A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
“FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING
DOLZARB MASALALARI”
moduli bo‘yicha
“KIMYO FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH”
o‘quv kursining
“Kimyo fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash”
mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzasi: Xasanova Sevara Gʻiyosiddinovna
Toshkent 2021
2-Mavzu: Kimyo fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini
qo‘llash
Reja
1.
Kimyo ta’limida interfaol metodlar.
2.
Grafik organayzerlar va ularning kimyoni oʻqitishdagi ahamiyati.
3.
Mustaqil ishlash metodlari.
4.
O‘quvchilarning faoliyatini ragʻbatlantirish va asoslash metodlari.
Kimyo ta’limida interfaol metodlar.
“Blits-soʻrov” metodi
– soʻrovda ishtirok etuvchilar oʻrtasida psixologik
kommunikativ aloqani oʻratadi. Savollar soʻrovchi tomonidan oldindan tuziladi.
Savollar qisqa aniq javobni talab etadi. Bu metodda oʻquvchilarga oʻrganilgan butun
mavzu va uning ma’lum qismining asosiy tushunchalari va tayanch iboralari
boʻyicha tuzilgan savollarga javob (og‘zaki, yozma, jadval, diagramma) koʻrinishida
taklif etiladi.
Masalan:
1.
Eng yengil metallmas? Vodorod
2.
Gaz holatdagi qaysi metallmas eng og‘ir? Xlor
3.
Qaysi metallmas davriy jadvalda “doimiy ruyxatda” emas?
Vodorod aspirantura
4.
Qaysi metallmasning nomi “hayotsiz” degan ma’noni bildiradi?
Azot
5.
Napoleon qaysi modda birikmasi bilan zaharlangan? Mishyak
6.
Qaysi metallmas sun’iy yoʻl bilan olingan? Astat
7.
Olmos qaysi metallmas atomlaridan tashkil topgan? Uglerod
8.
Qaysi element yetishmovchiligidan boʻqoq kasalligi kelib
chiqadi? Yod
9.
Qaysi element yetishmovchiligi kariesga olib keladi? Ftor
10.
Birinchi jahon urushida kimyoviy qurol sifatida ishlatilgan
sarg‘ish-yashil gaz? Xlor
11.
Yagona suyuq metallmas? Brom
12.
Badboʻy element? Brom
13.
Nurli metallmas? Fosfor
Alximiklar “falsafa toshi”ning asosiy tarkibida qaysi element boʻladi deb taxmin
qilishgan?
Oltingugurt
Soʻnggi vaqtlarda “Case-study” (keyingi oʻrinlarda “Keys-stadi”) metodi xorijiy
mamlakatlar ta’limi amaliyotida muvaffaqiyatli qoʻllanib kelinmoqda va bugungi
kunda respublika ta’limida ham tobora ommalashib bormoqda. Shu sababli ayni
oʻrinda ushbu metod (texnologiya) mohiyati haqida soʻz yuritiladi.
“Keys-stadi” ta’lim texnologiyasi va uning oʻziga xosliklari
“Keys-stadi” inglizcha case – aniq vaziyat, study – ta’lim soʻzlarining
birikuvidan hosil qilingan boʻlib, aniq vaziyatlarni oʻrganish, tahlil etish va ijtimoiy
ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. Mazkur metod
muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni oʻrganish asosida aniq
qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u oʻquv jarayonida ma’lum bir maqsadga
erishish yoʻli sifatida qoʻllanilsa, metod harakteriga ega boʻladi, biror bir jarayonni
tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa,
texnologik jihatni oʻzida aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: |