4-mavzu Psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari



Yüklə 43,87 Kb.
səhifə1/12
tarix07.03.2022
ölçüsü43,87 Kb.
#53465
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-mavzu


4-mavzu

Psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari.

Ma’lumki, har qanday fan o‘z predmetiga ega. Psixologiyaning predmeti psixika bo‘lib, u obektiv olamni psixik hodisalar asosida aks ettirib, yuzaga kelgan va shakllangan obraz sub’ekt faoliyatini, xulq-atvorini maqsad sari yo‘naltiradi.

Bundan tashqari har qanday fan qandaydir hodisa qonuniyatlarini bilish uchun malum bir metodlardan foydalanadi. I.P. Pavlov “Metodning qo‘lida tadqiqot taqdiri yotadi” degan edi. Metodlar tizimi fanning umumiy metodologiyasiga birlashadi.

Metodologiyani keng ma’noda oladigan bo‘lsak, u ma’lum tizimga ega bo‘lgan va bilimlarni izlab topishga qaratilgan, mantiqan ketma-ketlikka ega bo‘lgan metodlardir. Ko‘pchilik olimlar bu atamani ilmiy metod tushunchasiga mos tarzda tushunadilar va foydalanadilar, metodologiya faqat ilmiy tarzda qabul qilinishi deb takidlaydilar.



Metodologiya (yunoncha methodes − bilish, tadqiq qilish, izlanish yo‘li, logos − tushuncha, ta’limot) amaliy faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tamoyillari, usullari tizimi hamda ushbu tizim haqidagi talimotdir. Metodlar − psixologiyani o‘rganish usullari va yo‘llari yig‘indisi, “Metod” bu bilish, anglash yo‘li bo‘lib, bu usul orqali fanning predmeti aniqlanadi. (S.L. Rubinshteyn).

Metodologiya − uslubiyot deb ilmiy tadqiqot tamoyillari tizimiga aytiladi. Aynan, metodologiya to‘plangan faktlar bilimning real va ishonchli asosiga qay darajada xizmat qilishi mumkinligini aniqlaydi.

Rasmiy nuqtai nazardan, metodologiya real hayot haqidagi bilimlar mazmuni bilan bog‘liq bo‘lmay, balki bilimlarni tashkil etish borasidagi jarayonlar bilan ish ko‘radi. Shuning uchun “metodologiya” termini, odatda, tadqiq etilgan protsedura, texnika, usullar majmuini va ma’lumotlar to‘plash, ularni qayta ishlashni anglatadi.

Metodologiyani mohiyatan tushunish tadqiqot predmeti doirasidagi evristik (ya’ni, izlanayotgan) funksiyani amalga oshirish asoslanadi. Har qanday nazariy bilimlar tizimi nafaqat predmet doirasidagi tasvirlash va tushuntirish mazmuniga ega bo‘ladi, balki, bir vaqtning o‘zida yangi bilimlar izlanishida qurol hisoblanadi.

Predmet doirasidagi ob’ektiv hayotni aks ettiruvchi nazariya qanchalik tamoyil va qonunlarni shakllantirsa u shunchalik voqe’likning o‘rganilmagan qirralariga kirish usullarini ko‘rsatadi. Gegelning ta’kidlashicha: “Har qanday fan amaliy mantiqdir”.

A.N. Kupriyan nazariyaning 3 ta asosiy metodologik funksiyalarini ajratib ko‘rsatadi: mo‘ljallangan, bashoratlangan, klassifikatsiyalangan tasnifiy. Birinchisi, tadqiqotchi harakatini ma’lumotlar olishga yo‘naltirsa; ikkinchisi, ba’zi maxsus sohalarda o‘ziga xos bog‘liqlikni tiklashga suyanadi; uchinchisi esa xususiyat va aloqalarni namoyon qilish yo‘li orqali faktlarni tizimlashtirishga yordam beradi.


Yüklə 43,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin