Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
345
Aning sirrin anglarg‘a aylab shitob.
Chu o‘ttilar ul mo‘r sahrosidin,
Qomuq pildek pashsha g‘avg‘osidin.
Sipahdin to‘la ko‘rdilar
yer yuzin,
Qaro aylabon dahr tog‘u tuzin.
Solib el g‘ulusi jahon ichra sho‘r,
Aningdekkim, ul dasht aro xayli mo‘r.
Chu saf ko‘rdi vahshiy ulus har taraf.
Alar ham tuzattilar o‘truda saf.
Bori devpaykar, bori g‘ulvash,
Bori g‘ulbandu bori devkush.
Kelib kargdek kuch bila, piltan,
Vale hay’at ul nav’kim, ahraman.
Ko‘z azraq, saqol sorig‘u
tiyra yuz,
Chiqib borchaning manglayidin munguz
3
.
Qulonu kiyik charmi – kisvatlari,
Alarning eti birla qutlari.
Tutub qo‘lg‘a
har qaysi bebok dun,
Og‘ir cho‘bdaste, nechukkim sutun.
Temur birla qullob sarxam qilib,
Yig‘ochlarning uchig‘a mahkam qilib.
Alarg‘a hamul bas kelib sozi harb,
Aning birla-o‘q aylab og‘ozi harb.
Bu hay’at
bila tuzdilar chun yasol,
Adu ichra ming devi vahshiyfiol.
Biri kirdi maydon aro kin ila,
So‘z aytib o‘zi bilgan oyin ila.
Muboriz tilab to‘kkali qonini,
Rahovard uchun olg‘ali jonini.
Bu yondin dog‘i surdi xorotane,
Tani xoravash birla ko‘hafkane.
Shah ollida ko‘p yerda qilg‘on nabard,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: