www.ziyouz.com
kutubxonasi
370
Magar topmayin tu’ma ul xayli shum,
Yonib o‘z makonig‘a azm etsalar,
Qilib avd, kelgan sari ketsalar.
Yetib ishga ul lahza nazzorae,
Qila olg‘ay ul qissag‘a chorae.
Ham ushbu deyilgan kibi ul guruh
Nima topmog‘ondin bo‘lub chin sutuh.
Bori qildilar avd kelgan sari,
Dara ichra sig‘may kirib ichkari.
Alarg‘a chu yuzlandi ovoraliq,
Zamona unutti sitamkoraliq.
Shah otlandi ul xayli dono bila,
Razin royu aqli tovono bila.
Rikobida san’atgar el behisob,
Qilib ul dara sori bori shitob.
Chu yettilar, ermas edi ul dara,
Ochuq julgae erdi xo‘bu sara.
Va lekin iki jonibi iki tog‘,
Nechukkim berib erdi ul el surog‘.
Iki tog‘ arosida massohi chust,
Yaqinroq yerin ayladi bozjust.
Tanob onchakim chektilar har sari,
Yaqinroq yeri erdi o‘n ming qari
9
.
Nujum ahli soat qilib ixtiyor,
Kezib markab uzra shahi baxtiyor.
Buyurdiki to‘ktilar ul yerga rang
10
,
Tushub qo‘ydi soat bila xora sang.
Gudozandalig‘ ichra ming korgoh,
Qilib, o‘ylakim ko‘ra tayyorgoh.
Muhandislar aylab fusunsozliq,
Masohat bila korpardozliq.
Bo‘lub korgarlar dog‘i ishda chust,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
371
Raja jadvali birla poku durust.
Gach o‘rnig‘a mahlul etib haftjo‘sh
11
,
Quyub yerga san’atgari saxtko‘sh.
Solib haftjo‘sh ustiga taxta tosh,
Bori jonibi tez bo‘lg‘on tarosh.
Qo‘pub yona ustodi Boniyhasab,
Qo‘yub toshni toshqa lab-balab.
Chu bir sath ul tosh hamvor o‘lub,
Yana ustida ish namudor o‘lub.
Chu tulig‘a o‘n ming qari erdi arz,
Binosig‘a besh yuz qari bo‘ldi arz
12
.
Necha ming bu ish uzra ustod edi
Ki, san’atda bannou haddod edi.
Qo‘yub ul sifat darz-bardarz tosh
Ki, bo‘lmay sari mo‘y anga darz fosh.
Yana erdi muzdur sondin fuzun,
Nechakim qiyos etsa ondin fuzun.
Bo‘lub olame bo‘yla san’atnamoy,
Kecha-kunduz ish qildilar olti oy
Ki, necha ming ustodu san’atgari,
Tamom ettilar Saddi Iskandariy
13
.
Muarrixdin ettim bu nav’ istimo’
Ki, topti sad uch yuz qari irtifo’.
Iki zina dog‘i yasab el sori
Ki, chiqqay quyidin ulus yuqori.
Yana kunguru burj etib qal’avor,
Temurlar bila aylabon ustuvor.
Yasab iki manzil nigahbon uchun,
Tashib tosh ko‘p sangboron uchun.
Qilib anda ta’yin necha yuz kishi
Ki, sad hifzi bo‘lg‘ay alarning ishi
14
.
Chu sad bo‘ldi andoqki charxi kabud,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |