Instituti


Og’zaki  (verbal), grafik, matematik va fizik modellar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Og’zaki 
(verbal), grafik, matematik va fizik modellar

Modelni tanlash ham aniq qoidalar bilan belgilanmagan. Og’zak
(so`z orqali) 
modellarga
to`la asoslangan fanlar mavjud bo`lsa ham, tadqiqot ob`ektini, tabiiy 
tillarning so`zlari orqali ifodalovchi bu model turi, ilmiy-texnik tadqiqotlarda faqat 
boshlangich bosqichlarida va yordamchi vosita sifatida qo`llaniladi. Buning asosiy 
sababi, og’zaki modelda yagona ma`noning yo`qligi, uni turlicha tushuntirish 
mumkinligi va nutq elementlari orqali analitik operatsiyalar o`tkazish 
imkoniyatining yo`qligidir. 
Shunga o`xshash cheklashlar 
grafik modellarga
ham ta`luqlidir, bular turli 
ko`rinishdagi rasmlar, tuzilish sxemalari, grafiklar, chizmalardir. Ammo ba`zi bir 
tadqiqot sohalarida analitik modellarga yaqinlashtirilgan grafik modellarni yaratish 
mumkin. Misol uchun: plug korpusi ishchi yuzasini loyihalashning grafo-analitik 
usuli. 
Agar model o`zining tabiiy ob`ektidan faqat o`lchamlari (masshtablari) bilan 
farqlansayu, uning ichida kechadigan yoki o`zi bilan bog’liq jarayonlar tabiiy 
ob`ektdan farqlanmasa, bundan modellash 
fizik modellash
bo`ladi.
Fizik model
- oldingi qurilgan modellardan farqli ravishda axborotli 
ko`rinishda emas, balki ashyoviy bo`ladi. Bu, ma`lum bir darajada tadqiqot 
ob`ektiga adekvat bo`lgan fizikaviy qurilmadir. Ular ikki klass bo`yicha farqlanadi:
a
ob`ekt bilan tabiatan bir bo`lgan kichraytirilgan yoki kamaytirilgan 
(masshtabli) model (distillyator, maydalagich va h.k.larning kichraytirilgan 
modelida tajribalarni o`tkazish mumkin);
b)
boshqa tabiatga ega bo`lgan model (dastgohning laboratoriya maketi, 
avtomobil burilishlarini virtual stendlardagi modeli bilan almashtirish). 


60 
Agar model sifatida ob`ektda boradigan jarayonni ifodalaydigan tenglama 
differentsial yoki boshqa matematik ifoda ishlatilsa, bunday modellash 
matematik 
modellash
bo`ladi. 
Matematik model
– ob’ektning xossalarini matematik terminlarida to`la 
ifodalaydi. Har qanday qurilmaning universal modeli bo`lib, uning elementlarini 
differentsial tenglamalar yordamida ifodalashdir. Asosiy qiyinchilik, bunda olingan 
nochiziqli tenglamalar uchun echish usullarning noma`lum bo`lishidir. Bu turdagi
model ilmiy-texnik tadqiqotlarning asosiy modeli hisoblanadi. Masalan, ekish 
sektsiyasi tebranishining differentsial tenglamasi. 
Deyarli har qanday analitik yoki fizikaviy modelni EHM da raqamli shaklda 
amalga oshirish mumkin - bunda matematik model yoki EHMda modellashtirish 
hosil bo`ladi.
Matematik model
– bu “abstrakt” model bo’lib, abstrakt til, xususan sistema 
faoliyatini ifodalaydigan matematik nisbatlar yordamida o’rganilayotgan 
sistemaning formal tasvirlashni anglatadi. “Abstract” – tarjimada “tasvirlash” 
ma’nosini ahglatadi, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin