359
O‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohat sohasida
qurumning
mavjudligi
muhim tashxisiy (diagnostik) belgi hisoblanadi hamda o‘q otilish
jarohatining xususiyatlari, o‘q otilishining yo‘nalishi va masofasiga oid
masalalarni hal etishda foydalaniladi. Qurum izlarining vujudga kelishi
xususiyatlari, ushbu qurum elementlarining porox gazlari oqimining
ta’siri sohasida mexanik ravishda o‘tirib qolishi hisobiga yuz beradi.
O‘q otilishi sohasida qurumning sifati va miqdoriy tarkibi,
shuningdek qurum zarrachalarining joylashish topografiyasi (qurum
surati) bir qator omillar bilan aniqlanadi. Jumladan:
—
porox gazlari oqimining xususiyatlari (qurumning tarkibi, qurum
elementlarining to‘siq bilan ta’sirlashishdagi kinetik energiyasi).
Qurumning ko‘p elementli tarkibi qurolning va o‘q
otilishda ishlatilgan
patronlar xususiyatlarining majmuasi hisobiga shakllanadi.
Tutunsiz porox qurumining rangi, tarkibida metall zarrachalarining
mavjudligi hisobiga to‘q kul rangda bo‘ladi. Qurumlanish sohasida
kapsyul yondiruvchi tarkibining parchalanish mahsulotlari o‘ziga xos
jigar rangli alohida sohalarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Qurumning asosiy elementlari (metall oksidlari
va uglerodli
birikmalar) turlicha zichlik va og‘irlikka, binobarin turlicha kinetik
energiyaga ega bo‘ladi. Shu sababli, qurumning asosiy elementlari to‘siq
bilan to‘qnashganda, ular to‘siqqa turlicha chuqurlikka (metall
chuqurroq, uglerod esa sirtqi qatlamga) botadi;
—
o‘q tekkan to‘siqning xususiyatlari (tarkibi, mustahkamligi).
o‘q
otilish qurumining to‘siqda o‘tirib qolish imkoniyati, uning taralish va
joylashish xususiyatlari ushbu to‘siqning xossalariga ham bog‘liq
bo‘ladi. Zich, qattiq va silliq sirtlar mexanik ta’sirlarga nisbatan ancha
chidamli, yumshoq va g‘ovak sirtlar esa chidamsiz hamda ta’sirlashish
vaqti qattiq sirtlarga nisbatan kichikroq bo‘ladi.
Buning natijasida
matolarda qurum elementlari to‘siq sirtida ham materialning ichki
qatlamlarida o‘tirib qoladi va natijada qurumlanish sohasining
chegaralari aniq ifodalanadi. Shisha to‘siqlarda esa qurum ushbu
to‘siqning sirtida o‘ziga xos tarzda o‘tirib qoladi (yoyilib ketadi);
—
meteorologik omillar (harorat, havo namligi, shamolning
yo‘nalishi va kuchi).
O‘q otilishi yuz berayotgan iqlim sharoitlari o‘q
otilish jarohatining atrofida o‘q otilishining qo‘shimcha mahsulotlari
hosil bo‘lishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Birinchi navbatda, qurumning o‘tirib qolish xususiyatlariga
sovuq
havo haroratining
ta’siri qiziqish uyg‘otadi. Sovuq havo harorati, qurol
360
va patronlarning o‘q otilishining qo‘shimcha izlari hosil bo‘lishiga ta’sir
qilishning umumiy qonuniyatlari quyidagilardan iborat. Havo
haroratining pasayishi bilan, jarohatlangan obyekt tomonga poroxning
ko‘p miqdordagi yonmagan va chala yongan zarrachalari hamda
qurumning kam zarrachalari uloqtiriladi.
Ularning havodagi harakat
tezligi kamayadi. Ushbu holat sovuq havoda poroxning sekinroq yonishi
va natijada porox zaradi otilgan snaryad, qurum buluti va porox
zarrachalariga kamroq tezlik berishi bilan izohlanadi.
Shu bilan birga
havoning zichligi ortadi. Zich havoda qurum va porox zarrachalari
tezligini tezroq yo‘qotadi va kamroq masofaga uchib boradi.
Qurol, patronlar va havo haroratining pasayishi bilan qurumlanish
intensivligi va o‘q otilish jarohati atrofida qurumlanish sohasining
maydoni kichrayadi. –12°S dan yuqori harorat qurum va porox
zarrachalarining o‘tirib qolishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
—
Shamolning yo‘nalishi va
kuchini ham o‘q otilishining
qo‘shimcha mahsulotlari, shuningdek qurum o‘tirib qolishini
tadqiqotlarida inobatga olish zarur. Tajribalardan ma’lumki, o‘q
otilishiga qarshi esayotgan shamol o‘q otilish
mahsulotlarini hosil
bo‘lishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Yon tomondan esayotgan
shamolning ta’siri o‘q otilish mahsulotlari markazining o‘q otilish
jarohatiga nisbatan, shamolning harakati yo‘nalishi tomoniga siljishi
bilan ifodalanadi. Ushbu ta’sir shamolning kuchiga bevosita bog‘liq
bo‘ladi.
Yuqori namlik va yomg‘ir yog‘ish sharoitlari
ham o‘q otilish
qurumi xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu omillarning ta’sir
ko‘rsatish qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
Yomg‘ir yog‘ishi va havo namligining 55–60 % va 80–85% bo‘lishi
qurumlanish intensivligining ortishi, qurumlanish sohalarining aniq
ifodalanishi va maydonining ortishiga sabab bo‘ladi.
Havo namligi yuqori bo‘lganda qurumlanish sohasining hosil bo‘lish
masofasi, ushbu qurumlanish sohasi hosil bo‘lishi intensivligining
oshishiga sabab bo‘ladi. Intensivlikning bu kabi oshishining qiymati o‘q
otilishida ishlatilgan qurolning turi va rusumiga bog‘liq. Masalan, PM
to‘pponchasidan o‘q otilishida qurumlanish
sohasining intensiv hosil
bo‘lish masofasi 8
⎯
⎯
12 sm ni tashkil qiladi.
Shunday qilib, havo namligining yuqoriligi o‘q otilishida qurumning
o‘tirib qolish sohasining oshishiga sabab bo‘ladi. Ushbu holat, yomg‘ir
yog‘ayotganda va havoning namligi yuqori bo‘lganda, porox gazlari
361
oqimini tashkil etgan zarrachalar og‘irligining ortishi va buning
natijasida uzoqroq masofaga uchib borishi bilan izohlanadi;
O‘qotar qurolning holati va tuzilishidagi xususiyatlar.
Birinchi
navbatda bu qurol stvolida turli qurilmalarning mavjudligi bilan bog‘liq.
Ma’lumki, oddiy (maxsus qurilmalar o‘rnatilmagan) stvoldan o‘q
otilishida o‘q otilish qurumi dumaloq shaklda bo‘ladi va unda markaziy
va chetki sohalar kuzatiladi. Qurum sohasining markazida
qurumlanishning chetki sohalariga qaraganda ko‘proq bo‘ladi, ya’ni
qurumlanish intensivligi markazdan chetga qarab kamayib boradi. Yaqin
masofadan o‘q otilganda qurumlanish sohasining topografiyasida ko‘p
qirrali yulduzcha, halqa shaklidagi uzilishlar va noaniq shakldagi
elementlardan iborat bo‘lishi mumkin (72-rasm).
72-rasm.
Dostları ilə paylaş: