgan
tayyor tizimlarning «konstruktorlari» paydo
bo'lishi bo'sahasida turibdi demakdir.
Axborot tizimini qanday yaratish mumkin, degan
savoliga javob beraylik. Bu haqiqatan ham
aksariyat zamonaviy korxonalarda, ularning
qanday biznes bilan shug'ullanishidan qat'i
nazar, hal qilinishi zarur bo'lgan muammodir.
«Axborot tizimi» atamasi biznes yuritishni
engillashtiruvchi
yoki «avtomatlashtiruvchi»
dasturiy mahsulotlar sinfiga kiradi. Agar tizim
biznesni axborot bilan ta'minlash yo'li bilan
qo'llab-quvvatlasa, «axborot» tizimi deb ataladi
(har qanday odam ham zarur axborotlarni olib
turishga qancha kuch va mablag' sarflanishini
yaxshi biladi).
Tegishli dastur, agar u bittadan ortiq (ba'zi hollarda ketma-
ket, ba'zan esa parallel) funktsiyani
bajarsa (ombor
xo'jaligini yuritishni qo'llab-quvvatlovchi axborot tizimlari
keng tarqalgan misollardan biri hisoblanadi: ular omborga
tovarlar kelib tushishi, xaridorga tovarlar berilishini
kuzatib turadi, shuningdek omborda har bir mahsulotning
zaruriy miqdori mavjudligini nazorat qiladi) «tizim» deb
ataladi.
Tizimlarni yaratish jarayoni tizimlarning yaratilish davri
(system development life cycle) deyiladi, chunki bu
jarayon
bilan
bog'langan
faoliyatlar
davomiydir.
Tizimlarning yaratilishida yo'l qo'yilgan xato qanchalik
kech aniqlansa, shunchalik uni tuzatish kimmatga tushadi,
chunki oldin qilingan ishlar ham yana ko'rib chikilishi zarur
bo'ladi.
Ana shuning uchun tizimlar yaratilishi jarayonini bosqichlarga
bo'lib, tizimlar yaratishda ma'lum metodlar ishlab chiqilgan.
An'anaviy tizimlarni yaratish davri uslubi (uni yana “Sharshara”
modeli deb nomlashadi) quyidagi bosqichlardan iborat:
•Birinchi bosqichda hal qilinadigan muammo aniqlanadi va unin
texnik jixatdan amalga oshirilish imkoniyati o'rganiladi. Bu erda
qo'yiladigan savol “Muammo nimadan iborat va bu muammoni
echish mumkinmi?”.
•Tizim tahlili bosqichida “Muammo echilishi uchun axborot
tizimi nima qilishi kerak?”-degan savolgan javob izlanadi. Bu
bosqichda amaldagi tizim va uning ish jarayoni o'rganiladi. Bu
esa tizimning kuchli, kamchiligi va yangi imkoniyatlarini
namoyish etadi. Tizim tahlili bosqichidan chiqadigan natija –
tizim talablari ro'yxati va ularning ustunligi.
•
Tizim dizayni “Axborot tizimi muammoni echish
uchun qanday ish tutishi kerak?”-degan savolga
javob beradi. Bu bosqichning natijasi - yangi yoki
o'zgartirilgan tizimning batafsil dizayni. Tizim
dizaynida
•
kirish, chiqish, interfeys;
•
uskunalar, dasturlar, ma'lumotlar bazasi,
telekommunikatsiya, xodimlar va protseduralar;
•
ushbu komponentlar orasidagi aloqa va
munosabatlarbatafsil ko'rsatiladi.
Tizim tergovi
Tizim tahlili
Tizim dizayni
Tizimni amalda
yaratish
Tizim ta’minoti
•
Tizimning amaliy yaratilish bos?ichida
dasturchilar ishga tushib, tizimni dastur
holatiga olib kelishadi. Bu bosqichda,
ma'lumotlar bazasi amalda yaratiladi, dastur
dasturlash tillarida yoziladi, ma'lumotlar bazasi
to'ldiriladi va sinovdan o'tkaziladi. Bu
boskichning natijasi to'la funktsional dasturdir.
•
Yaratilgan axborot tizimi ishga tushgandan
keyoin vaqt o'tgan sari o'zgartirishlar kiritilishi
muharrardir. Bu bosqichda oldingi bosqichdagi
ko'zga tashlanmagan xatolar to'g'rilanib tizim
istalgan darajaga keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: |