364
—
miltiq moyining o‘tirib qolishi
to‘siqda moyli dog‘lar shaklida
bo‘ladi va o‘q otilishi masofasini hamda o‘q otilishidan hosil bo‘lgan
jarohatlarning hosil bo‘lish ketma-ketligini aniqlashda muhim ahamiyat
kasb etadi.
O‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohat atrofida moy sochilishining
hosil bo‘lishi — o‘q
otilishidan oldin, qurol stvoli kanalida miltiq moyi
qatlamining mavjudligi bilan izohlanadi. Halqasimon jang kapsyulli
kichik kalibrli patronlarning o‘qi sirtida parafin, hayvonlar yog‘lari va
boshqa elementlardan iborat
maxsus moy (osalka) tarkibining
mavjud
bo‘lishi o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohat
atrofida osalka izlarining
hosil bo‘lishiga olib keladi.
Tajribalardan ma’lumki, jarohatning kirish teshigi atrofidagi
moylash izlari har qanday masofalardan aniqlanishi mumkin. Shu bilan
birga ushbu belgi barqaror emas: ushbu belgi moylangan stvoldan
birinchi otilishda yetarlicha aniqlanadi, ikkinchi otilishda
⎯
kamroq,
uchinchisida esa
⎯
deyarli aniqlanmaydi.
Moylash izlarining o‘q otilishdan hosil bo‘lgan jarohatining
atrofidagi miqdori va tarqalish sohasi o‘q
otilishi masofasi bilan
aniqlanadi. Ushbu moylash izlarining qurumlanish sohasi bilan mos
kelishi bo‘yicha tajribalardan ma’lumotlar olingan. Umuman, moylash
izlari hosil bo‘lishining yuqorida ta’kidlangan xususiyatlari o‘q otilishda
foydalanilgan qurolning turi bilan aniqlanadi. Masalan, kichik
kalibrli
quroldan 25 sm masofagacha uzoqlikdan o‘q otilishida, to‘siqdagi
moylash izlari ultrabinafsha nurlar ostida ko‘k rangdagi yaxlit
lyuminessensiya sohasi shaklida ko‘rinadi. Uzoq masofadan o‘q
otilishida ushbu izlar nuqtalar shaklida ifodalanadi.
Osalkaning qora rangdagi ayrim zarrachalari 10
⎯
15 metrgacha
masofada ham hosil bo‘lishi mumkin.
«Vinogradov hodisasi» o‘q otilishining qo‘shimcha mahsulotlari
hosil bo‘lishining alohida turi sifatida.
Uzoq masofadan o‘q otilishida,
o‘q otilishining qo‘shimcha mahsulotlarini o‘q otilishidan hosil bo‘lgan
jarohatlar atrofida hosil bo‘lishi hodisasi 1952-yilda Rossiyalik
kriminalist I.V. Vinogradov tomonidan aniqlangan va tushuntirilgan. O‘q
otilishining qo‘shimcha mahsulotlarini ushbu tarzda g‘ayriodatiy tarzda
o‘tirib qolishi «Vinogradov hodisasi» deb ataladi.
Ushbu holatning mazmuni ko‘p qatlamli to‘siqlar yoki ketma-ket
joylashgan bir necha to‘siqlarga o‘qotar quroldan uzoq masofalardan o‘q
otilishida namoyon bo‘ladi. Bunda snaryadning sirtidagi va
uning
365
ortidagi siyrak fazoda joylashgan qurum, metall va porox zarrachalari,
moylash zarrachalari to‘siqning birinchi qavatiga yoki birinchi to‘siqqa
kelib tushganida, to‘siq qatlamlari yoki birinchi va ikkinchi to‘siqlar
orasida to‘kiladi (qoqiladi) va yoyilib ketadi hamda to‘siqning ikkinchi
qatlamida yoxud ikkinchi to‘siqda o‘tirib qoladi. To‘siqlar
qatlamlarining yoki to‘siqlarning orasidagi ushbu hodisa kuzatiladigan
masofalar 45
sm
gacha bo‘lishi mumkin. O‘qlarga o‘tirib qolgan
qurumning boshqa qismlari esa o‘qning to‘siqdan o‘tishida ikkita bulut
hosil qiladi, bu bulutlarning biri o‘qning harakat yo‘nalishi bo‘ylab
siljiydi, ikkinchisi esa — bu yo‘nalishga qarama-qarshi yo‘nalishda
harakat qiladi. Bu hodisa shunga olib
keladiki, agar to‘siqlar ikki
qatlamli bo‘lsa, u holda, o‘qlar bilan olib o‘tilayotgan qurumlar
to‘siqning ikkinchi qatlamida hamda birinchi qatlamning orqa tomonida
qurumlanish sohasi shaklida o‘tirib qolishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: