Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
254
To‘kulgach haromi anga nogahon
Ming oltun belida bor ermish nihon. 
Belida muhayyo ko‘rub to‘shasin, 
Yuz urdi tilarga jigargo‘shasin. 
Jigar oqizib ko‘z yo‘lidin mudom, 
Jigargo‘sha istab urar erdi gom. 
Anga po‘ya resh etmish erdi jigar 
Ki, bir turfa kishvarg‘a qildi guzar. 
Jigarxuni bedil qilib dasht tay, 
Hamul shahr gasht etgali urdi pay. 
Ko‘rarkim, guruhe turubtur kasir
Alar ilgida bir jigarxun asir. 
Jigarguna, lek qon arosida g‘arq, 
Boshi uzra tig‘e, aningdekki barq. 
Jigarrang o‘lub qon aro hay’ati, 
Bo‘lub bois ul ishga qon tuhmati. 
Ming oltung‘a qonlig‘ qilib sarbasar, 
Berurga vale kimsa chekmay jigar. 
Bu savdo ko‘rub tojiri notavon, 
Jigargohidin yeshti naqdin ravon. 
Chu qutqordi mazlumni to‘shasi, 
Qutulg‘on xud ermish jigargo‘shasi. 
Anga ashk to‘kmakta ma’zur edi, 
Ajab ishki, qon birla qon yur edi. 
Chu butti jigar zaxmidin yorasi
Dedi: «Holing ayt, ey jigar porasi»
4

Dedi: «Ul kecha bo‘lg‘ach andoq balo, 
Men o‘ldum aduv ilgida mubtalo. 
Burun barcha qatlimg‘a jahd ettilar, 
Boshimdin kechib so‘ngra ahd ettilar. 
Kim: «O‘lturmoli, bo‘l bizing yorimiz, 
Ne ish aylasak sohibasrorimiz». 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
255
O‘lar chog‘da bu nav’ in’omdin, 
Mute’ o‘ldum ul elga nokomdin. 
Bu kunga deginkim bu kishvarga azm 
Qilib, ettilar jam’e el birla razm. 
Bulardin shahodat topib bir faqir, 
Alardin men o‘ldum bularg‘a asir. 
Chu holimni hokimga yetkurdilar, 
Surub meni qonliqqa topshurdilar. 
Topar chog‘da umrum quyoshi kusuf
Sanga xud bor o‘z qilg‘oningdin vuquf. 
Ochib rodi ilging karam aqdini, 
Berib naqd siym, oldi jon naqdini». 
Ulus voqif o‘lg‘och bu ahvoldin, 
Xabar berdilar shahg‘a ul holdin. 
Chu voqif bo‘lub ul navohi shahi
Karam nuktasining bo‘lub ogahi. 
Yano qildi tojirni piroyaliq, 
Burundin fuzun naqdu sarmoyaliq. 
Ming oltungakim zohir etti karam, 
O‘g‘ul toptiyu yuz ming iqbol ham. 
Karam yomg‘uri qaydakim sochilur, 
Anga oqibat gul bu nav’ ochilur. 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin