170
8-BOB.
PNEVMATIK VA GAZ QUROLLARI
1-§. Pnevmatik va gaz qurollari tushunchasi va tasniflanishi
Pnevmatik qurolning prototipi turli o‘q-yoylarni puflab otish uchun
mo‘ljallangan quvur hisoblanadi. Snaryadni otish
uchun siqilgan havo
yordamidan foydalanish ancha keyin ixtiro qilingan.
Pnevmatik va gaz qurollari tuzilishiga ko‘ra rivojlanish jarayonida,
doimo o‘qotar qurollarining ta’sirida bo‘lgan. Pnevmatik va gaz
qurollarining birinchi namunalari paydo bo‘lganida, mutaxassislarda
o‘qotar qurollarni tayyorlash borasida muayyan tajriba to‘planib qolgan
edi hamda ushbu bilimlardan pnevmatik va gaz qurollari ishlab chiqishda
samarali foydalanila boshlandi. Xususan, o‘qotar qurollarning tuzilishi
shakli, boshqarish usullari, tarkibiy qismlari va mexanizmlarining
joylashishi, ularning ishlash prinsipi pnevmatik va gaz qurollarini ishlab
chiqarishda keng foydalanilgan. Pnevmatik
va gaz qurollarining
zamonaviy namunalari qisqa stvolli o‘qotar qurollarning oldindan
ma’lum bo‘lgan rusum va namunalariga aynan o‘xshashdir.
Pnevmatik qurolda snaryadni otish uchun, o‘qotar
va gaz
qurollaridan farqli ravishda, siqilgan havo va suyultirilgan gazdan
foydalaniladi.
Pnevmatik va gaz qurollarining mo‘ljallangan
maqsadi qurollarning
barcha tarixiy turlaridan shunchalik farq qiladiki, shu boisdan haqli
ravishda ularni ikki mustaqil turga — pnevmatik
va gaz qurollariga
ajratish mumkin.
Pnevmatik qurollarga nishonni, siqilgan yoki suyultirilgan gazning
energiyasi yordamida yo‘nalishli harakat oladigan o‘q yordamida
shikastlaydigan, stvol og‘zi energiyasi
3 Jouldan
yuqori bo‘lgan qurollar
kiradi.
Obyekt, agar undan otilishida snaryad nishonni
jarohatlash uchun
yetarlicha tezlanish (snaryadning boshlang‘ich uchish tezligi, stvol og‘zi
energiyasi) olgan bo‘lsa, pnevmatik qurol deb hisoblanishi mumkin.
Kalibridan qatyi nazar, stvol og‘zi energiyasi 0,5 dan 3
Joulgacha
bo‘lgan pnevmatik vintovka, to‘pponcha va revolverlar pnevmatik qurol
hisoblanmaydi. Bunday qurollar tuzilishiga ko‘ra pnevmatik qurolga
o‘xshash mahsulotlar hisoblanadi.
Gaz qurollari himoyalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, odamga hujum
qilayotgan
shaxsga yaqin masofada, tarkibiga qichitadigan (ko‘zni
171
qichitadigan, tomoq-burun sohasini kuydiradigan, nafas olishni
qiyinlashtiradigan, ba’zida hushdan ketkazadigan) ta’sir ko‘rsatuvchi
aerozol yoki gaz tutunli bulut hosil qilish uchun xizmat qiladi.
bu kabi
moddalar
Dostları ilə paylaş: