55
─ tizimning umumlashtirilgan modelini, uning alohida qismlari va
jihatlarining modellarini tuzish;
─ tizimlar nazariyalari hamda har xil tizim nazariyalari va ishlovlarining
tuzilishini va samaradorligini o`rganish.
4.2-rasm. Tizimlarning kelib chiqishi bo`yicha tasnifi
Tizim chegaralari
– tizimning o`zini va atrof-muhitga
ajratuvchi vaziyatni
Tizimni tadqiq etish uchun bilishning analitik va sintetik usullari –
tahlil
(analiz) va sintez
keng qo`llaniladi. Tahlil usulining mohiyati tadqiqot ob`ektini
tarkibiy qismlarga fikran yoki amalga bo`lishdan iboratdir. Bunda ob`ektning ayrim
elementlarining mohiyati, ularning aloqasi va o`zaro ta`siri o`rganiladi. Tahlildan
farqli o`laroq sintez usuli ob`ektni idroklash, yagona butunlikni tadqiq qilish, uning
qismlarining o`zaro aloqalari birligidan iboratdir.
Tahlil (analiz) va sintez usullari o`zaro bog’liq va bir-birini to`ldiradi.
Tahlil va sintez ancha
oddiy operatsiyalarni -
dekompozitsiya
va
agregatlashtirishni
o`z ichiga oladi. Dekompozitsiyada yaxlit qismlarga ajratiladi,
agregatlashtirishda esa qismlar yaxlit qilib birlashtiriladi. Bu operatsiyalarni o`z
navbatida algoritmlash mumkin.
Dekompozitsiy
a - yaxlit qarashlilik, tegishlilik
alomatlarini saqlagan holda tizimni ayrim qismlarga (elementlarga) bo’lish va
elementlardan iyerarxik tizim tashkillashtirish.
Yaxlitni qismlarga dekompozitsiya qilishda tizim kichik tizimlarga, maqsad -
kichik maqsadlarga, masala - kichik masalalarga ajratiladi. Bu jarayon yaxlitning
56
murakkabligiga bog’liq ravishda
yana takrorlanishi mumkin, bu daraxtsimon
(pog’onali) tuzilmaga olib keladi.
Tizimni har qanday dekompozitsiya qilish asosi bo`lib, uning modeli
hisoblanadi.
Tadqiqot ob`ektini, qoidaga ko`ra, murakkab, kuchsiz tuzilgan va yomon
formallashtirilgan dekompozitsiyani ekspert amalga oshiradi. Natijada ular tuzgan
daraxtsimon tuzilma sifati uning vakolatliligi va qo`llanayotgan
dekompozitsiya
usuli darajasiga bog’liq bo`ladi. Ekspert odatda yaxlitni qismlarga oson ajratadi,
lekin, qoidaga ko`ra, taklif etilayotgan qismlar jamlamasining to`liq va ortiqcha
emasligini isbotlashda qiyinchilikka duch keladi. Yaxlitni dekompozitsiyalashdagi
qismlar soni asos sifatida olingan model tarkibidagi unsurlar qancha bo`lsa
shunchani tashkil etadi. Dekompozitsiyaning to`laqonliligi, modelning
tugallanganligiga bog’liq.
Tadqiq etilayotgan yoki tuzilayotgan tizim formal turdagi modellar bilan
tavsiflanadi:
tarkib modeli
,
tuzilma modeli
va
tuzilmaviy tarz ko`rinishidagi model
.
Shunday savol tug’iladi - dekompozitsiya asosiga qanday modelni olish kerak?
Dekompozitsiya asosi bo`lib, ko`rilayotgan
tizimning faqat aniq, mazmunli
modeli xizmat qilishi mumkin. Bu model tanlangan formal modeldan uning
mazmunini to`ldirish yo`li bilan olinadi.
Dekompozitsiyaning to`laqonligi formal modelning to`laqonliligiga bog’liq
bo`lgan asos model to`laqonligi bilan belgilanadi.
Agregatlash
- ko`plab unsurlarni yagona butunlikka birlashtirish va mazkur
ko`plab unsurlar munosabatini belgilash.
Ko`plab unsurlar qanday hosil bo`lishi va mazkur ko`pchilik o`rtasidagi
munosabat qanday o`rnatilishi (ya`ni aniqlanishi yoki majbur etilishi)ga bog’liq
ravishda agregatlashning behad ko`p masalalari olinadi. Natijada agregatlar deb
nomlanuvchi unsurlar turli majmui hosil bo`ladi.
Tizimli tadqiqotlarda oddiy
agregatlar bo`lib konfngurator, agregatlar-operatorlar va agregatlar-tuzilmalar
hisoblanadi.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishning yuqori va qat`iy talablariga javob bera
oladigan optimal texnologik tizimlarni tahlil etish va sintez qilish tizimning yaxlit
ko`rib chiqishsiz, har bir jihozlarning o`zaro hamda tizim bilan ta`siri va harakatisiz
mumkin emas. Bu texnologik tizimning faoliyatini juda yuqori saviyada miqdoriy
baholashdan foydalangan holda tashkil etish evaziga ro`yobga kelishi mumkin.
Bunda ishlab chiqarish samaradorligi tizim elementlarining o`zaro ta`siri
sharoitlariga, hamda elementlar ichida boradigan jarayonlarga bog’liq.
Har qanday oziq-ovqat yoki kimyo sanoati texnologik qurilmasining tahlili
shuni ko`rsatadiki, bu qurilmaning faoliyat sifati qurilma
ichida boradigan fizik-
kimyoviy va biokimyoviy hodisalarning o`zaro ta`siriga bog’liq. Tizim sifatidagi
qurilmaning murakkablik darajasi elementar fizik-kimyoviy va biokimyoviy
effektlarning ko`p qirraligiga hamda qurilma ichidagi ma`lum fazoda va
qurilmaning o`zida har xil xarakterli hodisalar o`zaro ta`sirining ko`pligi bilan
aniqlanadi.
57
Misol tariqasida meva danagi mag’zidan yog’ olish texnologik tizimida
joylashgan danak mag’zini issiqlik ishlov berish jarayonini ko`rib chiqamiz (4.1-
jadval). Bu jarayonni mukamallashtirish va issiqlik ishlov berishda danak mag’zida
kechagidan issiqlikmoddaalmashinuv va biokimyoviy hodisalarni o`rganish hamda
har xil faktorlarning yog’ning chiqishi va sifatiga ta`sirini
aniqlash maqsadida
jarayonni tahlil qilib, texnologik jarayonning ieraraxik strukturasini tuzamiz.
Iyerarxik
ifodalash
atom-mokulekulyar
bosqichdan
butun
qurilma
masshtabidagi ishlov berilayotgan mahsulot qatlamigacha bo`lgan bosqichlarda
biokimyoviy va fizik jarayonlar amalga oshirilishi natijasida bo`ladigan fizik-
kimyoviy effekt va hodisalar orasidagi o`zaro aloqalarni ochib berishga imkon
beradi.
O`z navbatida har bir bosqichda ma`lum funktsiyalarni bajaruvchi, shu
bosqichga tegishli effekt va hodisalarni ichiga olgan o`zining
tizimlarini ajratish
mumkin. Bizning misolimizda danak mag’ziga issiqlik ishlov berish jarayonini
ettiga o`zaro bog’lik iyerarxik bosqich bilan ko`rsatish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Jadvalda iyerarxiya bosqichlari funktsiyalari bilan hamda bu bosqichlarda boradigan
hodisalar bilan ko`rsatilgan.
Iyerarxiyaning birinchi bosqichida oqsil, lipid, kletchatka va boshqalardan
tarkib topgan murakkab molekulalar strukturasi elementlari ko`rib chiqiladi.
Fermentlar, ingibitorlar, energiya tashuvchilarning funktsiyalari va danak mag’zini
infraqizil nurlar bilan ishlov berilganda kechadigan fizik-kimyoviy hodisalar
o`rganiladi.
Bu bosqich alohida hujayralarning faoliyati shartlari bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: