Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
224
Xusho ulki, bilgay oni mug‘tanam, 
Nari qo‘ymag‘ay Haq yo‘lidin qadam. 
Ne ne’matki ro‘zi qilibdur Xudo, 
Hamul shukri ne’matni qilg‘ay ado. 
Vale kimki bo‘lg‘ay basirat fani, 
Ne mumkin ado aylay olmoq ani. 
Niamkim sanga Haq nasib aylamish, 
Agarchi ani behisib aylamish. 
Yeshit gar tilarsen aning rozini, 
Ki, aytay ko‘pidin sanga ozini. 
Adamdin sanga berdi avval vujud, 
Nabudungni qildi karam birla bud. 
Tufuliyat ayyomidin to shabob, 
Vujudungg‘a yetkurmadi pechu tob. 
Ne mushkil ishingda qilib yorlig‘, 
Balolardin etti nigahdorlig‘. 
Jamolingni jannatmisol ayladi, 
Bo‘yung to‘biyoso nihol ayladi. 
Chu afsungar etti ko‘zung jodusin, 
Anga soldi oshubu noz uyqusin. 
Solib sunbuli zulfungga toblar, 
Ko‘ngul bo‘ynig‘a qildi qulloblar. 
Tuzotti chu kirpiklaringdin sinon, 
Sinonvarlar ilgidin olding inon. 
Qoshing yoyin etgach ayon har taraf, 
Bag‘ir dog‘in o‘truda qildi hadaf. 
Chu berdi iki la’lingga no‘shxand, 
Uyotdin ezildi aro yerda qand. 
Tishing jolasin qildi durri xushob, 
Sadaf bo‘ldi ul durg‘a yoquti nob. 
Zanaxdoningga yetkurub rangu bo‘, 
Ul olmag‘a jon chashmasi berdi suv. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
225
Zaqan ustida oshkor etti xol, 
Hamul chohning nuqtasidin misol. 
Jamolingni tovusi zeb ayladi, 
Karashmangni obidfireb ayladi. 
Sukunungda zeboliq etti ayon, 
Xiromingda ra’noliq etti bayon. 
Boshingdin-ayog‘ingg‘acha xo‘bluq, 
Oyog‘din, boshingg‘acha mahbubluq. 
Bulardin o‘gun berdi aqlu havos, 
Seni qildi har qaysig‘a rahshunos. 
Niam zohir aylab samo to ba arz, 
Sanga qildi bir necha qullug‘ni farz. 
Aning zimnida dog‘i yuz ming xavos, 
Ko‘p ummid qurbig‘a bo‘lmoqqa xos. 
Sanga barcha amri faromush o‘lub, 
Tiling shukrida gungu xomush o‘lub. 
Ne shokir tiling muncha ehsonig‘a, 
Ne mashg‘ul o‘zung amru farmonig‘a. 
Tutub yer dimog‘ingda devi g‘urur, 
Maloik qochib suhbatingdin zarur. 
Ne og‘zingg‘a joriy o‘lub juz gazof, 
Ne ko‘nglungga toriy bo‘lub juz xilof. 
Yigitlikki ayyomi toatdurur, 
Sanga bu sifat jahlu g‘aflatdurur. 
Qilib «hay» deguncha bu vodini tay, 
Chu qo‘ysang qariliq tariqig‘a pay, 
Xud o‘lmas tarab yeli ul dam vazon, 
Yetar umr bog‘ig‘a fasli xazon. 
Bo‘lur yuz nechukkim xazon yafrog‘i, 
Sarig‘liqqa lekin yuz urg‘on chog‘i. 
Chinor ilgidek titrar el panjasi, 
Vale bo‘lsa ul barg yel ranjasi. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin