Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
249
Gulu sabza bas benihoyat anga.
Qulovuzlug‘ aylab, bo‘lub rahnamoy,
Tushurdi Skandarni farxunda Roy.
Hamul sabzag‘a tushti xaylu sipoh,
Tikildi yana charxso borgoh.
Shah ul yerdin asru nishot aylabon,
Yurub har yonin ehtiyot aylabon.
Basirat bila har taraf ko‘z solib,
Aning tavru vaz’ida hayron qolib.
Qilib
Roy anga oncha qulluq ayon
Ki, qosir bo‘lub sharhi ichra bayon.
Bori shug‘ldin shohi ma’zul o‘lub,
Qish ul yerda ishratqa mashg‘ul o‘lub.
Ketur soqiy, ul sog‘ari zarnigor
Ki, may la’lidin bo‘ldi gavharnigor.
Chu dashti Nigor ichra qildim maqom,
Keraktur manga zarnigor emdi jom.
Mug‘anniy, tuzot nag‘mai rexta,
Ani qil unung birla omexta
Ki,
bir sabzi shirin yana Hind aro,
Mening ro‘zgorimni qildi qaro.
Navoiy, nelar qildi xomang yana
Ki, bir mulki Hind o‘ldi nomang yana.
Necha ko‘rsa mulkida hindu savod,
Unutqay ko‘rungan zamon bu savod.
XLIV
Afv fazilatidakim, daryodil juvonmardlar mujrimlar gunohi xasu xoshokin baxshish nasimi bila
ko‘ngul bahridin adam savohilig‘a surarlar va yuzlariga daryo mavjidek chin tushmas va hayrat
zulumotidag‘i ovoralarni karam sham’i rahnamoylig‘i bila ul vodiyi haloktin chiqorurlar va ul
tiyraliktin alarg‘a hech bushmas
Birov
shahlar ichra erur muhtaram
Ki, bo‘lg‘ay aning da’bi afvu karam.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: