366
15-BOB.
O‘Q OTILISHI IZLARIDAN
O‘QOTAR QUROLNING ISHLATISH
SHAROITLARINI ANIQLASH
O‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlarni tadqiq qilishda ishla-
tiladigan ekspertiza metodikalari asosida
sud ballistikasi,
sud tibbiyoti va
boshqa fanlar doirasida o‘qotar qurollar va jangovar o‘q-dorilar, o‘q
otilishi hodisalari, o‘q otilishining shikast
yetkazuvchi omillari, o‘q
otilish jarohatlarining hosil bo‘lish
mexanizmi, o‘q
otilishining asosiy va
qo‘shimcha izlarining hosil bo‘lish qonuniyatlari bo‘yicha to‘plangan va
umumlashtirilgan bilimlar tizimi yotadi.
Yuqoridagi metodikalarda mavjud ekspert tomonidan
vazifalarning
hal etilishi algoritmi
⎯
ekspertning tegishli tadqiqotlar natijalariga
erishish maqsadidagi ilmiy-texnik vosita va metodlarni samarali qo‘llash
bo‘yicha asoslangan harakatlaridan iborat.
Ta’kidlash joizki, o‘q otilishidan hosil bo‘lgan
jarohatlarni tadqiq
qilish bo‘yicha ekspertning vazifalari boshqa vazifalar kabi muhim
ahamiyatga ega. Chunki, ushbu turdagi ekspertiza
tadqiqotlarida bir
necha vazifalar hal etiladi.
Dostları ilə paylaş: