Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
261
Dedi shahki qosidni kelturdilar, 
Hamul xasni daryog‘a yetkurdilar. 
Rasuli xiradmandi korozmoy, 
Ravon bo‘ldi tufroq uza chehrasoy. 
Chu taxt ollini qildi oromgoh, 
O‘zin qildi mashg‘ul har sori shoh. 
Ki, taskin topib ko‘nglida iztirob, 
So‘zin aytibon anglay olg‘ay javob. 
Base maks etib, shohi kishvarxudo, 
Dedi: «Qil hadisingni emdi ado!» 
Duo ko‘p qilib qosidi notavon, 
Bayon etti Xoqon hadisin ravon. 
Ki: «Arz etti Xoqoni daryoshukuh 
Ki, ey nomvar shohi anjumguruh! 
Bukim azm qilding bu kishvar sori, 
Nechukkim quyosh charxi axzar sori. 
Kirib raxshi getinavarding bila, 
Yoruttung bu kishvarni garding bila. 
Bu ma’nig‘a bois ne erdi eking‘ 
Ne fikring buyon azm berdi eking‘ 
Agar do‘stsen, do‘stluq bu emas, 
Kishi do‘stluq mundoq ishni demas 
Ki, sendek ulug‘ shoh tortib sipoh 
Bizing mulkni qilg‘asen jilvagoh. 
Va gar xud adovatqa qilding g‘ulu, 
Ne ko‘rdung adovatki, bo‘ldung adug‘ 
Rasulungki keldi so‘z aytib irik, 
Anga uzr aytib uzottuq tirik. 
Deb erdingki: «Azm etsun olib xiroj 
Ki, Doro borib, mendadur taxtu toj». 
Deb erdimki: «Gar bordi Doroyi dahr, 
Sanga dahrdin yetsun oyinu bahr. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
262
Va lekin mening birla Doro aro, 
Ish erdi salohu madoro aro. 
Yo‘q ulkim, manga g‘olib o‘lg‘ay edi, 
Xiroju kesim tolib o‘lg‘ay edi. 
Agar sen dog‘i qilsang andoq suluk 
Ki, bir-bir bila aylagaylar muluk, 
Tuzub ikimiz vahdat asbobini, 
Faroz aylali shiddat abvobini. 
Va gar bermas ersang bu ishga rizo, 
Ko‘ray har ne ollimg‘a yozmish qazo. 
Bu erdi so‘zum, emdi ham budurur, 
O‘zung deki, bu so‘z yomonmudururg‘ 
Hamul so‘zdin inkor yo‘qtur manga, 
Yana nav’ guftor yo‘qtur manga. 
Bu dam dog‘i yonsang bo‘lub sulhjo‘y, 
Manga dog‘i sulh uzradur guftugo‘y. 
Va gar kin ishida g‘ulu aylasang, 
Adovat uza guftugo‘ aylasang. 
Mening dog‘i bu ishta yo‘q kamlig‘im, 
Masof amrida nofarohamlig‘im. 
Cherik onchadurkim, aning soni yo‘q, 
Yaroq onchakim, aning imkoni yo‘q. 
Ayolu vatan uzra to joni bor, 
Kishi harb etar toki imkoni bor. 
Vale iki shah zohir etganda kin, 
Zafar qay taraf bo‘lmoq ermas yaqin. 
Qayon fath bo‘lmoq chu ma’lum emas, 
Jabin uzra ul harf marqum emas. 
Kishi razmdin necha bo‘lsa yiroq, 
Yerur hazm oyinida yaxshiroq»
4

Suxanvar chu sharh ayladi barcha so‘z, 
Javob istayu, tikti tufroqqa ko‘z. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin