Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
343
«Ki, inson erur mudriki kulliyot.
Yerur o‘zga hayvon bu ishtin bari
Ki, inson erur borchaning sarvari».
Dedi: «Bilmasa
ulcha maqsud erur
Ki, maxfiydur o‘zida ne sud erur».
Dedi: «Ulcha bordur o‘zida nihon,
Bilurdin fuzunroqdur ahli jahon.
Vale muncha bilmishki, bilmaydurur,
Bu maqsud darkini qilmaydurur.
O‘zi bilmasi anglag‘on so‘zu dard,
Ani borcha maxluqdin qildi fard.
Talab
ranji-yu, topmamoq shiddati,
Bo‘lubtur aning mujibi shavkati.
Nedin o‘zgalar ko‘nglida tobdur
Ki, bu dardi noyob-noyobdur».
LXIV
Iskandarning mo‘r xaylin shikor etgali sipohin tuzotgoni va ul guruhi devsor devonavor yetib, aning
sipohi ollida saf tuzotgonlari va alardin bir safshikan iki saf orasig‘a surub, Iskandar sipohining
safdarlarin ojiz etgani va ul g‘azolai chiniy sher suratida maydong‘a kirib, ajdahoshikorliq qilg‘oni va
Iskandar g‘azoli chiniyni ohuyi haram qilib aning saydin lutf ila yana sayd etgoni va ul borib o‘z
saydlari bila majlisqa yetgoni
Ayon
aylagan nuktaposhandaliq,
Bu nav’ etti kog‘azxaroshandaliq
Ki, chun surdilar shoh xayli sutur,
Hamul yergakim, erdi g‘avg‘oyi mo‘r.
Chu shah bo‘ldi
voqif hamul rozdin,
Tushub topti taskin taku tozdin.
Qilib ahli hikmat bila guftugo‘y,
Yetib chora oyinini justujo‘y.
Muqarrar munga qildilar royni
Kim, ul mavkibi kishvaroroyni
Ki, bordur
hisob ichra haddin fuzun,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: