372
bo‘lganda ekspert oldiga qo‘yilgan savollar tergovchi bilan kelishilgan
holda qayta tahrir qilinishi mumkin, bu holda ushbu holat bo‘yicha
ekspertiza xulosasida tegishli qaydlar bayon etiladi.
Tadqiqotga taqdim etilgan o‘ram ochilganidan so‘ng, ekspert
tadqiqot obyektlarini dastlabki ko‘zdan
kechiradi, ularning bir qator
umumiy xususiyatlari (turi, miqdori, rangi va hokazolar)ni ekspertiza
tayinlash haqidagi qarorda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan taqqoslaydi.
Undan
tashqari, taqdim etilgan obyektning holati o‘q otilish jarohati
hosil bo‘lgan vaqtdan keyin o‘zgargan (o‘q otilish jarohatlari mavjud
bo‘lgan kiyim elementlari tozalanganmi yoki yuvilganmi va hokazolar)
yoki o‘zgarmaganligini ham aniqlash tavsiya etiladi.
Ushbu bosqichda, ekspertiza tadqiqotlarini tashkil
qilish nuqtai
nazaridan, tadqiqotga taqdim etilgan obyektda aynan qanday jarohat
izlanayotganligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan,
kiyimning tarkibiy qismlarida, o‘q otilishiga aloqasi bo‘lmagan va turli
ta’sirlar natijasida hosil bo‘lgan jarohatlar mavjud bo‘ladi.
Ushbu masala, jarohatlarning joylashgan o‘rni, o‘lchamlari va
miqdori bo‘yicha ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda bayon etilgan
ma’lumotlarni shaxsiy kuzatishlar natijasida olingan ma’lumotlar bilan
solishtirib hal etiladi. Bunda tadqiq etilayotgan obyektda barcha
jarohatlar ko‘zdan kechirilishi va tahlil etilishi
zarurligini yodda tutish
lozim.
Ushbu bosqichda ekspert tadqiqotlar jarayonini rejalashtiradi va
tadqiqotlarni samarali o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan texnik vosita va
metodlarni aniqlab oladi. o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlarning
belgilarini aniqlash metodlarini qo‘llash tartibi har doimgidek bo‘ladi:
izdagi belgilarni buzmaydigan metodlardan
tekshirilayotgan obyektni
o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan metodlarga va keyin ushbu obyektni buzib
yuboradigan metodlarga o‘tiladi.
Dostları ilə paylaş: