314
izlar individual ahamiyatga ega bo‘lishi va qurolni identifikatsiya qilish
imkonini berishi mumkin.
Porox gazlari bosimi xorijda ishlab chiqarilgan ayrim rusumdagi
to‘pponchalar («Walther R–38», «Walther RRK», «Walther RR» va
boshqalar)da otilgan gilzaning tubida signal shtifti izlarining hosil
bo‘lishiga olib keladi. Ushbu iz odatda dumaloq
shakldagi ezilishdan
ibort bo‘lib, ularning identifikatsion ahamiyati unchlik katta emas.
Kichik kalibrli (TOZ–8, TOZ–8M, TOZ–12 va boshqa) qurollardan
o‘q otilishida, faqat ushbu qurollarga xos bo‘lgan izlar qoladi. Ushbu
izlar qurol patrondonida chiqarib tashlagich va gilza ushlagich uchun
mo‘ljallangan ariqchalarning izlari bo‘lib, ular bir xil hosil bo‘lish
mexanizmiga ega hamda gilzalarda metallning to‘g‘ri to‘rtburchak yoki
kvadrat shakldagi shishib qolishiga olib keladi. Bu izlar gilza
qalpoqchasida joylashadi va ayrim hollarda
identifikatsiya uchun
ishlatilishi mumkin.
Ayrim turdagi o‘qotar qurollardan otilgan gilzalarda, faqat ushbu
qurollarga xos bo‘lgan izlar qoladi. Masalan, «PSM – pistolet
samozaradn
ы
y malokalibern
ы
y» rusumli to‘pponchadan o‘q otilishida,
otilgan gilzada, qurol qaytargichi uchun ariqchaning izi hosil bo‘lishi
mumkin (ushbu ariqcha qurol zatvor chuqurchasida joylashadi). Bu iz
uchburchak shaklda bo‘ladi va gilza kapsyulida,
qaytargich izining
davomi sifatida ko‘rinishi mumkin. Ta’kidlash joizki, ushbu izlar har
doim ham aks etmaydi va belgilarning identifikatsion majmuasiga ega
bo‘lmasligi mumkin.
Otilgan gilzalarda, ba’zi hollarda patrondon
izlari aks etishi
mumkin. Ko‘pincha bu kabi izlar patrondoni yeyilib ketgan qurollardan
otilishida hosil bo‘ladi. Bu kabi izlar quroldan otish uchun noshtat patron
ishlatilganda, masalan, 9
mm
kalibrli PM to‘pponchasidan 7,62 mm
kalibrli patronlar otilganida hosil bo‘lishi mumkin.
Otilgan gilzalarda qo‘lbola qurollar yoki patrondoni egovlangan
standart qurollardagi patrondonning shakli va mavjud nuqsonlari (metall
ko‘chishi, shilinishi, yorilishlar va hokazolar) aniq aks etishi mumkin.
O‘qotar qurollar patrondoni izlarining otilgan
gilzalarda hosil
bo‘lishi gilzani tayyorlashda ishlatilgan materialga bog‘liq bo‘ladi.
Ushbu material qancha yumshoq bo‘lsa, porox gazlarining bosimi gilzani
patrondon devorlariga shuncha katta kuch bilan siqadi. Shuning uchun,
kichik kalibrli o‘qotar qurollarning patrondon izlari otilgan gilzalarda
yaxshiroq aks etadi.
315
Otilgan gilzalarni patrondon (baraban kamorasi)dan chiqarish va
quroldan uloqtirib tashlash izlariga
quyidagilar kiradi: chiqarib
tashlagich va gilza ushlagichning ikkilamchi izlari; patrondon va
qaytargichning ikkilamchi izlari; magazin lablarining ikkilamchi izlari;
zatvordagi chiqish tuynugining izlari.
Chiqarib tashlagich, qaytargich, signal shtiftlari pazining qirralari
gilzalarda, qalpoqcha chetlarida joylashgan va
ushbu qismlarning aksi
ko‘rinishida izlar hosil qiladi (5,6
mm
Margolin konstruksiyali
to‘pponcha).
Qaytargichning turtib chiqqan qirrasi
patrondonning markaziga
nisbatan quyidagicha joylashishi mumkin:
—
quyi chap tomonda (ko‘plab avtomatik to‘pponchalar); chapda
(barcha kalibrdagi Bayard Mod. 1908 to‘pponchalar); o‘ngda (kam
uchraydi); quyi o‘ng tomonda (6,35
Dostları ilə paylaş: