Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
267
Ki: «Tonglou indin madoro kerak, 
Hayal aylamak oshkoro kerak. 
Ne ishgaki sayyorau sobitot, 
Qilurlar nuhusatda sayru sabot. 
Nazarkim nuhusatqa voqe’durur, 
Tanosub ila bizg‘a roje’durur. 
Bu iki kun ar shahg‘a bo‘lsa sukun, 
Ishe solg‘ay o‘rtag‘a charxi nigun 
Kim, ul ishta bo‘lg‘ay g‘arobat base, 
Shah iqboli topqay mahobat base. 
Bu so‘zda agar bo‘lsa dog‘i xilof, 
Uchunchi kun ar shoh qilsa masof. 
Umid ulki a’dog‘a solg‘ay shikast, 
Shukuhini qilg‘ay qaro yerg‘a past». 
Shah ul so‘z bila topti taskin base, 
Havo tutmadi shu’lai kin base. 
Yana sori Xoqoni gardunjanob 
Yeli ichra topmish edi iztirob. 
Xitoyi sipah, balki Chiniy guruh, 
Ko‘rub xasm xaylida behad shukuh. 
Borining arosida oshub edi, 
Bori vahm eliga lagadko‘b edi. 
Nechakim berur erdi Xoqon ko‘ngul, 
Tuzalmas edi vahm topqon ko‘ngul. 
Anga yettikim, qilmayin ishga mayl, 
So‘z izhor eta boshladi xayl-xayl: 
«Ki bu nomvari komkori daler, 
Yurak ichra qoplon, shukuh ichra sher 
Ki, aylab jahongirlikni havas, 
Havas qilg‘onig‘a topib dastras. 
Bu kunga degin har qayonkim yurub, 
Nekim komidur, ilgiga kelturub. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
268
Qayu mulk soriki eltib hashar, 
Ani fath etib, qilmayin sho‘ru shar. 
Ne shah bo‘yni soriki tashlab kamand, 
Bo‘lub bo‘yni oning kamandig‘a band. 
Masofida ul kunki Doro edi, 
Bu bir qatra, ul jarf daryo edi. 
Anga razmu tadbir ila topti dast 
Ki, iqboli shoxig‘a berdi shikast. 
Yemas bizga Dorocha xaylu guruh, 
Anga lek o‘n bizcha farru shukuh. 
Yana ulki sohibqiron ham erur, 
Juvondavlatu pahlavon ham erur. 
Munungdek kishi birla ko‘shishg‘a pech, 
Yemas ish hisobi bila rost hech. 
Aning birla kim ursa lofi masof, 
Xirad aytur ul so‘zning otin gazof. 
Ulug‘larni aylab shafoat anga, 
Kerak qilsa Xoqon itoat anga. 
Yo‘q ersa erur ul qaviy, bu zaif, 
Anga hech po birla ermas harif. 
Kishi qilsa da’vo urush big‘idin, 
Amon topmog‘ o‘lmas aning tig‘idin. 
Birovkim – anga aql da’vosi bor, 
O‘zi qasdin etmak ne ma’nosi borg‘ 
Yo‘q o‘z jonig‘a, xalq jonig‘a ham, 
Ne jon, irz ila xonumonig‘a ham. 
Mute’ o‘lsa aylab qabuli xiroj, 
Tutar ul musallam munga taxtu toj. 
Nelar qildi Malluyi badro‘z anga, 
Bukun mu’tamad bo‘ldi Fero‘z anga. 
Bo‘lub ajzig‘a mu’tarif Royi Hind, 
Yerur bu zamon kishvaroroyi Hind. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin