Dolzarb masalalari



Yüklə 283,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix16.12.2023
ölçüsü283,33 Kb.
#181090
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
6s8BUPrNobiVLnQ538Qmiu5eNFSnaS2x0fRVGyro

Mantiqiy metodlar 
Mazkur metodlar o‘quv materiali mazmunining yo‘nalishini belgilab
o‘quvchilarning bosh g‘oyani ajratish, o‘rganilayotgan ob‘ektni tahlil qilish, 
qiyoslash, umumlashtirish ko‘nikmalari, aqliy faoliyat usullarini egallash, abstrakt 
tafakkurni rivojlantirish, sabab-oqibat bog‘lanishlarni anglash imkonini yaratadi. 
Mazkur guruhga induktiv, deduktiv, tahlil, bosh g‘oyani ajratish, qiyoslash, 
umumlashtirish metodlari kiradi. 
Induktiv metodda o‘quvchilarning e‘tibori avval xususiy faktlarni o‘rganishga 
jalb qilinadi, so‘ngra xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yo‘naltiriladi. 
Induksiya 

 
ma’lum miqdorda yakka holdagi fakt, hodisa va jarayonlarni
 
kuzatish orqali, Shu kuzatishlarga tayangan holda ishlab chiqarilgan umumiy xulosa 
chiqarish. Bu usul bo‘yicha, oldin ko‘p miqdordagi ob‘ekt yoki jarayonlar yaxshilab 
kuzatiladi, o‘rganib chiqiladi, keyin ushbu kuzatishlardan yagona, umumiy xulosa 
chiqariladi. Induksiyada 
mantiq 
asosiy o‘ringa ega emas, 
tajriba 
birlamchi rolga ega. 
Faktlardan qoidaga qarab, yakka holdagi ko‘plab o‘rnaklardan yagona umumiy 
xulosaga qarab boriladi. Xususiy holatlar, fikrlardan umumiy bir xulosa ishlab 
chiqiladi. 
Induksiya 
(lotinchadan olingan
 

 
to‘g‘rilash, tartibga keltirish degan
 
ma‘noni 
anglatadi) (mantiqda) — ayrim fikrlardan umumiy xulosalar chiqarishda va 
mantiqiy tadqiqotlarga qo‘llaniladigan muhokama usuli. Xususiylikni o‘rganib, 
umumiylik bilib olinadi. Umumiylik predmet va hodisalar bilan uzviy aloqada 
bo‘ladi. Umumiylikning eng muhim tomonlaridan biri induktiv xulosa chiqarishdir. 
Induksiyani o‘rganish fanda qadimdan, hind, yunon mantiqShunosligida, Lao-Szi 
maktabida boshlangan. Induktiv masalalari Aristotel, Abu Ali ibn Sino asarlarida 
uchraydi. 17— 18-asrlarda empirik tabiatShunoslik yuzaga kelgach, olimlar bu 
masalaga alohida e‘tibor berdilar. Induksiyani rivojlantirishga F. Bekon, G. Galiley, 
I. Nyuton, J. Mill kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar. Induksiya bilimlarning tashkil 
topishida, qonuniyatlarni ochishda, tushunchalarni maydonga chiqarish jarayonida, 
gipotezani olg‘a surishda fan uchun muhim ahamiyatga ega. 
Induksiya to‘liq, to‘liq bo‘lmagan va ilmiy xulosa chiqarishga bo‘linadi. To‘liq 
induktiv xulosa chiqarish biror narsani sinchiklab o‘rganish va tahlil qilish asosida 
amalga oshiriladi. To‘liq indutsiya doimo to‘liq bo‘lmagan induksiya bilan bog‘liq. 


To‘liq bo‘lmagan induksiyada aniq faktlar asosida noaniq faktlar keltirib chiqariladi 
va natijada ong boyitiladi. Induksiyaning oliy shakli ilmiy induksiyadir. Ilmiy 
induksiya asosida narsalarning sababiy bog‘lanishini tekshirish uslubi yotadi. 
Masalan, o‘simliklarning ayrim ko‘rinishlarini o‘rganish asosida biz suv ular uchun 
asosiy hayot manbai, degan xulosaga kelamiz, chunki hamma o‘simliklarga namlik 
kerak. 
Har qanday induktiv xulosa chiqarish asosini borliq, narsa tashkil qiladi. Bu 
uslub dunyoni ilmiy bilishda muhim rolo‘ynaydi. Shuning uchun ob‘ektiv haqiqatni 
bilishda induksiya doim deduksiya bilan mustahkam aloqada bo‘ladi. 
Masalan, sulfat kislota va uning tuzlarini aniqlash uchun sifat reaksiyasida 
bariy xlorid asosiy reagent hisoblanadi. O‘quvchilar bilan avval sulfat kislota bilan 
tajriba qilib ko‘rsatiladi. Keyin sulfat kislotaning tuzlari bilan tajribalar ko‘rsatiladi 
va zarur reaksiya tenglamalar yoziladi. 
H2SO4+BaCl2→2HCl +BaSO4↓oq rangli cho‘kma 
K
2
SO
4
+BaCl
2
→2KCl +BaSO
4

oq rangli cho‘kma 
Na
2
SO
4
+BaCl
2
→2NaCl +BaSO
4

oq rangli cho‘kma 
CuSO
4
+BaCl
2
→CuCl
2
+BaSO
4

oq rangli cho‘kma 
Deduktiv metodda o‘quvchilar avval umumiy qonunlarni o‘rganadi, so‘ngra 
umumiydan xususiy xulosa chiqarishga o‘rgatiladi. 

Yüklə 283,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin