322
mos keluvchi joyda vujudga keladi. Izlarning
ifodalanishi otilgan
gilzalarni chiqarib tashlashda zatvorga ta’sir etayotgan kuchlarga bog‘liq
bo‘ladi.
Stvol patrondoni silindrsimon sirtining izlari
. Metall gilzalar
sirtidagi bu izlarning ko‘rinishi va joylashishi yuqorida aytilgan izlarga
juda o‘xshashdir.
Uchinchi guruhdagi miltiqlardan otilgan patronlar gilzalaridagi izlar
o‘zining kelib chiqish manbai va hosil bo‘lish mexanizmiga ko‘ra,
ikkinchi guruhga tegishli miltiqlardan otilishda hosil bo‘lgan izlarga
o‘xshaydi. Ularning o‘ziga xosligi ushbu qurollarda qayta o‘qlash
operatsiyalari avtomatik ravishda bajarilganligi uchun bu izlarning
yaxshi aks etishi va vujudga kelishining barqarorligi bilan ifodalanadi.
Birinchi navbatda bu chiqarib tashlagich, qaytargich, stvolning orqa
qismini yopuvchi qism izlariga tegishlidir.
Ta’kidlash joizki, qurollarda iz hosil qiluvchi qismlarning
barchasi
mavjud bo‘lgan taqdirda ham, otilgan gilzalarda har doim ham sanab
o‘tilgan izlarning barchasini aniqlashning imkoni bo‘lmaydi. Chunki har
bir qurol mexanimlarining ishlashi o‘ziga xos bo‘lib, iz hosil qiluvchi
mexanizmlarning xossalari, gilzalar materialining
xususiyatlari,
shuningdek, otuvchining odat–harakatlariga bog‘liq ravishda
tushuntiriladi.
Bundan tashqari, gilzalarda izlarni aniqlash turli xil sabablar
mavjudligi tufayli qiyinlashadi: gilzalarni tayyorlashda ularning
metallidagi relyefining mavjudligi, patronlar
yasalishidagi asboblarning
izlari, patronlarni yasash va qayta yasashda gilzalarda qolgan izlar va
hokazolar.
Mavjud izlar oxirgi marta otilishdan hosil bo‘lgan degan to‘la
ishonch faqat gilza kapsyulidagi izga nisbatan bo‘lishi mumkin.
Sud-ballistik ekspertizalarida u yoki bu hollarda sanab o‘tilgan
izlardan barchasi yoki har qaysi ishlatilishi mumkin. Jumladan, chiqarib
tashlagich va qaytargich izlarini tekshirishga asoslanib (o‘lchamlari,
o‘zaro joylashishi) ba’zi bir qurollarning rusumini aniqlash mumkin
(TOZ
–
32 rusumli 1945 — 1948-yil
namunali, MS 20 va MS 21 rusumli
1964-yil namunali miltiqlar).
Qurol rusumini aniqlash uchun xarakterli izlarni MS 21 rusumli
1964-yil namunali miltiqlar zatvorining oldingi kesimi ham qoldirishi
mumkin.