Dolzarb masalalari



Yüklə 283,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix16.12.2023
ölçüsü283,33 Kb.
#181090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
6s8BUPrNobiVLnQ538Qmiu5eNFSnaS2x0fRVGyro

“Bumerang” texnologiyasi 
Otilgan buyumning otuvchiga qaytib kelishini ta’minlovchi oʻroqsimon otish 
quroliga bumerang deyiladi. Ta’limda bumerang metodining ma’nosi pedagog 
tomonidan tashlangan muammoli masala yoki mavzuning oʻquvchi-oʻquvchilar 
tomonidan oʻzlashtirilgan holda oʻqituvchiga og‘zaki yoki yozma shaklda 
qaytishidan iborat. 
Texnologiyaning tavsifi.
Ushbu texnologiya oʻquvchi (yoki oʻquvchi)larni
dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilai ishlash,
oʻrganilgan
materialni yodida saqlab qolish, soʻzlab berish, fikrini erkin holda bayon ega 
olish, qisqa vaqt ichida koʻp ma’lumotga ega boʻlish hamda dars mobaynida 
oʻqituvchi tomonidan barcha oʻquvchi (yoki oʻquvchi)larni baholay olishga 
qaratilgan.
Texnologiyaning maqsadi.
Oʻquv jarayoni mobaynida tarqatilgan
materiallarni oʻquvchi (yoki oʻquvchi)lar tomonidan yakka va guruh holatida
oʻzlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma 
materiallardagi matnlar qay darajada oʻzlashtirilganligini nazorat qilish va baholash. 
Oʻquv jarayoni mobaynida har bir oʻquvchi (yoki oʻquvchi) tomonidan oʻz baho 
(yoki ball)larini egallashga imkoniyat yaratish. 
Texnologiyaning qoʻllanishi.
Amaliy mashg‘ulotlar, seminar yoki
laboratoriya mashg‘ulotlari hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka 
tartibda, kichik guruh va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar.
Oʻquvchi (yoki oʻquvchi) dars 
jarayonida mustaqil oʻqishlari, oʻrganishlari va oʻzlashtirib olishlari uchun 
moʻljallangan tarqatma
materiallar (oʻtilgan mavzu yoki yangi mavzu boʻyicha qisqa matnlar, suratlar, 
ma’lumotlar).
Mashg‘ulotni oʻtkazish tartibi.
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda 
oʻtkaziladi:
oʻquvchi (yoki oʻquvchi)lar kichik guruhlarga ajratiladi;
oʻquvchi (yoki oʻquvchi)lar dars (mashg‘ulot)ning maqsadi va tartibi
bilan tanishtiriladi;


oʻquvchi (yoki oʻquvchi)larga mustaqil oʻrganish uchun mavzu boʻyicha 
matnlar tarqatiladi; 
berilgan matnlar oʻquvchi (yoki oʻquvchi)lar tomonidan yakka tartibda
mustaqil oʻrganiladi;
har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi;
yangi guruh a’zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil
oʻrgangan
matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga soʻzlab beradilar,
matnni
oʻzlashtirib olishlariga erishadilar;
berilgan ma’lumotlarni oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh 
ichida ichki nazorat oʻtkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol - javob 
qiladilar;
yangi guruh a’zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar; 
darsning qolgan jarayonida oʻquvchilar (yoki oʻquvchi) bilimlarini
baholash yoki toʻplagan ballarini hasoblab borish uchun har bir guruhda «guruh 
hisobchisi» tayinlanadi;
oʻquvchi (yoki oʻquvchi)lar tomonidan barcha matnlar qay darajada 
oʻzlashtirilganligini aniqlash maqsadida oʻqituvchi (yoki opponent guruh)
oʻquvchi (yoki oʻquvchi)larga savollar bilan murojaat egadilar, og‘zaki soʻrov 
oʻtkazadilar;
savollarga berilgan javoblar asosida guruhlarni toʻplagan umumiy ballari 
aniqlanadi;
har bir guruh a’zosi tomonidan guruhldagi matnning mazmunini hayotga 
bog‘lagan holda bittadan savol tuziladi;
guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil
etiladi (“guruh hisobchilari” berilgan javoblar boʻyicha ballarni hisoblab boradilar);
guruh a’zolari tomonidan toʻplangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi; 
guruhlar toʻplagan umumiy ballar guruh a’zolari oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Izoh:
oʻqituvchi darsni Shu tartibda tugatishi yoki oʻquv materialini
oʻquvchilar (yoki oʻquvchi) tomonidan yakka tartibda qanday oʻzlashtirilganini 
yana bir bor oʻz-oʻziga baho berish tartibida nazorat qilish uchun «Charxpalak» 
texnologiyasidan foydalangan holda oʻqilgan va oʻzlashtirilgan matnlar asosida 
tayyorlangan tarqatma materiallarni oʻquvchilar (yoki oʻquvchi) ga tarqatib, oʻz
bilimlarini tekshirib olishlariga imkoniyat yaratishi mumkin.
dars (mashg‘ulot)ni yakunlash, uyga vazifa berish. 
Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida oʻquv materialini chuqur va yaxlit 
holatda oʻrganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yoʻnaltirilgan. U turli 
mazmun va harakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega boʻlgan 


mavzularni oʻrganishga yaroqli boʻlib, oʻz ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini 
qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli 
topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan oʻquvchi yoki oʻqituvchi rolida boʻlishi, kerakli 
ballni toʻplashiga imkoniyat beradi, oʻquvchi-oʻquvchilarni dars jarayonida, darsdan 
tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, oʻrganilgan materialni yodida 
saqlab qolish, soʻzlab bera olish, fikrini erkin bayon eta olish hamda bir dars 
davomida barcha oʻquvchi–oʻquvchilarni baholay olishga qaratilgan.

Yüklə 283,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin