141
Ushbu modellarni ishlab chiqishda prognoz qilinayotgan davrda
mustaqil o’zgaruvchanlar (milliy daromad va ishlab chiqarilgan
mahsulot) ko’rsatkichlarini topish alohida muammo tug’diradi. Ularni
aniqlash
uchun
yuqorida
ko’rsatilgan
umumiy
iqtisodiy
ko’rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblaridan foydalaniladi.
Iqtisodiy
tahlil tadqiq etilayotgan ko’rsatkichlarning rivojlanish sur’atlarini
o’rganish, ularning o’zaro nisbati, tadqiq etilayotgan hodisalarning yillar
bo’yicha o’rtacha yillik sur’atlarini hisoblab chiqish, ularning
rivojlanishini boshqa iqtisodiy kattaliklar (ishlab chiqarilgan asosiy
fondlar, aholi soni va b.) bilan taqqoslash yordamida to’ldiriladi. Bunday
tahlil shuning uchun zarurki, byudjet real iqtisodiy vaziyatlar bilan
bog’liq va shuning uchun xalq xo’jaligining istalgan tarmog’idagi
o’zgarishlarga
tezda moslashadi, shuningdek u aholini ijtimoiy
himoyalash sohasidagi siyosat, davlatning asosiy xarajatlarini moliyalash
tartibidagi o’zgarishlar bilan bog’liq.
Byudjetni rejalashtirishning keyingi bosqichi –
byudjet loyihasini
tuzish jarayoni.
Byudjet loyihasini ishlab chiqishning asosiy vazifasi
davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari
zimmasiga yuklatilgan Funksiyalarni ta’minlash maqsadida byudjetda
markazlashtiriladigan pul mablag’larining
hajmini hamda davlat va
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozida ko’zda tutilgan
tadbirlarni aniqlashdan iborat.
Byudjet loyihasini tuzish Hukumat va mahalliy hokimiyat ijroiya
organlarining vakolatiga kiradi. Ularning topshirig’iga ko’ra byudjet
loyihasi Moliya vazirligi va hududiy moliyaviy organlar tomonidan ishlab
chiqiladi.
Byudjet loyihasini tuzish uchun Moliya vazirligi va hududiy
moliyaviy organlar ularga tegishli hukumat,
statistika, soliq organlari va
boshqa muassasalardan kelib tushadigan zarur axborot bazasi bilan
ta’minlanishi kerak.
Davlat va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
prognozi
byudjet loyihasini tuzish uchun asosiy axborot manbai bo’lib
xizmat qiladi va u o’z navbatida hisobot davridagi
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish ma’lumotlari, rejalashtirilayotgan yil uchun rivojlanish
tendenstiyalari va boshqa ko’rsatkichlar asosida ishlab chiqiladi. Byudjet
loyihasini ishlab chiqishda tegishli reja
davri uchun qabul qilingan
moliya-byudjet siyosatining asosiy holatlari ham hisobga olinadi.
1) Byudjet loyihasini shakllantirishning dastlabki bosqichida ijroiya
hokimiyat organlari tomonidan rejalashtirilayotgan yil uchun
ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning
ssenariy
a sharoitlari
ishlab
chiqilib, ularda
142
asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi o’rta muddatli prognozining parametrlariga aniqliklar kiritish
uchun materiallar aks ettiriladi.
Hukumat tomonidan ushbu ssenariya shartlari ma’qullangach,
Moliya vazirligi rejalashtirilayotgan yil uchun
davlat byudjeti
daromadlari va xarajatlarining asosiy xarakteristikalarini
ishlab chiqadi.
Bundan tashqari, rejalashtirilayotgan yil va o’rta muddatli istiqbol uchun
ish haqi, pensiyalarning eng kam miqdori, byudjet sohasi xodimlarining
ish haqi va pensiyalarni indeksastiyalash tirtibi haqidagi taklif ko’rib
chiqiladi.
Barcha ushbu materiallar va hisob-kitoblar Hukumatga ko’rib
chiqish uchun yuboriladi. So’ngra O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi davlat byudjeti daromadlari
va xarajatlarining asosiy
xarakteristikalarini davlat ijroiya hokimiyati organlariga yuboradi.
2) Byudjetni ishlab chiqishning ikkinchi bosqichida davlat ijroiya
hokimiyati organlari tomonidan byudjet mablag’larining hajmini byudjet
tasnifi ko’rsatkichlari bo’yicha
taqsimlash
, shuningdek moliyaviy
resurslarni byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchilari o’rtasida
taqsimlash amalga oshiriladi. Bunda Iqtisodiyot vazirligi moliyalanadigan
davlat maqsadli dasturlarini aniqlaydi va rejalashtirilayotgan yil va o’rta
muddatli istiqbol ularni moliyalash hajmini kelishadi.
Byudjet loyihasini tuzish ishlarini amalga oshirish uchun Moliya
vazirligida mintaqalar, vazirliklar va
idoralardan kelib tushuvchi
materiallar, hisob-kitoblar va asoslashlardan foydalaniladi. Ushbu
materiallar dastlab tegishli vazirliklar uchun biriktirilgan mutaxassislar
tomonidan tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida vazirliklar moliyaviy rejalari,
hududlar byudjetlari ko’rsatkichlarining hisob-kitoblariga aniqliklar
kiritiladi, qo’shimcha daromadlar va xarajatlarni tejash imkoniyatlari
aniqlanadi. So’ngra tuzatishlar kiritilgan hisob-kitoblar Moliya vazirligi
bo’linmalarining rahbarlari tomonidan ko’rib chiqilib, byudjet
boshqarmasiga yuboriladi. Byudjet boshqarmasi taqdim etilgan hisob-
kitoblarni ko’rib chiqib, zarur hollarda ularga tuzatishlar kiritadi va
Moliya vazirligi rahbariyatiga hal etish uchun yuboradi.
Dostları ilə paylaş: