www.ziyouz.com
kutubxonasi
429
Muni bilki, har neki bor junbushi,
Nihoyatqa yetgach sukundur ishi.
Topar go‘y chavgondin ildomliq,
Va lekin bo‘lur oxir oromliq.
Yo‘q ul go‘ykim, gunbazi garmpo‘y
Ki, sargashtadur tun-kun andoqki go‘y.
Munga dog‘i bir kun qaror o‘lg‘usi,
Qaror ichra beixtiyor o‘lg‘usi.
Bulardin biri angla odamni ham,
Ne odamki, bal ahli olamni ham.
Angakim azaldin xirad yordur,
Bu ish fikratig‘a madadkordur.
Seni yuz tuman shukrkim, Kirdigor
Xirad ganjidin ayladi komgor».
Chu Buqrot harfig‘a itmom edi,
Duo birla donanda Xurmus dedi
Ki: «Yey, gulsiz o‘lg‘on xazondida bog‘,
Yorug‘ nuridin ayru tushgan charog‘.
Bilursenki ochilsa bog‘ ichra gul,
Uzar bog‘bon oxir andin ko‘ngul.
Nechakim charog‘ o‘lsa majlisfuruz,
Ham oxir bo‘lur oqibat tiyraro‘z.
Chu bu nav’ erur dahr xosiyati
Ki, bo‘lg‘ay parokanda jam’iyati.
Munga iztirob aylamak sud emas,
Demay sudkim, juz ziyonbud emas.
Sanga Tengri chun berdi donandaliq,
O‘zungga nasihat rasonandaliq
Demak pand – tahsili hosildurur,
Degandin xirad naqshi zoyildurur»
8
.
Chu Xurmus dedi so‘z, bo‘lub xokbo‘s,
Ravon boshladi nukta Farfunyus
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
430
Ki: «Yey, hikmat oyinidin bahramand,
So‘zung gavharu gavharing arjumand!
Bukun sensen ul bahru koni shigarf
Ki, bo‘lmish duru gavharing bartaraf.
Vale qaysi daryo yaratmish Xudo
Ki, ul bo‘lmadi o‘z duridin judo.
Yana qaysi konkim, mag‘ok o‘lmadi,
Borib gavhari, bag‘ri chok o‘lmadi.
Erur sunnatullohu rasmi qadim,
Bilurda sening dog‘i misling adim
9
.
Xirad, o‘yla qilmish seni arjumand
Ki, fe’ling erur barcha bixradpisand.
Sangakim bu Haqdin mavohibdurur,
Bu ne’matqa ko‘p shukr vojibdurur»
10
.
Chu Farfunyus etti irshodini,
Arastu qilib nukta bunyodini.
Ayon aylabon nuktai dilxarosh,
Der erdiyu ko‘zdin to‘kar erdi yosh
Ki: «Bu vajhdin durfishondur ko‘zum
Ki, deyolmonu, bordurur ko‘p so‘zum.
Sanga pand bermak emas dilpisand,
Keraktur manga yuz kishi bersa pand.
Vale men chu ermon nasihatpazir
Ki, hushumni savdo qilibdur asir.
Der erdimki dardu g‘amingni so‘ray,
Bu poyoni yo‘q motamingni so‘ray.
Netaykim, so‘rardin tilim loldur,
Zamirim, bas oshufta ahvoldur.
Bu g‘amda madad qildi Bonug‘a Haq
Ki, olmoq kerak barcha andin sabaq
Ki, bizlarcha ham iztirob etmadi,
O‘zin dard o‘tig‘a kabob etmadi.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |