B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Davlat byudjeti rejasi va byudjetni rejalashtirish shakllari



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126
indikativ rejalashtirish

10.3. Davlat byudjeti rejasi va byudjetni rejalashtirish shakllari 
 
Yalpi ichki mahsulot aylanishi moddiy-ashyoviy va qiymat 
shaklida amalga oshadi. Yalpi mahsuloting qiymat shaklida aylanish 
jarayonida moliyaviy resurslarni hosil qilish, taqsimlash, qayta taqsimlash 
va iste’mol qilish yuzasidan moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi. 
Moliyaviy resurslarni hosil qilish, taqsimlash, qayta taqsimlash va 
iste’mol qilish jarayonlarini boshqarish 
moliyaviy rejalashtirish 
yordamiga amalga oshiriladi, pul mablag’lari esa uning obyekti 
hisoblanadi. 
Moliyaviy 
rejalashtirish 
orqali 
xalq 
xo’jaligining 
mutanosibligi, tarmoqlararo ulushlar ta’minlanib, mehnat, moddiy va 
moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish yo’llari aniqlanadi.
Umumdavlat va hududiy darajalarda moliyaviy rejalashtirish qiymat 
ifodasidagi moddiy va mehnat muvazanati bilan bog’lanuvchi 
moliyaviy 
rejalar tizimi
bilan ta’minlanadi. Har bir moliya yili boshqaruvning 
muayyan bo’g’inida moliyani tashkil qilish va boshqarish vazifalarini hal 
qiladi. 


137 
Moliyaviy rejalar tizimiga quyidagilar kiradi: 
• istiqbolli moliyaviy rejalar; 
• boshqaruvning umumdavlat va hududiy darajalarida tuziladigan 
yig’ma moliyaviy balanslar.
Istiqbolli moliyaviy rejalashtirish 
hokimiyatning barcha darajalarida 
quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: 
• iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish hamda moliyaviy siyosatni 
muvofiqlashtirishni ta’minlash; 
• rejalashtirilayotgan tadbirlarning bajarilishini ta’minlash uchun 
zarur bo’lgan moliyaviy resurslar hajmini prognoz qilish; 
• islohotlar, dasturlarning moliyaviy natijalarini prognoz qilish; 
• moliya sohasidagi turli tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlarini 
aniqlash. 
Istiqbolli moliyaviy reja davlatning iqtisodiy va ijtimoiy 
prognozining ko’rsatkichlari asosida ishlab chiqiladi. Unda byudjetning 
daromadlarni safarbar etish va xarajat moddalarini moliyalash 
imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar mavjud. Mazkur reja byudjetning 
yiriklashtirilgan ko’rsatkichlari bo’yicha 3-5 yilga mo’ljallab tuziladi. 
Rejaga har yili davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi prognozining 
ko’rsatkichlari bilan tuzatishlar kiritiladi. 
Yig’ma moliyaviy balans – bu davlatda yoki muayyan hududda 
yaratilgan va foydalanilgan moliyaviy resurslar balansi. Yig’ma 
moliyaviy balans barcha byudjetlar, byudjetdan tashqari maqsadli fonlar 
va tegishli hududda joylashgan korxonalarni qamrab oladi. 
Yig’ma moliyaviy balansni tuzish manzilli moliyaviy rejani, ya’ni 
byudjetni ishlab chiqishning tayyorlash bosqichi hisoblanadi. Davlatning 
yig’ma moliyaviy balansi xalq xo’jaligida moddiy va moliyaviy 
ulushlarni bog’lash, moliya-kredit tizimi barcha bo’g’inlarining 
ko’rsatkichlarini muvofiqlashtirish; davlatning iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishi prognozining muvazanatlashganligini tekshirish, ushbu 
prognoz bilan belgilangan tadbirlarni moliyalash manbalarini aniqlash; 
qo’shimcha moliyaviy resurslar zahiralarini aniqlash; prognoz moliyaviy 
hisob-kitoblarni amalga oshirish; moliyaviy siyosat yo’nalishlarini ishlab 
chiqish. 
Davlatning yig’ma moliyaviy balansi odatda Moliya vazirligi 
ishtirokida Iqtisodiyot vazirligida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosida 
ishlab chiqiladi. Umumdavlat darajasida tuziladigan yig’ma moliyaviy 
balans asosiy ko’rsatkichlarining sxemasi 3 - jadvalda keltirilgan.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin