21
Rejaning yuqorida keltirilgan ta’rifi asosida rejalashtirishning asosiy
maqsadi va asosiy vazifasini ta’riflash mumkin.
Rejaning asosiy
maqsadini
amalga oshirilgan voqea tashkil etadi.
Rejalashtirishning asosiy
vazifasi
ijrochilar, vaqt va resurslar bo’yicha muvazanatlashgan mavjud
resurs cheklovlari sharoitida harakatlarni tanlashdan iborat.
Rejaning asosiy xususiyatlari:
• kelajakka faol ta’sir ko’rsatish;
• kelajak haqida subyektiv tasavvurni aks ettirish;
• boshqaruv faoliyatining bir turi hisoblanadi;
• istalgan maqsadga erishish uchun foydalanilishi mumkin;
• kelgusi rivojlanishning son modelini o’zida namoyon qiladi;
• kelajakni amalga oshirish uchun javobgarlikni nazarda tutadi;
• xo’jalik yuritishning tashqi muhiti shart-sharoitlari, shu jumladan
bozor kon’yunkturasining hisobga olinishini aks ettiradi;
• xo’jalik yuritishning ichki muhiti imkoniyatlarini, shu jumladan
mavjud resurslarni hisobga oladi;
• real, ya’ni bajariladigan bo’lishi kerak;
• faoliyat ko’rsatishning eng qulay sharoitlariga erishish uchun xatti-
harakat tartibini belgilaydi;
• kelajakdagi harakatlarning motivastiyalangan sxemasi hisoblanadi;
• xodimni qiziqtirish va uning ishini baholashning bosh omili
hisoblanadi;
• fors-major holatlar uchun zahiralarga ega bo’lishi kerak;
• ijrochilar uchun javobgarlik choralarini nazarda tutishi lozim;
• firmaning barcha tarkibiy bo’linmalari manfaatlarini aks ettirishi
kerak;
• yozma ravishda hujjatli rasmiylashtiriladi;
• firmaning ichki hujjati hisoblanadi;
• sheriklar va sarmoyadorlar bilan alohalarni o’rnatish uchun
foydalaniishi mumkin, buning uchun odatda rejaning qisqartirilgan
variantidan foydalaniladi;
• firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi;
• vaqtga ko’ra ancha barqaror bo’lishi kerak;
• ishning yangi sharoitlariga moslashish imkoniyatiga ega bo’lishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: