Instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

1.Ilmiy tadqiqot turlari 
 
Ilmiy tadqiqotlar o`z maqsadiga, ilmiy tadqiqot chuqurligi va xarakteriga, 
hamda tabiat va ishlab chiqarish bilan bog’liqlik darajasiga ko`ra 
fundamental 
(nazariy), amaliy (empirik) tadqiqotlarga va tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik 
ishlanmalariga
(разработки) bo`linadi. 
Ilmiy tadqiqot ob`ektini o`rganish usullariga ko`ra 
nazariy tadqiqotlar
va 
e
mpirik tadqiqotlar
deyiladi.
Nazariy tadqiqotlar
bizni o`rab turgan olam haqidagi ma`lumotlarni 
birlashtirish va tahlil qilish natijasidir. Nazariy tadqiqotlarda empirik vaziyatlarni 
tushuntirish va ularni oldindan aytib berish, ya`ni atrofimizda boradigan hodisa va 
jarayonlarni mohiyatini tushuntirish imkonini beruvchi ilmiy qonunlar yaratiladi. 
Nazariy tadqiqotlar hamma vaqt empirik borliqqa tayanadi.
Empirik tadqiqotlarda
borliq bilan bevosita aloqada bo`lib, moddiy 
amaliyotdan olingan natijalar asosida nazariy tadqiqotlarda olingan bilimlar 
chuqurroq o`rganiladi. Empirik tadqiqotlar asosiy metodlari kuzatish, o`lchash va 
tajriba o`tkazishdir. Bu bosqichdagi ilmiy tadqiqotlarda ilmiy tadqiqot ob`ekti 
haqidagi faktlar yig’iladi, klassifikatsiyalanadi va birlamchi xulosa qilinadi. Bunda 
atrofimizdagi olamda kechadigan hodisalar va jarayonlar orasidagi uzviy aloqa va 
qonuniyatlar aniqlanadi.
Amaliyotga nisbatan bu tadqiqotlarni 
funtamental va amaliy tadqiqotlar
deyiladi. Bunda fundamental tadqiqotlarning maqsadi – tabiat, jamiyat va fikrlash 
haqidagi asosiy qonunlarni o`rganish, amaliy tadqiqotlar maqsadi esa – tarmoq 
fundamental tadqiqotlar faoliyati natijalarini amaliyotga joriy qilishdir.
Ilmiy nazariya
deb nazariy bilimlarni tashkil qilishning eng yuqori shakliga 
aytiladi. U ma`lum bir sohadagi asosiy g’oya va gipotezalarni yagona bir tizimga 
birlashtiradi. 


17 
Nazariyaning haqqoniylik mezoni – bu amaliyotdir
. Tabiat va jamiyatning 
ob`ektiv qonunlarini bilishga asoslangan ilmiy nazariyalar ushbu qonunlar natijasida 
kelgusida vujudga keladigan hodisalarni oldindan ko`ra olish imkoniyatini beradi. 
Ilmiy nazariya – bu ma`lum bir hodisalar yig’indisini tushuntirib beruvchi va 
ilgari surilgan barcha qonuniyatlarni asoslovchi va shu sohada ochilgan qonunlarni 
yagona bir asosga birlashtiruvchi bilimlar tizimidir. Masalan: nisbiylik nazariyasi, 
kvant nazariyasi, davlat va huquq nazariyasi va h.k. 
Fanning dastlabki «bo`laklanishi» – uning tuzilishiga qarab fundamental va 
amaliy tadqiqotlarga, fundamental (nazariy) va amaliy fanlariga bo`linishidan 
boshlangan.
Qisqacha qilib aytganda, fundamental tadqiqotlar bu shunday tadqiqotlarki, u 
yangi hodisalar va qonuniyatlarni ochib beradi. Bu izlanishlar narsa, voqea va 
hodisalar tabiatida nimalar yotishini asoslab berishdir.
Amaliyot fani ma`lum texnik muammolarni moddiy qiziqishlar va jamiyat 
manfaati bilan bog’liq holda hal qilishni o`z oldiga vazifa qilib qo`yadi.
Fundamental izlanishlar olib borilganida sof ilmiy nazariy masalani ham, aniq 
amaliy muammoni ham maqsad qilib qo`yish mumkin. 
Akademik A.M. Proxorov
7
fizika fanini qo`llagan holda, fundamental 
tadqiqotlarni ikkita yirik guruhlarga bo`lishni ta`kidlaydi. 
Ulardan biri bizning bilimimiz doirasini oshirishga, insoniyat talabini 
qondirish va, avvalo, mazkur izlanuvchining mavjud dunyoni chuqurroq 
tushunishiga qaratilgan.
Boshqa guruh tadqiqotlar ma`lum amaliy natijalarga etishishi uchun 
fundamental bilimlarni olishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan.
Odatda fanning ma`lum rivojlanish darajasi, fundamental tadqiqotlarning har ikkala 
guruhlarining vazifalari har hil bo`lishiga qaramay, ular metodologik jihatdan bir-biriga 
yaqin. Ular orasiga keskin chegara qo`yish mumkin emas. Agar tadqiqotlarda aniq ilmiy 
vazifa ko`zda tutilgan bo`lsa, bu izlanish amaliy foyda bermaydi, deb o`ylash xatodir. 
Huddi shunday, muhim amaliy vazifalarni yechishga qaratilgan fundamental tadqiqotlar 
bajarilayotganda, undan umumbashariy ahamiyatga ega bo`lgan natijalar olish 
mumkinligini unutmaslik kerak. Fanning rivojlanish tarixi bunga misoldir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin