378
2-§. Otilgan o‘qning asosiy va qo‘shimcha izlari bo‘yicha
qurolning guruhiy taalluqliligini hamda o‘q otilishi
masofasi va yo‘nalishini aniqlash
O‘qotar qurolning guruhiy taalluqligini otilgan o‘qning asosiy va
qo‘shimcha mahsulotlarining izlari bo‘yicha aniqlash imkoniyati ushbu
izlarning qurollar va ishlatilayotgan patronlarning tuzilishiga bog‘liq
holda kelib chiqadi. To‘siqdagi otilgan o‘q izlaridan o‘qotar qurolning
quyidagi guruhiy alomatlarini aniqlash mumkin:
— kalibr va narezlarning miqdori;
— stvol og‘zi moslamasining mavjudligi;
— ishlatilgan patronning turi.
Qurolning kalibri
to‘siq materialiga bog‘liq ravishda, o‘q tegishidan
hosil bo‘lgan jarohat teshigi va ishqalanish halqasining o‘lchamlaridan
aniqlanishi mumkin.
75-rasm.
Turli to‘siqlarga Makarov konstruksiyali to‘pponchadan
o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlar (chapda — sirtga perpendikular
ravishda otish, o‘ngda — sirtga 45 gradus burchak ostida otish):
a — metall; b — fanera; v — rezina; g — plastmassa.
379
Metall to‘siqlarda o‘q tegishidan hosil bo‘lgan jarohat teshigi aylana
yoki oval shakliga ega bo‘ladi. Ana shu halqaning diametri yoki ovalning
kichik diametri o‘qning yetakchi qismining diametri bilan deyarli
bir xil
bo‘ladi (75 a–rasm).
Yog‘och to‘siqda o‘q tegishidan hosil bo‘lgan jarohatning o‘lchami,
odatda, o‘qning diametridan kichik bo‘ladi, bundan tashqari,
yog‘ochning namligi qancha katta bo‘lsa, jarohatning diametri shuncha
kichik bo‘ladi (75 b–rasm). Bu holda qurolning kalibri to‘siqdagi mavjud
bo‘lgan ishqalanish halqasining tashqi diametridan aniqlanishi mumkin.
Qog‘oz to‘siqqa o‘q otilganda ham yuqoridagiga o‘xshash holat
kuzatiladi.
Matolarda o‘q tegishidan hosil bo‘lgan jarohatning shakli mato
tolalarining to‘qilish turiga ko‘ra aniqlanadi va aylana, rombsimon va
hokazo bo‘lishi mumkin. Jarohat teshigining o‘lchami o‘q diametridan
kichik bo‘ladi, qurol kalibriga esa ishqalanish halqasining
tashqi diametri
mos keladi.
Elastik to‘siqlarga o‘q otilishida esa, masalan, rezina,
charm va
boshqalarga — o‘q tegishidan hosil bo‘lgan jarohat teshigining diametri
o‘q diametridan anchagina kichik bo‘ladi, ishqalanish halqasining
diametri esa
muayyan material xossalari, o‘qning bosh qismi shakliga
bog‘liq bo‘ladi hamda o‘q diametridan kichik ham, katta ham bo‘lishi
mumkin (75 v–rasm).
Mo‘rt materialli to‘siqlardagi o‘q tegishidan hosil bo‘lgan
jarohatlarga ko‘ra qurol kalibrini aniqlashning deyarli imkoni yo‘q,
chunki bu holda jarohat teshigining o‘lchami o‘q diametridan ancha katta
bo‘ladi (75 g–rasm).
Ta’kidlash joizki, oson deformatsiyalanadigan o‘qlar, masalan,
qobiqsiz o‘qlar, o‘zining diametridan ancha katta o‘lchamdagi o‘q teshigi
bo‘lgan jarohatlarni hosil qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: