Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

XLVI 
 
HIKMAT 
Iskandarning savoli Arastudin ul bobdakim, har amalg‘akim, bir jazodur, ul amal tuxmig‘a bu bir 
nedin sazodur va javob mahsulin ko‘tarmak 
 
Yana so‘rdi doroyi hikmatsirisht
1

«Ki ey harfi hikmat sanga sarnavisht
Bukim keldi har ishga bir xosiyat, 
Manga zohir etkim, nedur kayfiyatg‘ 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
256
Ne fe’leki keldi birovdin yomon, 
Yomonliq ko‘rardin anga yo‘q omon. 
Va gar yaxshiliq kimga af’ol erur, 
Jazosi aning ganji iqbol erur. 
Nedin mundoq erkonga bir nukta sur, 
Munung sirrini xotirimg‘a yetur». 
Dedi nuktapardozi dono
2
manish: 
«Ki ey nuktadin zotinga parvarish, 
Nekim Tengri xalq etti ofoq aro, 
Ne ofoqkim, bu kuhan toq aro. 
Nihoniy anga berdi xosiyate
Bu xosiyati ichra kayfiyate. 
Agar qoyil ermas bu ishga kishi, 
Bo‘lur bar abas ofarinish ishi. 
Bashar xaylikim jahl erur lozimi, 
Qachonkim bo‘lurlar har ish ozimi. 
Agar naf’e ul ishta maqsud emas
Ul ish kimsadin, bilki, mavjud emas. 
Agar xud g‘araz naf’e pinhoni yo‘q, 
Birovdin bir ish bo‘lmoq imkoni yo‘q. 
Bajuz tifl yo ulki devonadur, 
Xiraddin bu ikisi begonadur. 
Vale har kishi bo‘lsa ahli uqul
Taammulsiz ish aqli etmas qabul
3

Qachon bo‘lsa maxluq aro bo‘yla hol, 
Ajab yo‘qki, Xoliqdin o‘lg‘ay mahol. 
Bukim naf’siz xalq qilg‘ay vujud, 
Agar ravshan o‘tdur va gar tiyra dud. 
Nekim ofarinishqa payvastadur, 
Bori bir-birisiga vobastadur. 
Bir ish desa bo‘lmas «sazovor emas» 
Ki, bir rishtatob anda bekor emas. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin