Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
171
Ki, Iskandar ar yig‘sa olam elin 
Anga esturay, o‘yla ofat yelin 
Ki, qo‘zg‘alg‘ay ul xayli topmay amon, 
Hamul nav’kim, tund yeldin samon. 
Uchunch ulki, gar ul bo‘lub kinparast, 
Taaddi bila topsa mulkumga dast. 
Bu mulk ichra bir ko‘hsore durur, 
Biyik tog‘ uza bir hisore durur. 
Misu ro‘ydin anga yakpora jism
Burun ahli hikmat yasog‘on tilism. 
Qozilmish bu shahr ichra naqbe nihon 
Ki, gar kirsa shoh ish tushub nogahon. 
Borur yo‘l, urub tob qo‘rg‘ong‘acha, 
Quyun o‘ylakim, charxi gardong‘acha. 
Qachon qilsalar bir boshin nopadid, 
Yana boshi ham bo‘lmas aslo padid. 
Kishi ul hisor ichra qilg‘och vatan, 
Tilismi aro bordur ul nav’ fan 
Ki, ul fannikim justujo‘ qilsa el, 
O‘g‘urlay olur xasmdin o‘tu yel. 
Bu mulkedurur garmser ul tariq
Ki, gar esmasa yel, bo‘lur el hariq. 
Bu mulk ichra har kimsakim joni bor, 
Chu yel turdi, turmoq ne imkoni borg‘ 
Gar o‘t bo‘lmasa hojat ermas demak
Ki, ne nav’ o‘lur odamiyg‘a yemak. 
Yerur barcha taqdir birlan zarur, 
Bu iqlimdin o‘zga sori ubur». 
Chu Mallu bo‘lub bo‘yla fikratnamoy, 
Debon lek Hinduston shohi Roy 
Ki: «Iskandar ul shohi oliysarir
Yerurmen ne hukm etsa farmonpazir. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
172
Va lekin chu Doroyi getipanoh 
Ki, oning sori chekmish erdi sipoh. 
Bitib noma yuz nav’ ta’rif ila, 
Meni ham tilab erdi taklif ila. 
So‘zi nofiz erdi, dog‘i yo‘l yiroq, 
Kerak erdi bir-iki yilliq yaroq. 
Olib mulkdin iki yilliq xiroj
Cherikka berib onchakim ehtiyoj. 
Chu yettuk aning joru buljoriga, 
Shahi Rum eli birla paykoriga. 
Ani xud shah iqboli past ayladi, 
Ajal domig‘a poybast ayladi. 
Aduvdin chiqordi shah iqboli gard, 
Biz o‘lduq biyobonda vodinavard. 
Yaroqu sipah barcha barbod o‘lub, 
Falakdin o‘kush nav’ bedod o‘lub. 
Urushqon elimga sarafkandalik, 
Tutulg‘ong‘a boshtin-oyoq bandalik. 
Ulus ollida banda ozodalar
Jilovda qilib po‘ya shahzodalar. 
Men aylab necha oy biyobonni tay, 
Yeturguncha bu mulku kishvarga pay. 
Yelimkim, bo‘lub qatlu yag‘moga tush, 
Kelib o‘n ulushtin buyon bir ulush. 
Tushub mulkum eliga bas turfa hol 
Ki, g‘oyib topib, kim ne aylab xayol. 
Qaro rang asliy dema el aro 
Ki, bu mulk motamg‘a kiydi qaro. 
Demonkim, emasmen Skandarparast, 
Tushubtur manga lek muncha shikast. 
Aning hukmi boshimg‘au jonima, 
Vale zulmdin kirmasun qonima. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin