Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Pnevmatik qurol (revolver)ning barabani



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Pnevmatik qurol (revolver)ning barabani. 
Saqlash mexanizmlari «saqlovchi holat» va «otish holati» belgilariga 
ega. Saqlash mexanizmi «saqlovchi holatda» turganida, qo‘yib 
yuboruvchi ilmoqqa 
150 N 
dan kam kuch bilan ta’sir qilinganida o‘q 
otilmasligini ta’minlaydi. 
Mo‘ljallagich yoki nishonga olish moslamalari mo‘ljalga olish 
nuqtasini tanlash uchun xizmat qiladi. Mo‘ljallagichlar mexanik yoki 
optik bo‘ladi. Keng tarqalgan mo‘ljallagichlar doimiy mo‘ljallagichlar 
hisoblanadi. Ayrim rusumdagi pnevmatik qurollar dioptrik 
mo‘ljallagichlar bilan ta’minlangan bo‘ladi. 
Prujina–porshenli pnevmatik vintovkadan o‘q otilishi jarayoni 
quyidagicha bo‘lishi mumkin: vintovkani jangovar holatga o‘tkazilganda 
uning porsheni qo‘yib yuboruvchi mexanizmning alohida qismi — 
sheptalo bilan tutashadi, bunda jangovar prujina siqiladi. Qo‘yib 


 177 
yuboruvchi ilmoq bosilganda, sheptalo porshenni qo‘yib yuboradi. Siqil-
gan jangovar prujinaning asl holatiga qaytishi ta’sirida pnevmatik vintov-
kaning porsheni oldiga harakat qiladi, natijada qurol stvoli qutisidagi 
silindrning gaz kamerasida joylashgan havo siqiladi. Ushbu siqilgan havo 
gaz kamerasidagi maxsus teshik orqali , qurolning stvol kanalida joylashgan 
o‘qqa ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu ta’sir kerakli darajada chiqqanida o‘q qurol 
stvoli kanalida kerakli tezlanish bilan harakat qiladi (31-rasm). 
31–rasm. 
Prujina–porshenli pnevmatik vintovkadan
o‘q otilish sxemasi:
 
1—o‘q; 2—havo o‘tishi uchun maxsus teshik; 3—gaz (havo)kamerasi;
4 —porshenning harakat yo‘nalishi; 5—jangovar prujina; 6—porshen; 
7—stvol qutisi; 8—havoning harakat yo‘nalishi; 9—stvol.
Hozirgi vaqtda sport musobaqalarida ishlatish maqsadida oldindan 
havosi siqilgan (havoni nasos yoki maxsus kompressor yordamida 200 
— 250 
bar 
bosimgacha siqib doimiy (olmaydigan) yoki o‘zgaruvchan 
(olinadigan) ballonga joylashtirilgan) qurollar keng ishlatilmoqda. Havo 
bilan oxirigacha to‘ldirilgan ballon pnevmatik quroldan 80 — 100 ta 
o‘qni qurolning stvol og‘zi energiyasi kamaymagan holda otishga 
mo‘ljallangan, undan keyin yana 100 ta o‘q otish mumkin bo‘ladi, faqat 
keyingi otishlarda stvol og‘zi energiyasi kamayib boradi. 
Ayrim rusumdagi pnevmatik qurollar o‘qning boshlang‘ich tezligini 
o‘zgartiradigan moslama bilan ishlab chiqariladi. Masalan, «Gun Power» 
ingliz firmasi tomonidan ishlab chiqariladigan pnevmatik vintovkada 
o‘qning tezligini 120 
m/s 
(3 
Joul
)dan 310 
m/s 
(200 
Joul
)gacha 
o‘zgartirish mumkin. 
Pnevmatik qurollarga, ularni boshqa turdagi qurollardan farqlovchi 
quyidagi talablar qo‘yiladi: 
— pnevmatik qurollar snaryadlari 0,5 
J/mm2 
dan ortiq solishtirma 
kinetik energiyaga ega bo‘lgan patronlarni, tuzilishida hech qanday 
o‘zgarishlarsiz otishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak; 


 178 
— pnevmatik qurollar qismlarining tuzilishidagi xususiyatlar, ushbu 
qismlarni ta’mirlash va shikastlovchi xususiyatlarini qayta tiklash 
maqsadida, ularni jangovar va boshqa xizmat o‘qotar qurollarining qism 
va mexanizmlari bilan almashtirish imkonini bermasligi kerak; 
— stvol og‘zi energiyasi 7,5 
Jouldan 
yuqori yoki kalibri 4,5 
mm 
dan 
katta bo‘lgan pnevmatik qurollarda, ularning alohidaligi (nomeri, 
seriyasi)ni ta’minlovchi, yuqori texnolgiyalar yordamida bajarilgan 
hamda chuqurligi 0,2 mm dan kichik bo‘lmagan qilib yozilgan 
markirovka belgilariga ega bo‘lishi kerak. Masalan, Rosiya Fede-
ratsiyasida ishlab chiqilgan pnevmatik qurollarda quyidagi markirovka 
belgilari mavjud bo‘ladi: tayyorlagan zavodning identifikatsiya qilish 
imkonini beruvchi nomlanishi yoki uning tovar belgisi; qurolning 
rusumi, kalibri va nomeri. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin