Instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

1.
 
Eksperimentlar turlari 
Eksperiment tadqiqotlar ilmiy tadqiqotlarning eng muhim tarkibiy qismidir.
Eksperiment
ilmiy ishning ko`rinishi bo`lib, u ob`ektiv qonuniyatlarni 
o`rganish 
uchun 
o`tkaziladi 
va 
o`rganilayotgan 
ob`ektga 
maqsadga 
muvofiqlashtirilgan ta`sirlardan iborat bo`ladi. Eksperiment, bu maxsus 
o`tkaziladigan ilmiy tajriba yoki aniq hisobga olinadigan sharoitlarda hodisalarni 
kuzatishdir. Eksperimentda, uning o`tkazilish holatini kuzatish, uni boshqarish, va 
kerak bo`lsa uni qaytarish imkoniyati yaratiladi. Eksperimentni passiv kuzatishdan 
farqi, tekshiruvchining o`rganilayotgan ob`ektga ta`sir etish imkoniyatining 
borligidir. 
Eksperiment tadqiqotlarining asosiy maqsadi - nazariy tushunchalarni (ishchi 
gipotezalarni) tekshirish. 
Har qanday eksperiment uch asosiy tarkibiy qismdan 
iborat bo`ladi

1. 
Eksperimentator faoliyati
- sub`ektiv tomon; 
2. 
Tadqiqot ob`ekti
- ob`ektiv tomon; 
3. 
Vositalar
: instrumentlar, asboblar va jihozlar. 


88 
Eksperiment tadqiqotlar yaxshi tayyorgarlikdan so`ng o`tkazilib, u mumkin 
bo`lgan kam vaqt sarfi va vositalarni hamda olingan natijalarning yuqori 
ishonchliligini ta`minlashi kerak bo`ladi. 
Eksperimentator, ish boshlashdan oldin: 

eksperiment maqsadini aniq ifodalash; 

eksperiment o`tkazishning rejasini va tekshirish ob`ektini tayyorlashi, 
o`lchov vositalari va asboblarni ham tayyorlashi kerak bo`ladi; 
Eksperimentni qo`yishda, ishonchli natijalarni olish uchun: 

o`rganilayotgan ob`ektni xalaqit beruvchi, ikkilamchi faktorlardan ajratib 
olish; 

o`ta bir xil sharoitlarda tajribani ko`p marotaba qaytarish imkoniyatiga ega 
bo`lish; 

kerakli diapazonda sharoitlarni o`zgartirish imkoniyatiga ega bo`lish kerak 
bo`ladi. 
O`lchov asboblarini tanlash eksperiment maqsadi va rejasi bo`yicha amalga 
oshiriladi. O`lchov vositalari kerakli aniqlik darajasini, xatoliklarni yuqori darajada 
yo`q qila olishni ta`minlash kerak. 
Barcha eksperiment tadqiqotlarni tabiiy va sun`iylarga bo`lish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin