Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
277
Chu lutfungdin ogoh qilding ani, 
Ato mulkida shoh qilding ani. 
Buyon aylagach azm davlat bila 
Ki, taxt uzra sen fathu nusrat bila. 
Menikim aduv aylar erding xayol, 
Bu nav’ ettim o‘zni sanga poymol. 
Xayolimg‘a yuzlandi bu nav’ ish 
Ki, mundoq itoat kishi qilmamish. 
Senikim Haq etti bu nav’ arjumand 
Ki, pastingdurur bo‘yla mendek baland. 
Tilarmenki, bu bo‘lsa oson manga 
Ki, bilsamki, ne qilg‘ung ehson manga!» 
Skandar dedi: «Jam’ qilg‘il ko‘ngul, 
Iki dahr aro sen ato, men o‘g‘ul. 
Desang, xizmatingda jabin surtayin, 
Seni taxti johimg‘a o‘lturtayin. 
Qilib sanga farzanddek poybus, 
Deyinkim, tirildi malik Faylaqus. 
Sen et masnad uzra kulahdorliq, 
Men ollingda aylay sipahdorliq. 
Agar xud bu nav’ aylamassen qabul, 
Ne yanglig‘ki, ko‘nglunga aylar shumul. 
Meni ayla ogahki, ul ish qilay, 
Necha aylay olg‘oncha ko‘shish qilay». 
Bo‘lub shod Xoqoni davlatqarin, 
Duolar bila aylabon ofarin. 
Ko‘zidan tiya olmayin yoshini, 
Qo‘yub shukr tufrog‘ig‘a boshini 
Dedi: «K-ey, shahanshohi gardunsarir, 
Sariringg‘a yo‘q avji gardunnazir. 
Hamesha jahon pahlavon bo‘lg‘asen, 
Jahon ahlig‘a komron bo‘lg‘asen. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
278
Bo‘lub tav’ ila bandai farmon sanga, 
Meningdek base xonu xoqon sanga. 
Bu ne lutfu pokiza tiynat bo‘lur, 
Bu ne xulqu ehsonu himmat bo‘lur. 
Bu himmatki bermish sanga beniyoz, 
Yerur shahlig‘ingg‘a jahon mulki oz. 
Demon loyiqing iki olam edi 
Ki, o‘n bo‘lsa erdi dog‘i kam edi. 
Bu altofkim sen ayon aylading, 
Meni shukrida notavon aylading. 
Kaloming ayon aylagan mas’ala, 
Yeshitmakka yo‘qtur manga havsala. 
Vale chun deding oshnolig‘ so‘zi, 
Aroda o‘g‘ulluq, atoliq so‘zi. 
Gumonimda yo‘q erdi bu ehtirom 
Ki, qilg‘ung meni bo‘yla oliy maqom. 
Yaromas sanga garchi mendek ato, 
Vale men bu so‘zni demakdur xato. 
Guhar zotig‘a ne kam o‘lgay sharaf, 
Bukim bo‘lg‘ay oning atosi sadaf. 
Bu ehsoninga garchi loyiq emon, 
Sadaf birla dur holidin yo‘q demon. 
Va lek o‘zga so‘zlarki qilding bayon, 
Alardin qil ushmuncha chog‘liq ayon 
Ki, fosh etmagil elga bu rozni, 
Bu kelmakdin anjomu og‘ozni. 
Rasulona aylab manga iltifot, 
Bukun asrabon, shom bo‘lg‘ach uzot. 
Yelingga degilkim: «Bu kelgan rasul, 
Yarashdin,– dedi,– so‘zu qildim qabul». 
Tong otqach rasule yubor qoshima 
Ki, solsun sharaf soyasi boshima. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin