180
patrondoni yoki revolver baraban kamoralarining diametri bilan
o‘lchanadi hamda
millimetrlarda
(MDH mamlakatlari) yoki
dyumning
yuzdan bir (AQSH) va mingdan bir (Angliya) qismlarida ifodalanadi.
Gaz qurollari markaziy jang kapsyulli patronlar yoki xalqasimon jang
kapsyulli patronlarga moslab ishlab chiqariladi. Gaz qurollarining kalibri
— 6,0; 8,0; 9,0; 11,43
mm
bo‘lishi mumkin.
Gaz qurollarining separatori (stvoldagi ajratgich) quyidagi funk-
siyalarni bajaradi:
⎯
ko‘zni yoshlantiruvchi yoki zaharlovchi modda oqimini ajratish;
⎯
plastmassa pijlarni parchalash;
⎯
jangovar o‘qlarni otishga yo‘l qo‘ymaslik.
Ba’zi gaz qurollari stvol kanalining og‘iz qismi biroz kengaygan
bo‘ladi, ayrim turdagi gaz qurollarining stvoliga qo‘shimcha, separatorli
moslamalar o‘rnatilishi mumkin. Ba’zi gaz qurollarining stvolida,
qo‘shimcha — signal raketalarini otish uchun moslama o‘rnatish
maqsadida rezba o‘yilgan bo‘ladi.
Gaz qurollarining separatorlari tuzilishiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi va
quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi mumkin:
⎯
stvolning orqa va oldi qismlarida joylashgan, bo‘rtiq bir juft
elementlar. Ushbu elementlar o‘zaro perpendikular bo‘lishi mumkin;
⎯
stvol kanalining uzunligi bo‘ylab turli qismlarida perpendikular
joylashgan, ko‘ndalang plastinalar shaklidagi kashak (bir narsaning ikki
qismini bir-biriga tutashtiruvchi vosita, ulama);
⎯
stvol kanali ko‘ndalang kesimining 30 yoki 50% ni egallovchi va
perpendikular joylashgan to‘siq;
⎯
gaz to‘pponchasi stvol kanali yoki revolveri barabanining
toraygan qismlari, uning diametri stvol kanali diametridan kichik bo‘ladi;
⎯
stvol kanalining butun uzunligiga bo‘ylama yoki ko‘ndalang
joylashgan ingichka plastinalar;
⎯
stvol kanalining uzunligi bo‘ylab joylashgan, spiralsimon
shakldagi ingichka plastina (33–rasm).
33–rasm.
Dostları ilə paylaş: