Dolzarb masalalari


O‘qitishda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari



Yüklə 283,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix16.12.2023
ölçüsü283,33 Kb.
#181090
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
6s8BUPrNobiVLnQ538Qmiu5eNFSnaS2x0fRVGyro

O‘qitishda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari 
Nazorat ta’limjarayonining ajralmas qismidir. Nazoratning muntazamligi va 
izchilligi o‘quvchilarni faol aqliy mehnat qilishga undaydi, ularda ma‘suliyat, burch, 


diqqat, xotira, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga 
zamin tayyorlaydi. 
Nazoratning to‘liqliligi, haqqoniyligi, keng ko‘lamliligi, muntazamliligi barcha 
metodlar kabi bu metodlarning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va 
o‘quvchilarga tafovutlab yondashish kabi funksiyalarini amalga oshirish imkonini 
beradi. 
Bu metodlarga og‘zaki va yozma nazorat, laboratoriya va amaliy ish yordamida 
nazorat, o‘z-o‘zini nazorat, o‘zaro nazorat varag‘i va testlar yordamida nazorat 
metodlari misol bo‘ladi va quyidagi uslublardan iborat: 
a)
og‘zaki va yozma nazorat metodlari o‘quvchilarning bilimlarni mantiqiy 
izchil bayon qilishga o‘rgatish, nutqni o‘stirish, o‘quvchilar javobidagi tipik 
xatoliklarni aniqlash va unga barham berish; 
b)
laboratoriya va amaliy ish yordamida nazorat metodlari o‘quv va amaliy 
ko‘nikmalarni aniqlash, o‘quvchilarning o‘quv jihozlari va asboblar bilan ishlash 
ko‘nikmalarini aniqlash, bajarilgan topshiriqlarning sifatini aniqlash va baholash, 
ish mazmuniga bog‘liq holda ob‘ektlar va asboblarni to‘g‘ri tanlash, ishni yakunlash 
va natijasini rasmiylashtirish, olingan natijalarning to‘g‘riligini aniqlash; 
с) o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari o‘quv materiali yuzasidan qisqa reja, 
savollar tuzish, asosiy g‘oyani ajratish, savollarga javoblar topish, masalalar yechish 
va ularni namunaga muvofiq tekshirib ko‘rish, taqqoslash, olingan natijalarning 
to‘g‘riligini tekshirish; 
d)
o‘zaro nazorat varag‘i yordamida nazorat metodlari o‘rganilgan bob, 
mavzu bo‘yicha nazorat savollarini tuzish, savollarning metodik jihatdan 
to‘g‘riligi, mantiqiy ketma-ketligi, o‘quvchilar bilimini nazorat qilishning 
haqqoniyligi, keng ko‘lamliligi; 
e)
testlar yordamida nazorat metodlari o‘rganilgan bob, mavzu bo‘yicha 
nazorat testlarini tuzish, test savollari va javoblarning metodik jihatdan to‘g‘riligi, 
mantiqiy ketma-ketligi, o‘quvchilar bilimini nazorat qilishning haqqoniyligi, keng 
ko‘lamliligi. 
Barcha metodlar kabi o‘qitishdagi nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlarining 
ham ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasi mavjud. Nazoratning ta’limiy 
vazifasini o‘qituvchi barcha o‘quvchilarni o‘z o‘rtog‘ining javobini tinglashga, 
javobdagi xato va kamchiliklarni to‘g‘rilashga, tuzatishlar va qo‘shimchalar 
kiritishni taklif etish orqali ta’minlaydi. Shu tufayli ushbu jarayonda o‘quvchilarning 
o‘zlashtirgan bilimlari tizimga solinadi, takrorlanadi va mustahkamlanadi. 
Nazoratning tarbiyaviy vazifasi uning o‘quvchilarni rag‘batlantirishni ta‘minlash, 
tahsil olishdagi ma‘suliyat va burchni tarkib toptirish, hissiyotni shakllanishida 
namoyon bo‘ladi. Nazoratning rivojlantiruvchi funksiyasi o‘quvchilarda barqaror 


diqqat, xotirani mustahkamlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash ko‘nikmalarini 
egallashlarida ko‘zga tashlanadi. 

Yüklə 283,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin