Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
271
Chu kelturdi markabni tayyor etib
Saroparda yonig‘a chekti yetib. 
Chiqib markab ustiga Xoqoni Chin, 
Ani qildi bu roz ishiga amin. 
XLVIII
Qamarsayyoh sarius-sayri quyosh bila qiron qilg‘ondek Xoqon Iskandarga risolat uchun muqorin 
bo‘lg‘oni va ul muqoranadin muqobalag‘a borg‘och qamardek nur va safodin to‘lg‘oni 
 
Qorong‘uda chiqti sipahdin surub, 
O‘zin qal’a darbandig‘a yetkurub. 
Berib muhri naqshinki, Xoqon demish: 
«Chiqoring menikim, erur kulli ish». 
Alar chun nishona topib dilpisand, 
Chiqorib ani qal’adin begazand. 
Bo‘lub tez Xoqoni ofoqgard, 
Skandar sipohi sari rahnavard. 
Borur erdi ko‘nglida yuz ming xayol
Xavotir qilib ko‘nglini poymol. 
Chu xurshidi iskandariy ochti chehr
1

Skandardek ofoq uza soldi mehr. 
Nujum o‘ldi Chin xaylidek befurug‘, 
Qazo qildi ko‘k marg‘zorin qo‘rug‘
2

Skandar sipohig‘a farrux rasul – 
Yetib ostonida qildi nuzul. 
Ravon shahg‘a arz ettilar bu maqol 
Ki: «Kelmish rasuli humoyunjamol. 
Boshidin-oyog‘ig‘acha farru hush
Bashar surati ichra kelgan surush». 
Skandar dedi: «Aylabon ehtirom, 
Anga taxtim ollinda aylang maqom 
Ki, bu kecha bir tush ko‘rubmen g‘arib, 
Bu gar bo‘lsa ta’biri ermas ajib: 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
272
«Quyoshcha manga tushta anvor edi
Yana bir quyosh ham padidor edi. 
Kelibon qo‘yar erdi ollimda bosh, 
Kishi ko‘rmamish mundoq iki quyosh». 
Yana hikmat ahlining a’lomida, 
Falak sayridin yozg‘on ahkomida: 
«Navodir edi bu iki kunda ko‘p 
Ki, zohir bo‘lur, — dedilar, — munda ko‘p». 
Navodirki qildi alar e’tibor, 
Bu nodir biri bo‘lmoq imkoni bor». 
Debon shah bu so‘zni, dedikim: «Yurung, 
Degon kimsani ichkari kelturung!» 
Borib chunki kelturdilar ichkari, 
Ko‘rub rasmu oyini Iskandari. 
Yiroqroq suxandoni farxundaroy, 
Rasulona oyin keturdi bajoy. 
Rasul erdi chun yaxshi avsof ila
Skandar tilab quchti altof ila. 
Yetib baxtdin bu bashorat anga, 
Shah: «O‘ltur!» — deb etti ishorat anga. 
Rasul o‘lg‘och ollida oromjo‘y, 
Savol etti Iskandari komjo‘y. 
Ki: «Har ne so‘zung bo‘lsa og‘oz qil, 
Ne roz aytsang bizni hamroz qil!» 
Taanni bila dedi farrux rasul 
Ki: «Yey dargahing ostoni qabul! 
Nekim aylading hukm, jon ustiga, 
Ravon qilmoq oni ravon ustiga. 
Va lekin Xito xoni Xoqoni Chin 
Ki, tadbiru royig‘a yuz ofarin. 
Manga necha so‘z debdurur, bas sharif 
Ki, ermas eshitmakka har kim harif. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin