Ekspert tajribalari
o‘qotar qurolning otilgan gilzalardagi izlarga
ko‘ra identifikatsiya qilishda, ekspertiza tadqiqotlarining ajralmas
bosqichi hisoblanadi.
Ekspert tajribalarining asosiy maqsadi
⎯
taqqoslash tadqiqotlari
uchun namunalar olishdan iborat. Tajribalar jarayonida quroldan otish
vaqtida, uning qism va mexanizmlarining o‘zaro ishlash tartibi,
gilzalardagi izarning varitsiyalilik va barqarorlik darajasi aniqlanadi.
Ekspert tajribalari quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:
tajribalarga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini tahlil qilish.
Tajribalarning birinchi bosqichida tajriba uchun qurol tayyorlanadi
va patronlar tanlab olinadi, shuningdek gilza–tutgichlar tayyorlanadi.
Tajribalar uchun qurol o‘q otish uchun yaroqli holatga keltirilishi
lozim. Qurollarni gilzalardagi izlarga ko‘ra identifikatsiya qilishda qurol
stvol kanalining holati unchalik ahamiyatga ega emas, chunki qurol
stvoli kanali gilza bilan ta’sirlashmaydi. Qurolni tajriba o‘q otib olishga
330
tayyorlash zanglash va metallanishni vujudga keltiruvchi omillarni
hisobga olgan holda qurolni turli qismlarining holati bilan ifodalanadi.
Bunday omillar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: qurol qismlari
metallining sifati (ular xromlanganmi yoki yo‘qmi), quroldan amalga
oshirilgan otishlar miqdori, qurolni saqlash sharoitlari (namlik, moylash
va hokazolar). Kerak bo‘lganda, qurol tozalanadi va moylanadi, qismlari
va mexanizmlarining zarur harakatchanligi va o‘zaro ishlash tartibi
ta’minlanadi. Qurolning buzuq yoki yetishmaydigan qismlarini boshqa
bir xil tizim, rusum va namunadagi qurollardan olib almashtirish
mumkin. Tekshirilayotgan qurolni ta’mirlash xususiyatlari va tegishli
qismlarining almashtirib qo‘yilganligi holatlari ekspertiza xulosasida
bayon etiladi.
Ekspert tajribalari uchun patronlarni tayyorlash — patronlarning
miqdorini aniqlash, keraklilarini tanlash va tegishli ishlov berishni
qamrab oladi. Tajriba uchun zarur patronlarning miqdori qurolning
holatiga bog‘liq ravishda aniqlanadi, ammo ular ikkitadan kam
bo‘lmasligi lozim.
Bir dona tajribadan olinadigan namuna taqdim etilgan qurol
tozalanmasdan oldin, ikkinchi namuna esa qurol tozalanganidan so‘ng
olinadi. Revolverlar bilan tajriba o‘tkazishda, uning barabanining har bir
kamorasi uchun ikkitadan patron tanlab olinadi. Patronlarni,
tekshirilayotgan gilzalarning markirovka belgilari va gilza korpusi
materialiga bog‘liq ravishda tanlanadi. Tajribalarda tekshirilayotgan
gilza tegishli bo‘lgan patron bilan bir xil yil, bir partiya yoki yagona
ishlab chiqarish korxonasiga tegishli bo‘lgan patronlardan foydalanish
tavsiya etiladi.
Tajriba jarayonida izlar maksimal darajada ma’lumot berishiga
erishish talab etiladi. Shuning uchun, lak bilan qoplangan gilzalarni
atseton bilan artish lozim. Tajriba uchun tanlab olingan patronlarning
gilzalarida nuqsonlar va shilinish yoki ishqalanish izlari bo‘lmasligi
kerak. Ilgari birorta qurolning patrondonida, magazinida bo‘lgan
patronlardan foydalanish mumkin emas, chunki bunday patronlarning
gilzasida ko‘rilayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan izlar mavjud bo‘lishi
mumkin. Namuna gilzalarni olish uchun matodan tayyorlangan gilza–
tutgichdan foydalanish lozim, ushbu gilza–tutgich tekshirilayotgan
qurolning tizimi, rusumi va namunasiga bog‘liq ravishda, (quroldan
uloqtirilib yuborilgan gilzani ilib olish uchun) qurolning o‘ng yoki chap
tomonida joylashtiriladi. Ushbu gilza–tutgich otilgan va quroldan
chiqarib yuborilgan gilzalarni deformatsiyaga uchrashining oldini oladi.
331
Ekspert tajribalari maxsus tirda yoki xavfsizlikni ta’minlovchi
binoda o‘tkaziladi. Qurol qo‘l bilan o‘qlanadi. Agar tekshirilayotgan
gilzada magazinning turli qismlaridan hosil bo‘lgan izlar mavjud bo‘lsa,
u holda tajriba jarayonida tekshirilayotgan qurolni magazindan
foydalanib o‘qlash lozim bo‘ladi.
Qurolni o‘qlashda patronlarni patrondonga, qurol qismlarining izlari
gilzaning markirovka belgilari bo‘lmagan sohalariga to‘g‘ri keladigan
qilib joylashtirish kerak.
Ba’zida tadqiqotlar jarayonida tekshirilayotgan qurolning
qaytargichi izini alohida tekshirish zarurati yuzaga keladi. Bu holda,
qaytargich izi aksini yaxshilash maqsadida gilza bilan qurol
patrondonining o‘zaro ta’sirini kamaytirish lozim. Buning uchun eng
kichik diametrli patron tanlanadi, patron gilzasi va qurol patrondoni
yaxshilab tozalanadi va yupqa qilib moylanadi.
Chiqarib tashlagich ilmog‘i izini yaxshi aks etishi uchun esa
aksincha, gilza bilan qurol patrondonining o‘zaro ta’sirini kuchaytirish
lozim. Buning uchun eng katta diametrli patron tanlanadi va qurol
patrondoni tozalanmaydi.
Qurol stvoli kanalidagi porox gazlari bosimining gilzadagi bir xil
izlarning turlicha ifodalanishini izohlaydigan turlichaligini, patronlardagi
poroxlarning miqdorini o‘zgartirib hamda patron o‘qlarining gilzaga
mahkamlanish zichligini kamaytirib hosil qilish mumkin.
O‘q otishni donalab ham, uzluksiz (avtomatik) ham amalga oshirish
kerak. Birinchi navbatda, o‘q va gilzalari yumshoq metalldan yasalgan
patronlar otib ko‘riladi. Bunday patronlar qurolning belgilari qattiq
metalldan yasalgan patronlarga qaraganda yaxshi aks ettiradi.
Tajriba o‘q otib olishni revolverlardan amalga oshirganda, uning har
bir kamorasidan o‘q otib ko‘rish kerak. Tajriba davomida har bir otilgan
gilza barabandan chiqariladi va taqdim etilgan gilzalar bilan
solishtiriladi. Agar izlar mos tushib qolsa, xuddi shu kamoradan yana
ikki patron otib ko‘riladi va gilzalar yana solishtiriladi. Qolgan
kamoralardan tajribalar kerak hollarda o‘tkazilishi mumkin.
Ko‘p stvolli ov miltiqlari bilan ham xuddi shunday tajriba amalga
oshiriladi (revolver bilan bir xil), ya’ni har bir stvoldan alohida patronlar
otib ko‘riladi. Otishlardan so‘ng barcha gilzalar yig‘iladi. Qurolni
tozalab, moylanadi. Agar taqdim etilgan quroldan tajriba o‘tkazish
uchun, ta’mirlangan yoki biror qismi almashtirilgan bo‘lsa, bu qurol yana
dastlabki holatiga qaytariladi.
332
Tajriba o‘q otish yakunlanganidan so‘ng, tekshirilayotgan qurolning
iz hosil qiluvchi qismlari xususiy belgilarining barqarorligini aniqlash
maqsadda, tajribadan olingan namuna gilzalar o‘zaro solishtiriladi.
Birinchi navbatda, izlarning takroriyligi, ya’ni qurolning izlarda aks
etgan xususiy belgilarining barqarorligi aniqlanadi.
Tajribadan olingan gilzalardan biri mikroskop ostiga tubi yuqoriga
qaratilib, tik holatda qo‘yiladi. Mikroskop yoritkichining holatini
o‘zgartirib, gilza tubidagi quroldan qolgan izlarning barchasi yaxshi
ko‘rinadigan qilib o‘rnatiladi va fotosuratga olinadi. Izlarning o‘zaro
joylashishi va konturlari, izlardagi ajralib turuvchi elementlari:
konturlarning notekisliklari, relyefdagi chuqurliklar va qabariqlar,
shilinishlar, o‘yiqlar va hokazolar qayd etiladi. Qaysi izlarda aynanlikni
aniqlash imkonini beruvchi qanday elementlar yaxshi ifodalangan bo‘lsa,
uni ham qayd etish zarur. Keyin bu gilzani maxsus tutgichga yotiq
holatda joylashtiriladi va uning sirtidagi izlarni tekshirish uchun
aylantirib ko‘riladi. Aniqlangan izlar qayd etib boriladi va izlar haqida
ma’lumotnoma tuziladi. Bu ma’lumotnoma shartli bo‘lib, faqat
ekspertning ishlashi uchun kerak. Bu ma’lumotnomadagi izlarni
solishtirib, qaysi iz qurolning qaysi qismidan qolganligini aniqlash
mumkin. Tajribadan olingan har bir gilzani shu tariqa tekshirib boriladi
va ulardagi izlar qayd etiladi. Bu gilzalardagi izlar birinchi gilzadagi
izlarga oid ma’lumot bilan solishtiriladi, agar yangi izlar aniqlangan
bo‘lsa, ma’lumotnoma to‘ldiriladi. Keyin tajribadan olingan barcha
namuna gilzalar uchun umumiy bo‘lgan, ya’ni barcha gilzalarda
takrorlanuvchi, barqaror izlar alohida aniqlanadi.
Namuna gilzalar orasidan qurolning qismlaridan qolgan barcha izlar
yoki taqqoslash tadqiqotlari uchun zarur bo‘lgan izlar yaxshi
ifodalanganlik darajasiga ega bo‘lgan bir dona namuna gilza tanlab
olinadi.
Ayrim hollarda, ov miltiqlarini identifikatsiya qilish zarur bo‘lganda,
«o‘qsiz tajribalar» o‘tkazish mumkin. Ya’ni ov miltig‘ining boyok
(urgich) izlariga ko‘ra identifikatsiya qilish talab etilganida, uning
boyogi (urgichi) izlarini olish uchun tajribalarni faqat kapsyul o‘rnatilgan
gilzalar bilan amalga oshirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |