Kiyimlardagi o‘q otilish izlari
.
Kiyimlardagi o‘q otilish jarohat-
larining boshqa izlardan farqlovchi belgilari odam tanasidagi
jarohatlarning belgilari bilan o‘xshash bo‘ladi. Ammo, kiyimlardagi o‘q
otilishi jarohatlarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Kiyim materialidagi teshik (mato nuqsoni) aylana, oval yoki to‘g‘ri
burchakli shaklda bo‘ladi hamda uning chetlari o‘zaro tutashmaydi, ya’ni
mato minusi kuzatiladi. Matoning shikastlangan tolalari ingichkalashib
va «supurgisimon» shaklda yoyilib qoladi. Teshik sohasida shikastlangan
tolalarning alohida qismlari aniqlanishi mumkin. Jarohatning chetlari
o‘qning uchish yo‘nalishi tomonga og‘ma bo‘ladi. Agar kiyim ko‘p
qavatli bo‘lsa, kiyimning ichki qavatlari orasida ushbu kiyim tashqi
qavatlarining zarrachalari aniqlanishi mumkin va bu holat ushbu
qavatlarni snaryadning uchish yo‘nalishi bo‘ylab surilganidan dalolat
beradi. Ushbu belgi paxta astari ichiga paxta qo‘yilgan kiyimlar
elementlarida yaqqol kuzatiladi.
To‘qilgan materialdan tayyorlangan mahsulotlarda o‘q otilishidan
hosil bo‘lgan jarohatlar ko‘p hollarda aylana shaklida bo‘ladi.
Jarohatning hosil bo‘lishida, dastavval kichikroq teshik, so‘ng esa mato
sirtmoqlarining yozilishi (uzilishi) yuz beradi va natijada jarohatning
birlamchi o‘lchamlari kattalashadi.
Rezina mahsulotlarda (etik, rezina plash va hokazo) o‘q otilishi
jarohatlari nuqtasimon shaklga ega bo‘ladi. Mato minusi (material
375
nuqsoni) juda kichik yoki umuman bo‘lmasligi mumkin. Kirish
teshigidan atrofga radius bo‘ylab uzunligi 1 — 3
mm
bo‘lgan ingichka
yirtilishlar (radial yirtilishlar) tarqalishi mumkin.
Otilgan snaryadning rezina to‘siqdan o‘tishida dastlabki holatining
o‘zgarishi yoki uning deformatsiyalanishi hisobiga chiqish teshigining
o‘lchamlari kirish teshigiga qaraganda kattaroq bo‘ladi. Chiqish
teshiklari shakliga ko‘ra salbsimon, yuduzchasimon, tirqishsimon,
yoysimon va hatto oval yoki aylana shaklda bo‘lishi mumkin.
O‘q otilishi masofasiga bog‘liq ravishda, kiyimlarda o‘q otilishining
barcha qo‘shimcha mahsulotlari yoki ularning ayrimlari hosil bo‘lishi
mumkin.
Yog‘ochlarda o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlariing
shakl va
o‘lchamlari yog‘ochning namligi, otilgan snaryadning to‘siq bilan
uchrashish burchagiga bog‘liq bo‘ladi.
Quruq yog‘ochdagi (90°C ga yaqin bo‘lgan uchrashish burchagida)
kirish jarohati aylana shaklda bo‘ladi va uning o‘lchami snaryad
diametridan kichikroq, teshikning chetlari nisbatan biroz tekis bo‘ladi.
Chiqish teshigi kirish teshigidan kattaroq, uning chetlari notekis va
qirindilari snaryadning harakati tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Ko‘p
hollarda, jarohatning kirish va chiqish teshiklarida yorilishlar bo‘ladi.
Nam yog‘ochdagi jarohat kirish teshigining diametri snaryad
diametridan ancha kichik bo‘ladi. Jarohatning kirish va chiqish teshigi
ko‘p hollarda kichik o‘lchamli yoriq shaklida bo‘ladi. Kirish teshigi
atrofida ishqalanish halqasi kuzatiladi.
Agar snaryad to‘siqqa biror burchak ostida otilgan bo‘lsa, kirish
teshigi va ishqalanish halqasi oval shaklda bo‘ladi. Rikoshet jarayonida
(snaryadning urilib o‘tishida) cho‘zilgan chuqurlik shaklidagi jarohat
hosil bo‘ladi, yog‘oching tolalari yorilgan va snaryadning uchish
tomoniga yo‘nalgan bo‘ladi hamda uchrashish burchagi tomonida
yog‘och tolalarining ezilishi kuzatiladi.
Yog‘och to‘siqlarda qurum porox va metall zarrachalari, moylash
elementlari o‘tirib qolishi mumkin.
Yupqa metalldagi o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlar
.
Metalldagi teshiklar aylana shaklda bo‘ladi, o‘lchamlariga ko‘ra snaryad
diametri bilan mos tushadi, ayrim hollarda biroz kattaroq bo‘lishi
mumkin. Kichik kalibrli qurollardan o‘q otilishida o‘q diametridan katta
o‘lchamli noaniq shakldagi teshiklar hosil bo‘lishi mumkin. Bu qobiqsiz
o‘qning deformatsiyalanishi bilan bog‘liq.
376
Chiqish teshigining chetlari snaryadning harakat yo‘nalishi tomonga
qarab biroz tekis, notekis va cho‘zilgan bo‘ladi.
Metallga o‘qning urinma tegib o‘tishida (rikoshet) cho‘zilgan
chuqurlik yoki ishqalanish izlari hosil bo‘ladi. Ushbu izlarning shakli va
o‘lchamlari otilgan snaryadning to‘siq bilan uchrashish burchagi, tezligi
va tuzilishi xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Yupqa metallarda moylash, qurum va alohida porox zarrachalari
o‘tirib qolishi mumkin.
Shisha, chinni va ganch mahsulotlar hamda plastmassalarda o‘q
otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlar
. 90°S ga yaqin bo‘lgan uchrashish
burchagida ushbu turdagi to‘siqlarda konussimon shakldagi iz hosil
bo‘ladi va ushbu konus o‘qning harakat yo‘nalishi tomonga qarab
kengaygan va jarohatning o‘lchamlari snaryad diametridan sal kattaroq
bo‘ladi.
Qobiqsiz va yarim qobiqli snaryadlar bilan o‘q otilishida kirish va
chiqish teshiklarining o‘lchamlari kattalashadi, bu holat snaryadlarning
deformatsiyasi bilan izohlanadi. Teshiklar noaniq geometrik shaklda va
chetlari notekis bo‘ladi. O‘q otilishi natijasida, jarohatdan atrofga
yo‘nalgan yoriqlar (radial yoriqlar) hosil bo‘ladi. Jarohatning atrofida
ushbu radial yorilishlarni o‘zaro birlashtiradigan va umumiy markazga
ega bo‘lgan (konsentrik) aylana yoriqlar mavjud bo‘ladi.
Agar o‘q otilishi burchak ostida amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda
teshiklar cho‘zilgan shaklda bo‘ladi va konusning og‘zi snaryadning
harakat yo‘nalishi tomon qaragan bo‘ladi.
Jarohat teshiklarining shakli, o‘lchamlari va ayrim xususiyatlariga
snaryadning tezligi, urilish joyi, o‘qdan oldingi havo ustuni va porox
gazlari kabi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu turdagi obyektlardagi jarohatlarning o‘q otilishidan hosil
bo‘lganligini aniqlash mushkul vazifa. Chunki bu turdagi to‘siqlarda,
katta tezlikka ega bo‘lgan mayda toshlar va metall zo‘ldirlar ham, o‘q
otilishidan hosil bo‘lgani kabi jarohatlar hosil qilishi mumkin. Bundan
tashqari, tezligi uncha katta bo‘lmagan snaryadlar og‘ir buyumlar ta’siri
kabi jarohatlarni hosil qiladi.
Shisha, chinni va ganch mahsulotlar hamda plastmassa to‘siqlarda
qurum, porox va metall zarrachalari, moylash mahsulotlarini aniqlash
mumkin.
Ushbu turdagi obyektlarda o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlarni
vizual aniqlash juda oson. Avvaliga jarohatning kirish teshigi va so‘ng
377
chiqish teshigi tekshiriladi. Ammo, kiyimlarda tekshirishni teskari
tarzda, avval chiqish teshiklarini, so‘ng esa kirish teshiklarini o‘rganish
tavsiya etiladi. Masalan, mo‘yna paltolarda, avval paltoning astari, so‘ng
uning tashqi qatlami tekshiriladi.
O‘q otilishi jarohati atrofidagi qurumlanish sohasini oddiy ko‘zdan
kechirishda, shuningdek infraqizil nurlar sohasida tekshirib aniqlash
mumkin. Moylash izlar ultrabinafsha nurlar ostida tekshirib aniqlanadi.
O‘q otilishida hosil bo‘ladigan metall zarrachalari diffuzion–kontakt
metodi yordamida aniqlanadi.
O‘q otilishi jarohatlarini tadqiq qilishda quyidagilarni inobatga olish
muhim:
— jarohatlangan obyektdagi o‘q otilishining qo‘shimcha izlari
boshqa moddalar (qon qatlamlari, ifloslanishlar va hokazo) bilan
niqoblanishi mumkin, shu bois tadqiqotning barcha kerakli vosita va
metodlaridan foydalanish lozim;
— vaqt o‘tishi va noqulay sharoitlarda (yer ostida ko‘p vaqt turgan
kiyimning chirigan qismlaridagi o‘q otilishi jarohatlari va shu kabilar)
o‘q otilish jarohatining morfologiyasi o‘zgarishi hamda o‘zining ayrim
xususiyati va belgilarini yo‘qotishi mumkin;
— o‘q otilishi jarohatlarining g‘ayrioddiy morfologiyasi, shuningdek
o‘q otilishidan qo‘shimcha mahsulotlarning hosil bo‘lish xususiyatlari,
o‘q tekkan obyekt oldida to‘siq (boshqa obyekt)ning mavjudligi,
jarohatni snaryadning bir bo‘lagidan hosil bo‘lishi, shuningdek kichik
(kam) energiyaga ega bo‘lgan snaryaddan hosil bo‘lishi sabab bo‘lishi
mumkin.
Alohida tadqiqotlar jarayonida aniqlangan barcha belgilar
tadqiqot-
lar natijalarini baholash va xulosalarni shakllantirish
bosqichida,
tekshirilayotgan jarohatlarning o‘q otilishidan hosil bo‘lgan (bo‘lma-
gan)ligi haqida yangi fikrlar umumlashtiriladi.
Ekspert xulosasiga ilova qilinadigan ko‘rgazmali materiallar
tadqiqot obyektning umumiy ko‘rinishi, o‘q otilishidan hosil bo‘lgan
jarohatdagi kirish va chiqish teshiklari hamda tekkan o‘q qo‘shimcha
izlarining fotosuratlari bilan to‘ldirilgan bo‘lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |