Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
176
Muni har dam aylondurub mahvashe.
Anga dud o‘rnig‘a tarvihi ud,
Bu solib dimog‘ ichra har lahza dud.
Aning axgari koni gavhar bo‘lub,
Munung la’li bir pora axgar bo‘lub.
Vale bazm yuz boshlig‘
oq uy aro,
Oq uy toshi tun mushki birla qaro.
Vale mushk uza abri kofurbez,
Jahon uzra yakdast kofurrez.
Oq uyga eshik rust, tungluk dog‘i,
Bo‘lub ko‘raga ev davrig‘a to‘k dog‘i.
Mug‘anniylar aylab navosozliq,
Muoshirlar aylab sarandozliq.
Ne may, elni har sho‘x
bir noz ila,
Yiqib g‘amzai novakandoz ila.
Ko‘ngulda biridin nihoni g‘ame,
Xayoli bila o‘zga bir olame.
Chu may oni beixtiyor etmayin,
Ul anduhini oshkor etmayin.
Vale chun qilib boda toroji hush,
Bo‘lub o‘trudin mohvashi bodano‘sh.
Munga dam-badam ul qadah achchig‘i,
Qadahdek solib achchig‘-achchig‘ yig‘i.
Ne boqmay anga umridin bahrasi,
Ne boqmoqqa oning sori zahrasi.
Kelib nogah ul sho‘xi
xudroy anga,
Qadah tutsa yuz noz ila, voy anga!
Ichib bodani qo‘ysa ollig‘a bosh
Qiyomatqacha bosh ko‘tarmasa kosh!
Gar o‘lsa dema marg soni ani,
Hayoti, degil, jovidoni ani.
O‘zidin ketib oshiqi mayparast,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: