B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   126
indikativ rejalashtirish

Aniqlik 
darajasi. 
Rejalashtirishning 
aniqligi 
rejalashtirish 
obyektlari, rejaning tarkibiy qismlari xususiyatlarini o’lchashning va bu 
bilan reja mazmunining aniqlik darajasini anglatadi. Aniqlik darajasi 
tizimning alohida rejalari uchun bir xil bo’lishi shart emas. Aniqlik 
darajasiga nisbatan qo’yiladigan talablar shu bilan belgilanadiki, bir 
alohida reja taxminiy reja ko’rinishida, boshqasi esa batafsil ishlab 
chiqilgan reja sifatida tuziladi.
Rejalarning muvofiqlik darajasi. 
Rejalashtirish tizimining barcha 
alohida rejalari muvofiqlashtirilgan va integrastiyalangan bo’lishi kerak. 
Rejalarning muvofiqligi, birinchi galda, rejaning tarkibiy qismlariga va 
alohida rejalar o’rtasidagi munosabatlarga bog’liq. Rejalarning mazmuni 
nuqtai nazaridan maqsadlar, prognozlar, tadbirlar, mablag’lar, reja uchun 
mas’ul bo’lgan shaxslarning harakatlari, muddatlarni muvofiqlashtirish 
mumkin. Bundan tashqari, alohida rejalarni zarurat, muddatlilik, 
ierarxiya, izchillik, shartlanganlik va moslashuvchanlik darajasi bo’yicha 
muvofiqlashtirish zarur. Bir darajadagi rejalarning muvofiqlashuvini 
ta’minlashni rejalarni muvofiqlashtirish deb, turli darajadagi rejalarning 
muvofiqlashuvini esa rejalarni integrastiyalash deb nomlaymiz.
 
4.4. Qishloq xo’jaligini rejalashtirishda prognozlashning 
ahamiyati 
 
Qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish bozor 
iqtisodiyoti munosabatlariga mos holda, ya’ni bozorga va iste’molchiga 
qaratilgan holda tashkil etish lozim. Iqtisodiyotning agrar sektorini 
rivojlantirish muammolarini hal etish O’zbekistonning bozorga o’tishdagi 
butun strategiyasini hal qiluvchi bo’g’indir. Bu qishloq xo’jaligining 
respublika iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi rolidan kelib chiqadi. 
Aholining 60 % qishloq joylarda yashaydi. Milliy daromadning 32 
foizidan ko’prog’i bugungi kunda qishloq xo’jaligidan olinadi. Qishloq 
xo’jaligi respublika hayotini ta’minlashning asosi, sanoatning etakchi 
tarmoqlarini rivojlantirish uchun shuningdek, eksport resurslari va valyuta 
tushumlarining eng muhim manbalaridandir. 
Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini rejalashtirishtirishning 
muhimligi 
ham 
shundaki, 
xo’jaliklarda 
ishlab 
chiqarishni 
rejalashtirishning eng muhim tomonlarini izlab topishdan iboratdir.
Xalq xo’jaligni rivojlantirish rejalarini tuzish va ishlab chiqarishni 
yanada yuksaltirish asosida tashkil etish rejalashtirish deb ataladi. 
Iqtisodiy reja tuzganda, ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlarini nazarda tutadi, 


82 
ya’ni ishlab chiqarishni taqsimot va ayriboshlashni butun jamiyat 
miqyosida rejali ravishda tashkil etadi. 
Xo’jaliklarda rejalar aniq va ilmiy jihatdan asoslangan bo’ladi. 
Chunki, har bir xo’jalik rejani tuzishda rejalashtiruvchi bo’limlar 
iqtisodiy shart-sharoit va imkoniyatlarga, ishlab chiqarish ilg’orlarining 
tajribasidan keng foydalangan holda ishlab chiqaruvchi kuchlarni, fan va 
texnikani rivojlantirishda erishilgan darajaga asoslanadi. Rejalarning 
aniqligi xo’jalikda tashkilotchilik ishi va mehnatkashlarning ijodiy 
tashabbusi bilan ta’minlanadi. 
Rejalashtirish bevosita xo’jaliklarning o’zida amalga oshirilishi 
hamda asosiy e’tibor xujalikni intensiv rivojlantirish yo’li bilan qishloq 
xo’jalik mahsulotlarini har tomonlama ko’paytirib borishga qaratilishi 
kerak. 
Xo’jaliklarda 
ishlab 
chiqarish 
rejasini 
tuzganlarida 
rejalashtirilayotgan tadbirlarning iqtisodiy jihatdan qanchalik ahamiyatli 
ekanligiga alohida e’tibor berish kerak. Masalan: ekin maydonining 
strukturasini belgilash bilan birga ekiladigan har bir gektar ekinning 
ahamiyati, qimmati va hosildorligini puxta tahlil qilish, uning xo’jalikka 
iqtisodiy jihatdan qanday foyda keltirishini aniqlash zarur. 
Xo’jaliklarda quyidagi turdagi rejalar tuziladi:
Perspektiv reja. Bu rejaga xo’jalikni rivojlantirishning bir necha 
yillarga mo’ljallanib tuzilgan rejalari kiradi. Unda tegishli yillarda 
bajarilishi ko’zda tutiladi. Bu reja qishloq xo’jalik mahsulotlarini harid 
qilish va tashkiliy-xo’jalik rejalari loyihalari asosida tuziladi.
Yillik ishlab chiqarish - moliya rejasi hamda ichki bug’inlar va 
yordamchi korxonalarga beriladigan yillik ishlab chiqarish topshiriqlari. 
Bu rejaga xo’jalikning bir yilgi ishlab chiqarish - moliya rejasi hamda 
erdamchi korxona, ichki bo’g’inlarning yillik ishlab chiqarish 
topshiriqlari kiradi.
Operativ reja. Bu rejaga qishloq xo’jalik ishlarining turli davrlariga 
qarab tuziladigan ish rejalari - ya’ni kvartallar, oylarda qilinadigan ishlar 
rejasi hamda plan-naryadlar kiradi. Bu rejada jamoaning bir yil davomida 
qilinadigan ishlari belgilanadi. Ishlab chiqarish - moliya rejalari asosida 
xo’jalikning ayrim tarmoqlariga yillik ishlab chiqarish topshiriklari 
beriladi. 
Xo’jalik istiqbol va joriy rejalarida xo’jalikning rivojlanish 
ehtiyojlari va aniq sharoitga qarab, xo’jalikning har bir sohasida ishlab 
chiqarishning o’sish sur’atlari aniqlanadi va xo’jalikning har bir 
tarmog’iga tegishli topshiriqlar belgilanadi. 


83 
Istiqbol rejada xo’jalikni bir necha yil mobaynida rivojlantirish 
ko’lami va sur’ati oldindan belgilab beriladi. 
Bu reja odatda, mamlakat xalq xo’jaligini rivojlantirish istiqbol 
rejasida ko’zda tutilgan muddatga mo’ljallab tuziladi. U bir necha yilga, 
jumladan 5, 10 va undan ko’prok yilga mo’ljallab tuzilishi mumkin. 
Istiqbol rejalar tufayli rejalashtirishning uzluksizligi ta’minlanadi. 
Shuning uchun ham istiqbol reja xo’jalikni rivojlantirishning ko’p yilga 
mo’ljallab tuzilgan dasturidir. Istiqbol rejaning eng muhim topshiriqlari 
yillar bo’yicha taqsimlanadi. 
Qishloq xo’jaligida istiqbol rejalarni tuzishda xalq xo’jaligini 
yanada rivojlantirish istiqbolli rejalariga hamda Qishloq va suv xo’jaligi 
vazirligi va Vazirlar Mahkamasining qishloq xo’jaligini yanada 
yuksaltirish haqidagi qarorlariga amal qilinadi. 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin