Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
283
Yo‘q ersa bilur muncha ahli xirad 
Ki, yo‘qtur menga seni istarga had». 
Bu so‘z birla Xoqon qilib no‘shxand, 
Ravon azm qilmoqqa mindi samand. 
Bo‘lub Chin sipohi ajab shodmon 
Kim, ul bimdin topti bori amon. 
O‘ziga ulus, borcha aylandilar, 
Aning keynicha bori otlandilar. 
Magar baski jo‘sh urdi xalqi kasir, 
Yer ajzosi bo‘ldi taxalxulpazir. 
Xaloyiqqa hukm etti Chin xusravi, 
«Ki o‘rnida bo‘lsun zaifu qavi. 
Vale yuzcha gulro‘yi chiniynajod, 
Yana ming xidevi xitoinihod. 
O‘zi birla oldi, dog‘i surdi raxsh, 
Anga tegrukim xusravi mulkbaxsh. 
Skandar soridin dog‘i shohlar, 
Xiradpeshau donishogohlar. 
Alar dog‘i shohona tazyin bila, 
Bular ham hakimona oyin bila, 
Chiqib o‘tru Xoqong‘a aylab hujum, 
Aningdekki, ul chog‘da bo‘lg‘ay rusum. 
Ko‘rushub payopay, yetib favj-favj, 
Tengizdin, aningdekki, har lahza mavj. 
Chu shoh ostonig‘a bo‘ldi yaqin, 
Ravon otidin tushti Xoqoni Chin. 
Yugurub ilayinda ozodalar, 
Ne ozodalar shohu shahzodalar. 
Tanob uchig‘a chun yovuq qo‘ydi gom, 
Oq uydin Skandar ham etti xirom. 
Iki soridin qo‘l ochib iki shoh, 
Qiron aylab andoqki xurshidu moh. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
284
Chu bir-birlariga yovushti ikov, 
Atou o‘g‘uldek quchushti ikov. 
Falak ko‘rmayin oshkoru nihon, 
Munungdek qarin o‘lmog‘ iki jahon. 
Biri gar azim, ul biri a’zame, 
Bu ham olame, ul dog‘i olame. 
Quchushqoch iki shohi feruzbaxt, 
Skandar yonib ayladi azmi taxt. 
Tutub bir qo‘li birla Xoqon qo‘lin, 
Anga ko‘rguzub taxti shohiy yo‘lin. 
Chu Xoqon keyin qoldi aylab hijob, 
Chiqordi chekib shohi gardunjanob. 
Ayog‘in sarir uzra chun yetkurub, 
Burun oni o‘lturtubu o‘lturub. 
Qilurg‘a nekim va’da qilmish vafo, 
Muning birla ham qilmayin iktifo, 
Muloyim-muloyim so‘rub har nafas, 
Aningdekki Xoqong‘a bir-bir havas. 
Shafiqona so‘z chun damo-dam solib, 
O‘g‘ulluq – atoliq so‘zin ham solib. 
Tutub ilgini bu so‘z ayturda rust 
Kim, ul ahd misoqin aylab durust. 
Tugatgach so‘zin shohi bisyordon, 
Bakovul kelib yoydi dastorxon. 
Yoyildi chu shohona xonlar base, 
Quyosh qursidek anda nonlar base. 
Hamul xon aro guna-guna taom, 
Bo‘lub lahza-lahza tabiatqa kom. 
Chu tortildi xoniki dastur emas, 
Taom oncha olamda maqdur emas. 
Dedi mizboni falaktumtaroq 
Ki: «Otlansa Xoqon ham ermas yiroq 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin