www.ziyouz.com
kutubxonasi
220
Bor erdi hamul so‘gdin g‘amzada,
Yana o‘g‘li Feruz motamzada.
Hamul so‘g raf’ig‘a shohi zaman,
Mulukona soz aylabon anjuman.
To‘quz poyalig‘ taxt uza o‘lturub,
To‘quz charxning shavkatin sindurub.
Muluk o‘lturub jashnida har taraf,
Yiroqtin olib davrini iki saf.
Bular borgoh ichra maskan topib,
Yiroqtin xaloyiq nishiman topib.
Talattuf bila shohi gardunfirosh,
Berib do‘stlardek aduvsig‘a osh.
Chekib oncha ne’matki charxi dani,
Xirom etgali tushta ko‘rmay ani.
Tuman xonu, har qaysi xoni sipehr,
Bu xonlarda har qurs – bir qursi mehr.
Qo‘y oncha bo‘lub zabhkim, soni yo‘q,
Ot onchaki qo‘y, oncha imkoni yo‘q.
Halovani ta’rif etay rang-rang,
Pishurmakka shakkar ezib tang-tang.
Tabaq o‘rnig‘a sahnni xon tutub,
Tabaqni et o‘rnig‘a biryon tutub.
Yeguluk fuzun haddi avsofdin,
Demay haddi avsofkim, lofdin.
Chu bu nav’ xon chekti doroi dahr,
Jahon ahli ul xonidin oldi bahr.
Chu xonlardin ul jashn xoli bo‘lub,
Shahi dahr farmoni holi bo‘lub
Ki, arkoni davlat xirom aylabon,
Shah ahkomini ehtirom aylabon.
Qilib zeb albosi Feruzni,
Haram ahli – mohi dilafruzni,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
221
Kelib qo‘ydilar boshig‘a toji zar,
Libosi zar ustiga zarrin kamar.
Yana uch to‘quz davlat arkonig‘a,
To‘nu jubba birla aning yonig‘a –
Iki yuzga ham deklayu to‘n berib,
Yalang to‘n alarcha yana o‘n berib.
Alarni chu mundoq sevundurdilar,
Shah ollinda to‘quz yukundurdilar.
Yukungach, tilab shoh Feruzni,
Uzotib kalomi dilafruzni
Dedi: «Chora yo‘q Tengri taqdirig‘a,
Azaldan qazo kilki tahririg‘a.
Jahon ichra bo‘lsun gado, yo‘qsa shoh,
Budur barchaning yo‘li beishtiboh.
Yemas kimsa shahliqqa yetmak uchun,
Yerur shohu darvesh ketmak uchun.
Kishiga erur garchi ummid umr,
Birovga eshittingmu jovid umrg‘
Jahon uzra kim bo‘ldikim, urdi taxt
Kim, ul chekmadi taxta ustiga raxtg‘
g‘alat ayladim, taxt uza raxt erur
Ki, taxt ahlig‘a raxt ziynat berur.
Vale taxtag‘a kimki muhtojdur,
Qiyomat elidek yalangg‘ochdur.
O‘kush raxt ila taxt qilg‘on maqom,
Qilur taxta ustida uryon maqom.
Agar men va gar sen va gar Amru Zayd
14
,
Kerakmasdurur rub’i maskunga qayd.
Baharhol chun ketgulukdur kishi,
Ketar fikri doim kerakdur ishi.
Kishiga amal xirman ar xo‘shadur,
Nekim munda ekti anga to‘shadur.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |