www.ziyouz.com
kutubxonasi
366
Budur arzimizkim, deduk shohqa».
Dedi shahki: «Ul nopisandida xayl,
Qachonkim qilurlar sizing sori mayl,
Nechuk sizg‘a ma’lum o‘lur ul balo
Ki, andin burunroq qilursiz jalog‘»
Dedilar: «Bu tog‘ekim ul qavmi shum,
Aning ul yuzida qilurlar hujum.
Bu sori bo‘lur chog‘da sahronavard,
Qilur charx oyinasin tiyra gard.
Qachon bo‘lsa ul tiyra gard oshkor,
Bo‘lur tiyra bizlarga ham ro‘zgor».
Dedi shah: «Qachon bo‘lg‘ay ul ish chog‘ig‘»
Dedilar: «O‘tub bir necha kun dog‘i».
Eshitgach bu so‘z dovari choraras,
Alar chorasin qilmoq etti havas.
Topib berk manzil, tusharga panoh,
Hamul marz aro qildi oromgoh.
Dedilar ul el yuz tazarru’ bila,
Janobida ushbu tavaqqu’ bila
Ki: «Bizga necha baxtdin yo‘q navo.
Nechuk ko‘rgabiz el gazandin ravog‘
Shah ar munda maskan qilur, qilmasun,
Alarni jahon ahlidek bilmasun
Ki, nogah biri yetsa ul qavmning,
G‘anim o‘trusida ne yuzu, ne ming,
Bataxsiskim yuz tuman ming balo
Ki, bu kishvar o‘lgay alardin to‘lo.
Yetishgay borining boshida g‘azab,
Bori el qonin ichgani tashnalab».
Dedi shahki: «Siz bizga qayg‘urmangiz
Va lekin bu kishvararo turmangiz.
Toshing har neyingiz bo‘lsa aylab shitob
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
367
Ki, bu mulk aro qolmasun rishtatob
Ki, Tengriga ul dam tavakkal qilay,
Alar fikrin aylay, nechukkim bilay».
Alar chiqtilar mulkdin xonako‘ch,
Vale qilmadi shohi farzona ko‘ch.
Dedi, davrig‘a qozdilar har fariq,
Ochuq xandaq, ammo bag‘oyat amiq.
Kishilar yibordiki, har marzu bum,
Farang o‘lsunu Rus, yo Shomu Rum.
Nekim bo‘lsa me’mori chobukxayol,
Yana dog‘i ustodi nozukxayol.
Yana korgarlar, bori charbdast,
Balo raxnasin qilg‘udek sangbast.
Misu ro‘yu qal’i, birinju temur,
Yana qo‘rg‘oshun birla tolu ko‘mur.
Qilib necha yuz ming teva uzra soz,
Yana necha ustodi ohangudoz.
Muhayyo qilib ehtimom aylabon,
Borin jahd ila tezgom aylabon.
Yeturgaylar ul yerga borini bot,
Bori butti shoh aylagach iltifot.
Chu nekim keraklik edi, bo‘ldi rost,
Aningdekki doroi davrong‘a xost.
Anga tegru har kun o‘zi otlanib,
Hamul tog‘ domonasin aylanib.
Solib iki ming sangburi bedarang,
Kamar uzra kesmak uchun taxta sang.
Bori zo‘rdast ichra po‘loddek,
Qotig‘ xora kesmakda Farhoddek.
Alar xorani bemadoro kesib,
Madorosiz ul tog‘da xoro kesib.
Yig‘ib oncha asbob bog‘larg‘a sad
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |