Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

 
LII
Xoqonning Iskandar uchun ziyofat asbobin tuzgani va ani Chinga elturga iltimos ko‘rguzgoni va ul 
shohona bazmu oyin vaz’i vasfida xomai nodiranigor durfishonliq qilmoq va ul tuhaf va navodir 
tazyini ta’rifida tab’i balog‘atshior gavharposhliq ko‘rguzmak va peshkashlari te’dodida to‘quz falak 
avroqin xomag‘a raqamzad qilmoq va bazmi dilkashlari sharhida sekiz bihisht riyozin aql ko‘ziga rad 
qilmoq 
Bu debo uza paykaroroi Chin, 
Bu nav’ ayladi naqshi deboi Chin 
Ki, chun Chin sari bo‘ldi Xoqong‘a azm, 
Mubaddal bo‘lub bazm ila kinu razm. 
Yeli ko‘nglidin ketti ranju taab, 
Bular o‘rnig‘a keldi ayshu tarab. 
O‘zi tushti Chin shahrig‘a shodmon, 
Kirib qasri davlatg‘a tushgan zamon. 
Talab qildi arkoni davlatni bot, 
Julus amri etti qilib iltifot. 
Dedikim: «Bu shohi falakihtishom 
Ki, olam yuzin fath qilmish tamom. 
Jahon shahlarin aylamish bandasi, 
Zabardastlar bo‘lmish afkandasi. 
Kamand ulki gardung‘a band aylamish, 
Bu oni asiri kamand aylamish. 
Qachon bizga bor erdi xud bu gumon 
Ki, bo‘lg‘ay bu altof ila mehmon. 
Kelib tarki qatlu masof aylagay, 
Bizing birla ko‘nglini sof aylagay. 
Qilib ulcha imkoni bor ehtirom, 
Manga taxti ustida bergay maqom. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
293
Meni ham atoliqqa qilg‘ay qabul, 
Ham o‘lg‘ay shafiqim, nechukkim o‘g‘ul. 
Bilursizki, gar qilsa erdi nabard, 
Ulusdin chiqorur edi ko‘kka gard. 
Sanam zulfidek aylabon toru mor, 
Qo‘porur edi borchamizdan damor. 
Bu lutfeki ul oshkor ayladi 
Ki, ehson tariqin shior ayladi. 
Bu majma’ ichinda yig‘ilg‘on anga, 
Yerur borcha ozod qilg‘on anga. 
Men altofidin oncha sharmandamen 
Ki, garchi ato der, vale bandamen. 
Qilurdin anga xizmati dilpazir, 
Xud ermasdurur hech yanglig‘ guzir. 
Bu ishning salohi nedur, fikr eting, 
Qoshimda chu fikr ettingiz, zikr etingg‘» 
Bu so‘zlar degach shohi Chinu Xo‘tan
1

Duosig‘a til chektilar anjuman. 
Dedilarki: «Har nuktakim surdi shoh, 
Yerur muttafiq borcha xaylu sipoh. 
Bu shoheki bor emdi mehmonimiz, 
Gar ollida bo‘lsa fido jonimiz. 
Anga ulcha oyini e’zozdur, 
Muni desa bo‘lg‘ay – hanuz ozdur. 
Ne mulku sipahg‘a sen etsang raqam, 
Bilurlar aning bermagin mug‘tanam. 
Va lek ulcha sen o‘zing etkung yaroq, 
Bilursen sen oni o‘zing yaxshiroq. 
Nekim himmatingg‘a tamannodurur 
Bizing himmat andin muarrodurur. 
Qachonkim qiron aylasa nayyirayn, 
Ko‘runurmu zarrot aro tushsa shayn?
2


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin