90
Vazifani qo`yish
- bu tadqiqot qilinayotgan ob`ekt yoki jarayonning mantiqiy
modelini qurish bo`lib, u oldindan ishlab chiqilgan ishchi gipoteza asosidagi
eksperiment maqsadini o`z ichiga oladi.
Eksperimentning maqsadi
- eksperiment identifikatsiyalash yoki maqbullash
(optimallashtirish) maqsadida olib boriladi.
Identifikatsiyalash
- qandaydir taxminiy nazariy bo’lanishga, eksperiment
natijasida olingan ma`lumotlarni mos kelishi haqidagi gipotezani tekshirishdir.
Ya`ni, eksperiment, nazariy tadqiqotlar natijalarini hamda eksperiment davrida
olingan funktsional yoki statistik bog’lanishlarni tekshirish va tasdiqlash maqsadida
o`tkaziladi. Texnikaviy eksperimentlarning asosiy ko`pchiligi ushbu guruhga
kiradi.
Maqbullash (optimallashtirish)
- eng maqbul yechimni qidirish, ya`ni,
eksperimental yo`l orqali tadqiqot qilinayotgan ko`rsatgich yoki maqsad
funktsiyasini (maqbullash ko`rsatkichini) ekstremal qiymatlarini (maksimumi yoki
minimumini) topishdir.
Maqsad funktsiyasi va bog’liqmas o`zgaruvchilar
. Eksperimentda, tadqiqot
qilinadigan o`zgaruvchi yoki bir necha o`zgaruvchilarni to`g’ri tanlash juda
muhimdir.
Bular maqsad funktsiyasi deyiladi, ya`ni u bog’liqmas o`zgarib
turadigan
o`zgaruvchilarni
(faktorlarni)
tadqiqot
qilinayotgan
bog’liq
o`zgaruvchilar bilan bog’lovchi funktsiyadir:
Y=F( x
1
, x
2
, ...., x
n
)
(5.1)
Dostları ilə paylaş: