172
⎯
kompression pnevmatik qurol, bunday qurolda,
snaryad
otilishidan oldin qurolning o‘zida joylashtirilgan kompressor yordamida,
kerakli miqdorda otish uchun yetarli havo siqilgan bo‘ladi, snaryad
quroldan ana shu siqilgan havo ta’sirida otiladi;
⎯
gaz ballonli pnevmatik qurol, bunday qurolda havo
yoki gazning
energiyasi ajraluvchi ballonda to‘plangan bo‘ladi va snaryad ana shu
energiya ta’sirida quroldan otiladi;
⎯
patronli pnevmatik qurol, bunday qurolda havo yoki gazning
energiyasi maxsus pnevmatik patronda to‘plangan bo‘ladi
va snaryad ana
shu energiya ta’sirida quroldan otiladi.
3. Qurolni jangovar holatga keltirish prinsipiga ko‘ra (
jangovar
holat
⎯
havo zaradining kerakli miqdorda otishlar uchun yetarli bo‘lgan
bosimga ega holati
):
⎯
statik pnevmatik qurol, unda havo zaradi o‘q otilishgacha
jangovar holatga keltiriladi;
⎯
dinamik pnevmatik qurol, unda havo zaradi o‘q otilishi
jarayonida jangovar holatga keltiriladi.
4. Qurol stvolining stvol qutisi bilan maxkamlanish usuliga ko‘ra:
⎯
stvoli stvol qutisining ichida harakat qiladigan
pnevmatik qurol;
⎯
stvol qutisi bilan sharnir yordamida biriktirilgan va ochiladigan
stvolli pnevmatik qurol;
⎯
stvol qutisi bilan qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan stvolli
pnevmatik qurol.
Dostları ilə paylaş: