Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Quyidagilar to‘siqqa termik ta’sir ko‘rsatadi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Quyidagilar to‘siqqa termik ta’sir ko‘rsatadi:
— porox gazlari va porxning yonayotgan zarralari; 
— maxsus maqsadga mo‘ljallangan o‘qlar (maxsus o‘qlar). 
 
Porox gazlarining termik ta’sirlari turli (tutunli va tutunsiz) poroxlar 
bilan otilganda turlicha bo‘ladi, bu tutunli va tutunsiz poroxlarning stvoli 
kanalida yonish tezligining turlichaligi bilan ifodalanadi. Tutunli porox 
zarralarining ko‘p qismi stvol kanalida yonishga ulgurmaydi va porox 
gazlarining oqimida yonib bitadi. Tutunsiz porox zarralari asosan stvol 
kanalida deyarli to‘liq yonishga ulguradi, uchib chiqqan zarralar esa 
yonishga ulgurmaydi, shuning uchun tutunsiz gazlarning to‘siqqa 
nisbatan termik ta’siri turlicha o‘zaro bir xil sharoitlarda kamroq aks 
etadi. 
Shunday qilib, porox gazlarining termik ta’siri to‘siq materiali, 
patrondagi poroxning turi, miqdori va sifati, qurol stvolining uzunligiga 
bog‘liq bo‘ladi (qurol stvoli kanali qancha uzun bo‘lsa, termik ta’sirlar 
shuncha kam bo‘ladi). 
Termik ta’sirlar to‘siq materialining issiqlik natijasida kuyishiga, 
erishiga va hatto yonib ketishiga olib keladi. 


 370 
Maxsus maqsadga mo‘ljallangan maxsus o‘qlar (yondiruvchi yoki 
trasserlovchi) ham to‘siqqa yonib ketish darajasiga bo‘lgan termik ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin, chunki bu o‘qlarning mo‘ljallangan maqsadi shuni 
taqozo etadi. 
O‘qlaring to‘siqqa nisbatan kimyoviy ta’siri 
porox gazlarining 
tarkibida bo‘lgan birikmalar to‘siq materiali moddalari bilan kimyoviy 
reaksiyaga kirishishi mumkinligiga bog‘liqdir. Bu reaksiya natijasida, 
ayrim kiyimlar matosining rangi ketib qolishi yoki qon tarkibidagi 
gemoglobin bilan uglerod oksidining kimyoviy birikmalari vujudga 
kelishi mumkin. 
O‘q otilishi vaqtida 
qurumlarning o‘tirib qolishi 
qurol, o‘qlarning 
qismlarida, to‘siqning sirtida va o‘q otilishi vaqtida qurolga bevosita 
yaqin joylashgan obyektlarda, shuningdek o‘q otuvchining qo‘llarida 
kuzatilishi mumkin. 
O‘q otilganda qurum porox gazlari yoki o‘qning o‘zi bilan olib 
o‘tilib to‘siqda o‘tirib qolishi mumkin. Porox gazlari bilan to‘siqqa olib 
o‘tiladigan qurum o‘q tegishidan hosil bo‘lgan jarohat atrofida 
qurumlanish sohasi vujudga kelishining asosiy shartidir. Ushbu 
qurumlanish sohasining shakli va o‘lchamlari to‘siqqacha bo‘lgan 
masofa, qurol bilan to‘siqning o‘zaro joylashishi, stvol og‘zi 
moslamalarining mavjudligi, poroxning turiga bog‘liq bo‘ladi. 
To‘siqda miltiq moyining o‘tirib qolishi, bu moyning o‘q otilishidan 
avval qurol stvoli kanalida mavjud bo‘lganida vujudga keladi va bir yoki 
bir necha dog‘lar ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Miltiq moyi asosan, qurol 
tozalanganidan keyingi birinchi o‘q otilishida bug‘lar juda mayda 
tomchilar ko‘rinishida uchib chiqadi. 
Sud ballistikasida o‘q otilishi omillari ta’sirlarining yig‘indisi hamda 
bu omillarning to‘siqqa ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liq ravishda o‘q 
otilishning quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi: 
— taqab o‘q otilishi; 
— yaqindan o‘q otilishi; 
— uzoqdan o‘q otilishi. 
Taqab o‘q otilishi 
— bu qurol stvoli og‘zining shikastlanayotgan 
obyekt sirtiga tegib turgan holatdagi otilishidir. Qurolni to‘siq sirtiga 
tegib turganida o‘q otilishida to‘siqda qurol stvoli og‘zining 
«shtansmarka» deb ataladigan aksi 
tushib qolishi mumkin. Odam 
tanasiga o‘qotar qurolni taqab o‘q otilishida, porox gazlari teri ostiga 
kirib borib, o‘sha joyning shishib qolishiga sabab bo‘ladi. Buning 


 371 
natijasida, terida qontalashishlar va momataloqlar ko‘rinishidagi, qurol 
stvoli og‘zining shakli va xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan 
shtansmarka vujudga kelishi mumkin. 
Demak, taqab o‘q otilishi alomatlari quyidagilar hisoblanadi: 
qurumlanishning kichik sohasi, to‘siqning katta buzilishlari, qurol stvoli 
og‘zining aksi, jarohat kanalida pijlar, moylash izlari, qurumning 
mavjudligi va boshqalar. Teshik atrofida qurumning o‘tirib qolishi 
qurolning holatiga qarab turlicha bo‘ladi. Zich taqab otishda qurum 
kengligi 0,5 
sm 
li ingichka aylana shaklida o‘tirib qoladi, qisman taqab 
otishda yoki burchak ostida taqab otishda nosimmetrik shakldagi 
diametri 5 
sm 
gacha bo‘lgan dog‘ shaklida o‘tirib qoladi. Qurumning 
kirish teshigining chetlarida o‘tirib qolishi, hatto zich taqab o‘q otishda 
ham, qurolning orqaga tepishi sababli yuz beradi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin