373
— o‘q otilishidan hosil bo‘lgan asosiy izlarining xususiyatlari (kirish
va chiqish jarohatlarining hamda jarohat kanallarining o‘lchamlari,
material nuqsonlarining mavjudligi, ishqalanish halqasining mavjudligi,
rangi va tashqi diametri);
— to‘siqdagi o‘q otilish jarohati sohasida va
unga tutash sohalarda
o‘q otilishdan qo‘shimcha izlarning mavjudligi: to‘siqning mexanik
buzilishi (matoning yorilishi, yog‘och yoki shishadagi sinish, teshilish va
hokazolar), qurumlanish, porox gazlariing termik ta’sirlari (kuyishlar,
yongan sohalar, to‘siq materialining kuyish va erishi, sun’iy mato
tolalarining erishi va bir-biriga yopishib qolishi),
porox va metall
zarrachalari, moylash mahsulotlari qoldiqlarining o‘tirib qolishi.
Yopiq jarohatlar hosil bo‘lishida, jarohat kanali ichida snaryad yoki
uning ayrim elementlari (o‘q qobig‘i, asosi yoki o‘zakchasi, qo‘rg‘oshin
ko‘ylak qoldiqlari) aniqlanishi mumkin. Taqab turib o‘q otilishida kirish
jarohati atrofida shtansmarka kuzatiladi.
To‘siq materialiga bog‘liq ravishda, o‘q otilishi jarohatlarining
morfologiyasi, o‘q otilishining qo‘shimcha izlarini hosil bo‘lish
mexanizmi turlicha bo‘lishi mumkin.
Odam tanasida o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlar.
Bunda
kirish teshigi, odatda,
aylana yoki oval shaklida, chiqish teshigi
⎯
noaniq shaklda (yirtilish) bo‘lishi mumkin.
Kirish teshigi shaklining aylana yoki oval shaklda bo‘lishi doimiy
bo‘lmasa-da, ko‘p hollarda uchraydi. Ayrim hollarda,
kirish teshigi
chiziq, yulduzcha yoki noaniq geometrik shaklda bo‘lishi mumkin.
Ushbu holat o‘q otish yo‘nalishi, odam terisining notekis qisqarishi, teri
qatlamining shikastlanishi, o‘qdan oldingi havo ustuni va porox
gazlarining ta’siri, shuningdek jarohatlangan to‘qimalarning tuzilishi
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Odam tanasida jarohatning o‘q otilishidan hosil bo‘lganligini
aniqlashning muhim belgisi ishqalanish halqasi va o‘q otilish
mahsulotlarining hosil bo‘lish (o‘tirib qolish) halqasi hisoblanadi hamda
ko‘p hollarda ushbu ikki turdagi halqalar o‘zaro mos keladi.
Sochma o‘qlar tegishidan hosil bo‘lgan jarohatlarning o‘ziga xos
xususiyatlari bo‘ladi. Masalan, agar otish sochma o‘qlar yaxlit
holda
ta’sir ko‘rsatadigan masofadan otilgan bo‘lsa, kirish teshigi bitta bo‘lishi
mumkin. Material nuqsoni teshigining o‘lchamlari o‘q otilishidan hosil
bo‘lgan jarohatlarga qaraganda kattaroq va uning chetlari titilgan bo‘ladi.
O‘q otilishi masofasi ortib borgani sari va hali sochma o‘qlar nisbatan
374
yaxlit ta’sir ko‘rsatib turganida, asosiy jarohat atrofida, alohida sochma
o‘qlardan hosil bo‘lgan mayda jarohatlar kuzatiladi. Sochma o‘qlarning
ta’sir sohasida markaziy teshik mavjud bo‘lmaydi. Jarohatning o‘zi esa
alohida sochma o‘qlardan hosil bo‘lgan mayda jarohatchalar ko‘rinishida
bo‘ladi.
Sochma o‘qlarni otishdan hosil bo‘lgan jarohatning chiqish teshigi,
o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlarga nisbatan kamroq kuzatiladi.
Sochma o‘qlarning yaxlit holdagi ta’sirida ushbu chiqish
teshigi chetlari
notekis bo‘lgan keng yirtilgan jarohatlar ko‘rinishida bo‘ladi. Alohida
sochma o‘qlardan hosil bo‘lgan chiqish teshiklari odatda tirqishsimon
shaklda bo‘ladi va uning chetlari sochma o‘q yo‘nalishiga egilgan
bo‘ladi.
O‘q otilishining qo‘shimcha mahsulotlaridan odam tanasida, jaro-
hatning atrofida mexanik va termik ta’sir izlari, qurum va porox
zarrachalarining o‘tirib qolishi, qurol stvol og‘zining aksi, moylash izlari
aks etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: