51
to‘g‘ri keladi. O‘qotar qurolning har bir turi, ularni dastlabki o‘qlash,
otish, otilgan patronlarning gilzasini chiqarib tashlash va qayta o‘qlash
uchun muayyan vazifani bajaruvchi qism va mexanizmlardan iborat
bo‘ladi.
Qurolning qismi
— bir butun yaxlit jismdan iborat element bo‘lib,
bu elementni buzmasdan turib, uni alohida, yanada soddaroq tarkibiy
qismlarga ajratib bo‘lmaydi.
Qurol mexanizmi
— bir yoki bir necha qismlar harakatini boshqa
qismlarning zarur harakatiga aylantirib beruvchi alohida qismlar
tizimidan iborat.
Qurollarda alohida, mustaqil qismlar va turli mexanizmlarning bir
bo‘g‘ini bo‘ lgan qismlar mavjud bo‘ladi. U yoki bu qismlar ham o‘z
funksiyalariga bog‘liq
ravishda sirt qismlari, uzatuvchi, o‘qlar (vallar),
egiluvchan elementlar va biriktiruvchi qismlarga ajraladi. Qurolning bir
necha qism va mexanizmlardan iborat tuzilish jihatdan yig‘ilgan birligi
qurolning tuguni
deb ataladi.
Tugunlarning alohida variantlarida bir mexanizmning turlicha
zvenolari
о
‘rnatilishi mumkin.
Alohida tugunlar
— qurol hech qanday
asbob-uskunalarsiz (buragich, bolg‘a va hokazo), qismlarga to‘liqsiz
ajratilganda, uning asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi
elementlaridir. Bir nechta bir xil qismlardan iborat tugun
blok
deb
ataladi. Tipik blok — bu miltiqning yaxlit qilib yasalgan qo‘sh stvollari
yoki pulemyot patronlari uchun egiluvchan metall transportyordir.
Zamonaviy stvolining orqasidan o‘qlanuvchi o‘qotar qurollarning
asosiy mexanizm va tarkibiy moslamalari quyidagilardan iborat:
— otiladigan o‘qqa kerakli yo‘nalish beruvchi va
patronni kerakli
holatda ushlab turish uchun mo‘ljallangan stvol;
— bir vaqtning o‘zida stvolning orqa qismini zich berkitish hamda
patronni stvolning patrondoniga jo‘natish vazifasini bajaruvchi yopish
mexanizmlari;
— urish yoki otish va qo‘yib yuboruvchi mexanizm yoxud urib-
qo‘yib yuboruvchi mexanizmlar;
— patronlar (asosan otilmay qolgan) va otilgan gilzalarni quroldan
chiqarib tashlash uchun mo‘ljallangan chiqarib tashlash mexanizmlari;
— uzatgich mexanizmli magazin;
— saqlovchi mexanizmlar;
— signal beruvchi mexanizm yoki moslamalar;
— mo‘ljallash yoki nishonga olish moslamalari (mo‘ljallagich);
— ramka yoki loja.
52
O‘qotar qurollarning barcha turlari uchun qurolning
stvoli asosiy
mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Stvolda qattiq yoqilg‘i (portlovchi modda,
masalan, porox) yonish natijasida gazga aylanadi, bu gazning ortib
boruvchi bosimi stvolda joylashgan patroning snaryadi (o‘qi)ga kiruvchi
harakat beradi. Jangovar zaradni tashkil etuvchi portlovchi moddaning
yonish usuliga qarab, qurol yondiruvchi moslama bilan ta’minlanadi va
bu moslama stvol bilan birgalikda umumiy ushlagichga — ramka yoki
lojaga mahkamlanadi. Stvolning xarakteristikalari, yondirish
moslamalari
va asos yoki lojaning, shuningdek, boshqa moslama va
qurilmalarning tuzilishiga qarab, o‘qotar qurollar va ularning tarkibiy
qismlarining turlari guruhlarga ajratiladi. O‘qotar
qurollarning turlari
uchun barcha qismlarning mavjud bo‘lishi shart emas va shu bilan birga,
bir necha xil o‘qotar qurollarda bir nom bilan ataluvchi tarkibiy qismlar
mavjud bo‘lishi mumkin.
Stvol
— o‘qotar qurolning o‘qqa kerakli boshlang‘ich tezlikdagi
harakatni beruvchi va bu harakatning yo‘nalishini aniqlaydigan hamda
jangovar zaradning yonishi uchun gaz kamerasi vazifasini o‘taydigan
asosiy qismidir. Stvol — mustahkam metalldan silindrsimon qilib
yasalgan to‘g‘ri, slindrsimon–pog‘onali
silliq yoki narezli kanalli
quvurdir. Qurol stvoli devorlarida vintsimon shakldagi narezlari bo‘ lgan
— narezli, devorlari silliq bo‘ lgan — silliq stvolli hamda devorlari ham
narezli ham silliq bo‘ lgan murakkablashtirilgan («paradoks») stvolli
turlarga bo‘linadi. Silliq devorli stvolda patrondon va stvol kanali,
narezli stvolda esa (revolverlardan tashqari) patron kirish joyi,
patrondon, o‘q kirish joyi, narezli kanal hamda stvolni mahkamlovchi
qismlardan iborat bo‘ladi.
6–rasm.
Dostları ilə paylaş: