380
76-rasm.
Qalinligi 3 mm bo‘lgan metall plastinadagi o‘q tegishidan hosil
bo‘lgan jarohatning o‘q teshigi devorlarida o‘q sirti alomatlarining
aks etishining ko‘rinishi (ko‘rsatkich bilan narez maydonining
aks etgan izlari ko‘rsatilgan).
Narezlarning miqdori ishqalanish halqasida uzuq–uzuq suratlar —
umumiy halqasimon fonda narezlar miqdoriga mos ravishda «yassi
tekislik» lar ko‘rinishida aks etishi mumkin (77–rasm).
77-rasm.
Makarov konstuksiyali (PM) to‘pponchadan o‘q otilgan
matodagi ishqalanish halqasining ko‘rinishi (ko‘rsatkich bilan narezlar
miqdoriga mos (to‘rtta) «yassi tekislik» lar ko‘rsatilgan).
381
Qurol stvolida stvol og‘zi moslamalarining
mavjudligi va uning
tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari to‘siqning oldi tomonida qoladigan
qurumlanish sohalarining shakli va joylashishi bo‘yicha o‘ziga xos
bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan:
— AKM avtomatidan o‘q otilganda, o‘q
teshigining atrofida
qurumning markaziy sohasi hamda uch dona cho‘zilgan
shakldagi,
ikkitasi yonbosh, bittasi — yuqori bo‘lgan qurum dog‘lari vujudga keladi
(78 a–rasm);
— AKMU avtomatidan o‘q otilganda esa, qurumlanish sohasi o‘q
teshigiga nisbatan o‘ngdan yuqori tomonga siljigan ko‘rinishda bo‘ladi
(78 b–rasm);
78-rasm.
Dostları ilə paylaş: